11-mavzu: temperament



Yüklə 48,25 Kb.
səhifə1/7
tarix17.10.2023
ölçüsü48,25 Kb.
#127895
  1   2   3   4   5   6   7
11 TEMPERAMENT

11-MAVZU: TEMPERAMENT


REJA:

  1. Temperament haqida tushuncha

  2. Temperamentning fiziologik asoslari

  3. Nerv sistemasi tiplarini kelib chiqishi

  4. Temperament tiplarining tavsifnomasi

  5. Faoliyaning individual uslubi va temperament



Taynach iboralar: Temperament haqida tushuncha. Temperament haqidagi ta`limotlarning qisqacha mazmuni. Temperamentga psixologik tavsif va inson faoliyati.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

  1. Karimova V. M. «Psixologiya» T.Sharq 2002y.

  2. G‘oziyev E. G‘. «Umumiy psixologiya» 1-2 tom. Toshkent-2002y.

  3. Ivanov P.I., Zufarova M. «Umumiy psixologiya» T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008 yil

  4. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. «Umumiy psixologiya» T.: Fan va texnologiyalar 2010 yil

  5. Климов Е.А. «Общая психология». Реч, Москва-2001

  6. Штерн А.С. «Введение в психологию» М.: Академия Спб 2002.

  7. David G. Myers “Psychology”. NY, 2010. WORTH PUBLISHERS 118p.



Mustaxakamlash uchun savollar:

  1. Temperament ta’rifini keltiring.

  2. Temperamentning fiziologik asoslari nima?

  3. Nerv sistemasi tiplarini kelib chiqishi xaqida nima bilasiz?

  4. Temperament tiplarining tavsifnomasi qanday?

  5. Faoliyatning individual uslubi va temperamentni taqqoslang.

Temperament haqida tushuncha
Insonning ruhiy olami beto’xtov harakatlar majmuasidan iborat bo’lib, biri ikkinchisini bevosita taqazo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o’xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to’g’risidagi taassurotlar, o’tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o’zaro o’rin almashtirib turish evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. Ruhiy olam kechishi, uning sur'ati, mazmuni, shakli, ko’lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon bo’lishi kuzatiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, ijtimoiy turmush voqeliklariga, omillariga, ta'sir kuchlariga tez yoki sekin, yengil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik ko’rsatadilar.
Psixologiyada temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlar o’rtasida muayyan darajada tafovut mavjudligi alohida ta'kidlanadi, ular orasidagi farqlarni ajratib ko’rsatish maqsadida quyidagicha belgilar kiritiladi va o’ziga xos tarzda tavsiflab beriladi, ularning ayrimlarini ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq:
1. Favqulodda temperamentning bir xil xususiyatlari motiv, psixik holat va hodisalardan farqli o’laroq, aynan shu shaxsning o’zida, uning turli faoliyatlarida, muomalasida ifodalanadi.
2. Temperament xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli bo’lganligi tufayli inson hayoti va faoliyatining (umrining) davomida yoki uning muayyan bir bo’lagida (ta'sirga beriluvchanligi sababligidan qat'iy nazar) barqaror, o’zgarmas va mustahkamdir.
3. Yakkahol shaxsga dahldor temperamentning turli xususiyatlari o’zaro bir-biri bilan g’ayriqonuniy ravishda birlashgan bo’lmasdan, balki ular o’zaro bir-biri bilan muayyan qonuniyat asosida mujassamlashib, xuddi shu xususiyatlar uning tiplarini tavsiflovchi o’ziga xos tuzilmani vujudga keltiradi.
Psixologiya fanida temperament xususiyatlari deganda, alohida bir shaxsning psixik faoliyati dinamikasini belgilovchi psixikaning barqaror, o’zgarmas individual-tipologik xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Mazkur xususiyatlar turli shakl va mazmunga ega bo’lgan motivlarda, psixik holatlarda, maqsadlarda, faoliyatlarda nisbatan o’zgarmas temperament tipini tavsiflovchi tuzilmani tashkil qiladi.
Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy-taraqqiyoti davrida temperamentga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to’g’risidagi talqinlar xilma-xil bo’lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o’ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Temperament lotincha "temperamentum" degan so’zdan olingan bo’lib, buning ma'nosi "aralashma" degan tushunchani anglatadi. Temperament to’g’risidagi dastlabki ta'limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460 - 356 yillarda yashagan) yaratgan bo’lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha qo’llanilib kelinmoqda.



Yüklə 48,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə