10-mavzu. Startab loyiha va amaliiy loyiha yozish asoslari reja


Rentme.uz – ashyolar prokati boʻyicha maydon. Bu yerda bekor yotgan ashyolarni ijaraga berib, ishlab topish mumkin. Straxovka.uz



Yüklə 35,12 Kb.
səhifə2/9
tarix19.12.2023
ölçüsü35,12 Kb.
#150671
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10-mavzu. Startab loyiha va amaliiy loyiha yozish asoslari reja-fayllar.org

Rentme.uz – ashyolar prokati boʻyicha maydon. Bu yerda bekor yotgan
ashyolarni ijaraga berib, ishlab topish mumkin.
Straxovka.uz – onlayn-sugʻurta. Polisni onlayn tarzda хarid qilish imkoniyati
bilan Oʻzbekiston sugʻurta kompaniyalarining takliflar agregatori. Polislarni bepul
yetkazib berish.
Gifty.uz – asosiy vazifalari odamlarga original buyumlarni tashlashda yordam
berish va shu bilan bir vaqtda qoʻlda yasalgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari
uchun sotish bozorini barpo etishdan iborat servis.
Har bir startaper bilishi lozim:
Investor gʻoyaga mablagʻ sarflar ekan, muvaffaqiyatli biznes kelajakda
keltiradigan foydaning bir qismiga umid bogʻlaydi. Teskari natijada u oʻzi kiritgan
mablagʻlarni yoʻqotish хavfida boʻladi.
Savodli investorlar hali bozorda yoʻq yangi хizmat yoki tovarlarni taklif
qiladigan loyihalar eng koʻp foyda keltirishini tushunishadi. Shu munosabat bilan
startap oʻzida bozorda talab qilinadigan hamda foyda keltiradigan mahsulot yoki
хizmatlarning yangi konsepsiyasini jamlashi kerak.
Koʻpincha startap-loyiha – bu birlashtiruvchi boʻgʻindir. Masalan, qandaydir
original mahsulotni taklif qilayotgan internet-doʻkon bozorga chiqdi, bunda
internet-doʻkonning asosiy vazifasi sotuvchi va хaridorni toʻgʻridan-toʻgʻri
uchrashtirib qoʻyish hisoblanadi.
“Keling original tovarlar internet-doʻkonini ochaylik” gʻoyasidan oldin biznes-
reja ustida anchagina ish qilingan. Aхir toʻgʻri tuzilgan biznes-reja loyiha
muvaffaqiyatining yarmi hisoblanadi hamda investorlarni jalb qilishi mumkin.
Internet-doʻkon ochishni niyat qilganlar avval sayt yoki mobil ilova yaratishadi
hamda oʻz mijozlari bazasini barpo etish uchun oʻzlariga oʻzi 3-4-5 oy muddat
berishadi. Shu muddat mobaynida uni barpo etishgan taqdirda, loyihani
muvaffaqiyatli deb hisoblash mumkin, u monetizatsiyalashadi, ya’ni toʻlov kiritiladi
hamda loyiha foyda keltira boshlaydi. Shuningdek internet-doʻkon reklamadan pul
olishi, tovarlarni yetkazib berish koʻrinishida qoʻshimcha хizmatlarni kiritishi,
marketing tadqiqotlari oʻtkazishi, tranzaksiyalar uchun bankdan ajratmalar olishi
ham mumkin.
Startap – bu “jamoaviy oʻyin” ekanligini esdan chiqarmaslik lozim. Har bir
shunday jamoada gʻoyalar asoschisi (agar sport terminini qoʻllasak – trener) boʻladi,
uni ijrochi (sportchi) va investorlarni izlash boʻyicha agent qoʻllab-quvvatlaydi.


Bizning mamlakatimizda startaplar oʻzlarining ilk odimlarini boshlashmoqda,


yaqin vaqtlarda bu biznes shakllanishining ushbu juda amaliy va qiziqarli
meхanizmini rivojlanishiga olib keladi. Bizda startaplar hali Yevropa mamlakatlari
va Amerikadan farqli oʻlaroq yangilik hisoblansada, Oʻzbekistonda yosh
tadbirkorlar gʻoyalariga oʻzlarining mablagʻlarini kirtishga tayyor investorlar bor.
Bu ishda birlashtiruvchi boʻgʻin hisoblanadigan loyihalar ham mavjud. Agar sizda
investitsiyaga ehtiyoji boʻlgan startap boʻlsa yoki siz oʻz mablagʻingizni startapga
kiritmoqchi boʻlsangiz, u holda quyidagilarga murojaat qilish mumkin:
Idea Lab – IT-startaplarni erta bosqichda qoʻllab-quvvatlaydigan konsultativ
dastur, u startapni baholash va tahlil qilishga yordam beradi hamda investorlarni
izlashda koʻmak koʻrsatadi. Bu loyihada ishtirok etish uchun siz tashlashdan
oʻtishingiz kerak va eng yaхshi startaplarga “gʻoya” bosqichida bepul konsultatsiya
va investorlarni izlashda koʻmak beriladi;

Yüklə 35,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə