10-mavzu. Investisiya loyihalarida xarajatlar tahlili



Yüklə 84,58 Kb.
səhifə1/4
tarix13.10.2023
ölçüsü84,58 Kb.
#127578
  1   2   3   4
10-mavzu

10-mavzu. INVESTISIYA LOYIHALARIDA XARAJATLAR TAHLILI

Reja: 1. Investisiya loyihalari xarajatlarini baholashning umumiy holati. 2. Asosiy kapitalga investisiya xarajatlari va sof aylanma kapital 3. Ishlab chiqarish va marketing xarajatlari tahlili.

1. Investisiya loyihalari xarajatlarini baholashning umumiy holati.

  • Sezgirlik (his etuvchanlik) tahlili xarajatlarning muhim tomonlarini ochib berishga imkon beradi, oxirgi tarkibiy tahlili esa xarajatlar tarkibi bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqlik va nobalanslilikni o‘rganishga yordam beradi.
  • Xarajatlarni baholashga tayyorlash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi: investisiya oldi, investisiyalash (loyihaning amalga oshishi) va loyihani ishlatish (ekspluatasiya). Ushbu bosqichlarning har birida unga muvofiq holdagi xarajatlar, ya'ni boshlang‘ich investisiyaga, ishlab chiqarishga, marketing va sotishga, uskunaga, aylanma kapitaldagi ehtiyojlarga bog‘liq xarajatlar hisobga olinadi.
  • Keng miqyosda olib qaraganda, muqobil strategik investisiyalarni baholash texnikalarini rivojlantirish uchun ikkita usuldan foydalaniladi.
  • Birinchi usul ma'lum darajada e'tibordan chetda qolgan “strategik” loyiha foydalarini yanada rivojlantirish uchun modifikasiya qilingan barqaror yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Noaniq qiymatlarga ega bo‘lgan nazariya va analitik ierarxiya jarayoni ushbu kategoriyaga mos keladi.
  • Ikkinchi usul analitik tuzilmani shakllantirishni o‘z ichiga olgan bo‘lib, bu qulay moliyaviy va risk tahlilidan ahamiyatli xulosalarni keltirib chiqarishni nazarga tutadi.
  • Bu ikkala yondashuvlar odatda an'anaviy buxgalteriya hisobi yoki moliya sohasidan tashqari sohalarda, jumladan loyiha menejmenti, strategiya va texnologiya sohalarida o‘z ifodasini topadi.
  • Boshlang‘ich investisiya xarajatlari asosiy kapital (investisiya bo‘yicha asosiy kapitalga xarajatlar + ishlab chiqarish oldi xarajatlari) va sof aylanma kapital summasi bo‘yicha aniqlanadi.

Yüklə 84,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə