10-bob. Soliq majburiyatini bajarish 89-modda. Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash


-modda. Bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning soliq majburiyatini bajarish



Yüklə 59,74 Kb.
səhifə6/7
tarix26.10.2023
ölçüsü59,74 Kb.
#132194
1   2   3   4   5   6   7
95-modda. Bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning soliq majburiyatini bajarish
Oldingi tahrirga qarang.
Sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etilgan jismoniy shaxsning soliqlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyati ushbu bedarak yo‘qolgan shaxsning mol-mulkini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxs (bundan buyon matnda vakolatli shaxs deb yuritiladi) tomonidan qonunchilikka muvofiq uning mol-mulki hisobidan bajariladi.
(95-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Vakolatli shaxs sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan jismoniy shaxsning u bedarak yo‘qolgan deb topilgan kunda vujudga kelgan butun soliq qarzini shu bedarak yo‘qolgan shaxsning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulki hisobidan uzishi shart.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning soliq majburiyati shu muomalaga layoqatsiz shaxsning mol-mulki hisobidan uning vasiysi tomonidan bajariladi.
Vasiy muomalaga layoqatsiz jismoniy shaxsning soliqlar bo‘yicha butun soliq qarzini shu muomalaga layoqatsiz shaxsning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulki hisobidan uzishi shart.
Sud tomonidan bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning soliqlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatini, shuningdek unga tegishli penyalar va jarimalarni to‘lash bo‘yicha majburiyatni bajarish, shu jismoniy shaxsning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulki ko‘rsatilgan majburiyatni bajarish uchun yetarli bo‘lmagan (mavjud bo‘lmagan) taqdirda, tegishli soliq organining qarori bilan to‘xtatiladi.
Jismoniy shaxsni bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topishni bekor qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan taqdirda, to‘xtatib turilgan majburiyatlarning bajarilishi mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran tiklanadi.
Ushbu moddaga muvofiq, sud tomonidan bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxslarning soliqlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlari yuklatilgan shaxslar soliq to‘lovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda barcha huquqlardan foydalanadi va barcha majburiyatlarni mazkur moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda bajaradi. Ushbu modda bilan o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish chog‘ida, shu munosabat bilan soliq huquqbuzarliklarini sodir etganlik aybi uchun javobgarlikka tortiladigan mazkur shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan jarimalarni tegishlicha sud tomonidan bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning mol-mulki hisobidan to‘lashga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolik kodeksining 33-34-moddalari.

Yüklə 59,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə