10-bob. Soliq majburiyatini bajarish 89-modda. Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash


-modda. Yuridik shaxs tugatilganda soliq majburiyatini bajarish



Yüklə 59,74 Kb.
səhifə3/7
tarix26.10.2023
ölçüsü59,74 Kb.
#132194
1   2   3   4   5   6   7
91-modda. Yuridik shaxs tugatilganda soliq majburiyatini bajarish
Tugatilayotgan yuridik shaxsning soliq majburiyati mazkur yuridik shaxsning pul mablag‘lari, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan pul mablag‘lari hisobidan tugatuvchi tomonidan bajariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar tugatilayotgan yuridik shaxsning pul mablag‘lari, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan pul mablag‘lari uning soliq qarzini to‘liq hajmda uzish uchun yetarli bo‘lmasa, to‘lanmay qolgan qarz mazkur yuridik shaxsning ishtirokchilari tomonidan qonunchilikda belgilangan miqdorda va tartibda uzilishi mumkin.
(91-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxs tugatilayotganda soliq majburiyatini mazkur yuridik shaxsning boshqa kreditorlari bilan hisob-kitoblari o‘rtasida bajarish navbati fuqarolik qonunchiligi bilan belgilanadi.
(91-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tugatilayotgan yuridik shaxs tomonidan ortiqcha to‘langan yoki undan ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summalari soliq organi tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda boshqa soliqlar bo‘yicha soliq qarzini uzish hisobiga hisobga olinishi lozim.
Ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan soliqlarning (penyalarning, jarimalarning) hisobga olinishi lozim bo‘lgan summasi boshqa soliqlar bo‘yicha soliq qarziga mutanosib ravishda yoki tugatuvchining qaroriga binoan taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tugatilayotgan yuridik shaxsning soliqlar bo‘yicha qarzi bo‘lmagan taqdirda, ortiqcha to‘langan yoki undan ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi shu yuridik shaxsga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda u ariza bergan kundan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmay qaytarilishi lozim. Soliq to‘lovchi tomonidan ariza taqdim etilmagan taqdirda, ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestridan chiqarilgan soliq to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan hisobdan chiqariladi.
(91-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish munosabati bilan soliqlar to‘lashda ham qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolik kodeksining 53-moddasi.

Yüklə 59,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə