1. Xorijiy davlatlar iqtisodiyotida kichik biznesning roli



Yüklə 36,74 Kb.
səhifə3/5
tarix23.12.2023
ölçüsü36,74 Kb.
#157230
1   2   3   4   5
Biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishining xorijiy mamlakatlar tajribasi

Italiya tajribasi yuksak taraqqiy etgan iqtisodiyotni barpo etish uchun ishlab chiqarishni yirik korxonalar asosida qurishga hojat yuqligini yaqqol namoyon qilmoqda. Mazkur va boshqa ko‘pgina mamlakatlar tajribalaridan shuni ko‘rish mumkinki, birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda muhim iqtisodiy omillardan biri, bu kichik biznes rivoji bo‘lib, bu boradagi har qanday umummanfaatini ko‘zlagan samarali faoliyatlar davlat ahamiyatiga ega bo‘ladi va qo‘llab kuvvatlanadi. Zero, kichik biznes faoliyati o‘sib-o‘sib, katta, yanada samarali biznesga aylanishi, mamlakat ichki bozorini tovar hamda xizmat turlari bilan to‘ldirishi, shu tariqa eksport salohiyati rivojiga xissa qo‘shilishi, aholini ish bilan bandligi muammosi yechilishiga ko‘maklashuvi, aholining real daromadi o‘sishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ikkinchidan, iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida, jahon bozorida raqobat taranglashayotgan bir paytda, yirik korxona yoki katta biznesdan ko‘ra aynan kichik biznesda raqobatga dosh berish, manevrlar qilish, ishlab chiqarish yo‘nalishini o‘zgartirish kabi iqtisodiy chora tadbirlar ko‘rish oson kechadi.
Agar hozirgi zamon iqtisodiyotida asosiy iste’mol tovarlariga bo‘lgan extiyoj o‘rtacha har to‘qqiz oyda o‘zgarib turishini hisobga olsak, aynan kichik biznes faoliyatining afzalliklari yanada yaqqol, yorqinroq namoyon bo‘ladi, iqtisodiy taraqqiyot mustahkam va ravon yo‘lga tushib olish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
AQSH. AQSH 1953 yildayoq butun mamlakat bo'yicha vakil¬lar-ning keng tarmog'iga ega kichik biznes ishlari bo'yicha ma'muriyat tashkil qilingan edi, unda 4 ming xodimlar xizmat qiladi. Bu tashkilot faoliyatining asosiy yo'nalishi shaxsiy ishni ochish va olib borishda yordam berish, kichik biznesga kreditlar va kafo¬lat-langan qarzlar berishdan iborat. 1953 yilda iqtisodiyotning monopolistik sektorini dav¬lat tomonidan tartibga solishning huquqiy asoslarini tashkil qiluvchi kichik biznes to'g'risidagi qonun qabul qilingan. 1986 yilda kichik korxonalarga yangi texnologiyalar, ilmiy-texnik va tajriba konstruktorlik tashkilotlarining ishlanmalarini topshirish imkoniyatini ta'minlovchi qonun qabul qilingan.

Kichik korxonalarga ko'pchilik yarim hukumat tashkilotlari yordam ko'rsatadilar: xizmatlar savdosi sohasidagi siyosat bo'yicha qo'mita, Prezident xuzuridagi xususiy tadbirkorlik muammolari bo'yicha maxsus komissiya, sanoat raqobatbardoshligi masalalari bo'yicha komissiya va boshqalar.


Ko'p sonli jamoatchilik tashkilotlari – savdo palatasi, sanoat¬¬chilarning milliy assotsiatsiyasi, savdo, qishloq xo'jaligi-dagi har xil assotsiatsiyalar, klublar, guruhlar va hokazolar kichik biznesni qo'llab-quvvatlashga yordam ko'rsatadilar. AQShda kichik korxonalar soliq imtiyozlaridan foydalanmaydi, ammo subsidiyalar, dotatsiyalar, moliyaviy kafolatlar bilan qo'llab-quvvatlanadilar.
AQSh kichik biznesida innovatsiyalarning 55 foizi KBB homiylari tomonidan moliyalashtiriladi. Kongress bu borada maxsus dastur ishlab chiqqan bo‘lib, unga yiliga 1 milliard dollar ajratadi. Natijada kichik biznesda olimlar, muhandislar, tahlilchilar va kompyuterda dasturlovchilarining ish bilan ta’minlanishiga erishiladi.
80-yillarda kichik innovatsion ishlab chiqarishga olimlar, muhandislar, kashfiyotchilarning jalb etilishi oqibatida raqamlarda keskin o‘sish kuzatildi. 1980-yillar oxiri – 1990-yillar boshida AQSh sanoatining yuqori texnologiyalar sektorida 100 nafardan kam odam ishlaydigan 40 mingga yaqin kompaniya faoliyat yuritgan.
QSh tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kichik innovatsion biznes sub’yektlarini rivojlantirishning eng muhim omili bu – qo‘llab-quvvatlash tizimining tashkil etilishidir. Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan davlat innovatsion siyosati kichik firmalarning moliyaviy manbalardan foydalanishini osonlashtirishdan iborat. Ya’ni:
1) byudjetdan maqsadli subsidiyalar (federal agentliklar va idoralar orqali);
2) kichik firmalarning innovatsion faoliyatini moliyalashtirishga xususiy kapitalni jalb qilish.
Yaponiyada kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlashda kichik biznes bo‘yicha boshqarma, Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat korporatsiyasi, moliyalashtirish bo‘yicha milliy korporatsiya, Kichik va o‘rta tadbirkorlik assotsiatsiyalarining butun yapon federatsiyasi, Kichik va o‘rta tadbirkorlikni butun yapon markazi va boshqalar faoliyat yuritadilar. Bulardan tashqari unga yaqin maxsus banklar Kichik va o‘rta tadbirkorlikni kreditlashga xizmat qiladi.
Davlat qo'llab-quvvatlashi o'z ichiga quyidagilarni oladi: imtiyozli soliqqa tortish, jadallashtirilgan amortizatsiya, imtiyozli kreditlashtirish, xodimlarni o'qitishda yordam, bankrotlik holida yordam ko'rsatish, KO'Kning texnik darajasi o'sishini rag'batlantirish.
Xitoy. Xitoyda olib borilayotgan soliq va moliya siyosati, tashqi savdo, investitsion siyosat sohalarida islohotlarning chuqur¬lashuvi kichik korxonalarning tez rivojlanishiga yordam bergan. Ayniqsa, qishloq xo'jaligi, posyolka sanoati deb nomlangan kichik va xususiy ishlab chiqarish tez rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqarishning 70%, tayyor kiyim-kechaklarning 40%, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 80%i kichik biznesning ulushiga to'g'ri keladi.

Yüklə 36,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə