1. word dasturining qo’shimcha imkoniyatlari


Ma'lumotlaringizni kiriting



Yüklə 92,84 Kb.
səhifə3/7
tarix23.12.2023
ölçüsü92,84 Kb.
#157215
1   2   3   4   5   6   7
8Ma'lumotlaringizni kiriting. Barcha ma'lumotlarni ish sahifangizga qo'shing.

    • 8 .Joriy katak ostidagi keyingi katakchaga o'tish uchun Enter tugmachasini bosing, joriy katakning o'ng tomonidagi keyingi katakchaga o'tish uchun Tab tugmasini bosing yoki katakchalarni o'zgartirish uchun o'q tugmalaridan foydalaning.

    • Ishingizni saqlashni unutmang!

Ma'lumotlaringizni saralash. Saralash uchun kerakli ma'lumotlarni tanlang. Agar xohlasangiz, alohida ustunlarni yoki bir nechta ustunlarni tanlashingiz va sarlavhalarni qo'shishingiz mumkin.

  1. Agar har bir satrdagi ma'lumotlar birga bo'lishini istasangiz, bir nechta ustunlarni tanlashni unutmang. Bitta ustunni saralash ushbu ustunning tartibini o'zgartiradi, ammo qolgan ustunlarni o'zgarishsiz qoldiradi.



  1. Ms-excel 2010 dasturining stastik tahlillar qilish va yechimlar qidirish funksiyasilari bilan ishlash

Microsoft Excel (baʼzan Microsoft Office Excel deb ataladi[1]) — Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows, Windows NT va Mac OS, shuningdek Android, iOS,Windows Phone uchun yaratilgan elektron jadvallar bilan ishlash uchun dastur. U iqtisodiy-statistik hisob-kitoblar, grafik vositalar imkoniyatlarini taqdim etadi. Mac OS X platformasidagi Excel 2008 ning dasturlash tili VBA (Visual Basic for Application). Microsoft Excel Microsoft Officening tarkibiy qismi hisoblanadi va bugun Excel dunyodagi eng mashxur ilovalar qatoriga kiradi.
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, avvalambor hisoblash va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, berilganlarni tez o'zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng ko'lamli masalalarni yechishda qo'llaniladigan o'ta quvvatli vosita hisoblanadi. Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979-yili Visicals (Visiblencalculators - ko'rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida chiqqan.
Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko'p jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlandi. 1981 yil IBM PS kompyuteri paydo bo'lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi ko'rinishlari paydo bo'ldi, shu bilan birgalikda Microsoft- Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo'ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi. Hisoblashlar natijalarini ko'rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo bo'lishi, bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami bo'ldi. 1983-yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi.

Ammo 1997-yil Microsoft firmasi tomonidan Excel dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham o'z sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi.

Shubha yo'qki, Excel eng ommabop dasturlardan biridir. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko'rgazmaliroq ko'rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda siz WinWord dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanishingiz mumkin. Dastlab Excelning ommaviy imkoniyatlarini o'zlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yang imkoniyatlarini ko'rish mumkin.
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, hisob va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, oldindan tayyor bo’lgan ma’lumotlarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda yoki sonli xisobotlar bilan ishlash kabi keng ko’llamli masalalarni echishda qo’llaniladigan o’ta qulay vosita hisoblanadi.

4 . MS EXELDASTURIDA STANDART FUNKSIYALAR BILAN ISHLASH


Microsoft Excel elektron jadvali turli xil jadvallar yaratish, ularda xisob-kitob ishlarini amalga oshirish, diagrammalar yaratish, ularning ko`rinishini boshqarish va boshqa ishlarni bajarish mumkin. Bu dasturni ishga tushirish uchun shu dastur piktogrammasida sichkoncha chap tugmasini ikki marta tez bosish ( tugmasi) , dastur faylini ishga tushirish yoki Пуск bosh menyusidagi Все программы bandidagi Microsoft Office bandidan Microsoft Excel 2007 buyrugini tanlash orqali ishga tushirish mumkin.\
Excel dasturi uskunalar paneli. Dasturning uskunalar paneli boshqa office paketi dasturlari uskunalar paneliga uxshash bo`lib, unda Главная, Вставка, Разметка страницы, Формулы, Данные, Рецензир ование, Вид hamda Надстройки panellari mavjud. Excelda yaratilgan xar bir xujjat kitob (elektron kitob) deb ataladi va har bir kitob bir yoki bir nechta saxifa(list)lardan iborat bo`lishi mumkin. Bu sahifalarning nomini o`zgartirish, o`rnini o`zgartirish yoki chop etish mumkin. Excel ishchi maydoni jadval kurinishida bo`lib, satrlari 1 dan boshlab raqamlanadi hamda cheksiz (oldingi Office paketi Excel dasturlaridan farqli ravishda) tartiblangan bo`lib, ustunlari A dan boshlab tartiblanadi hamda barcha lotin alifbosi harflari tugagach, ulardan ikkitadan foydalanib tartiblanadi (AB, AC, AD, …ZZ), ikkitalik imkoniyatlar tugagach esa, ustunlar uchtadan yarflar bilan belgilanadi (AAA, AAB, AAC, … ). Bu satr va ustunlarning kesishgan joyi katakcha (yacheyka) deb ataladi. Har bir katakcha o`zining o`rniga qarab ma`lum manzilga ega bo`ladi. Masalan A3 (A ustun va 3-satrlar kesishgan katakcha), IA234 (IA ustun va 234-satrlar kesishgan katakcha).

Microsoft Excel2007 dasturi boshqa Office paketi dasturlariga o`xshash bo`lib, lekin unda dasturning vazifalari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda turlituman farqlar ham mavjuddir. Bularga dasturning hisob-kitob ishlarini bajarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kiritilgan o`zgarishlarni misol qilib keltirib o`tishimiz mumkin


5 . MA’LUMOTLARNI KIRITISH VA TAHRIRLASH

Yüklə 92,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə