1-variant Ombordagi materiallar hisobi



Yüklə 3,44 Mb.
səhifə60/67
tarix23.05.2022
ölçüsü3,44 Mb.
#87757
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67
2 5213136887618738063

27-variant
1-savol. Material qiymatliklar butligini amaliy nazorat qilishni ta’minlashda korxonada ta’minot bo’limini tashkil etish, shuningdek, ombor va torozi o’lchov xo’jaligining holati katta ahamiyatga ega. Shu boisdan, korxona bo’yicha chiqarilgan buyruqda har bir omborga doimiy raqam berkitilib, keyinchalik bu raqam mazkur omborga tegishli barcha hujjatlarda ko’rsatiladi. Хo’jalikda bir necha omborda ma’lum guruh materiallar saqlanishi kerak. Shu maqsadda materiallarni saqlash joylariga yorliq (M-36-shakl) yopishtirib qo’yiladi. Omborlar to’g’ri torozi o’lchov buyumlari va o’lchov idishlari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
Material qiymatliklarini qabul qilish va jo’natish, bu muomalalarni to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirish, shuningdek material qiymatliklarini butligini ta’minlaydigan lavozimli va mas’uliyatli ro’yxatini belgilash kerak. Bu shaxslar bilan moddiy javobgarligi to’g’risida shartnoma tuziladi. Ombordan materiallarni olish va jo’natish hujjatlariga imzo qo’yadigan, shuningdek material qiymatliklarni korxonadan olib chiqishga ruxsat beradigan lavozimli shaxslar ro’yxatini korxonada barcha bilishi kerak.
Materiallarni omborda va buxgalteriyada hisobga olish tartibi materiallar hisobini yuritish usuliga bog’liq. Materiallar hisobini yuritish usuli materiallar hisobini yuritish tartibi va ketma-ketligini, hisob registrlarni turlari, ularning miqdori, ko’rsatkichlarini o’zaro solishtirishni nazarda tutadi.
Materiallar hisobining progressiv va oqilona usuli bo’lib operativ – buxgalteriya (saldo) usuli hisoblanadi. Shuningdek, moddiy-javobgar shaxslarning hisobotlari yordamida son-summa usulidan ham foydalanish mumkin.
Operativ-saldo usulining asosiy prinsiplari qo’yidagilardan iborat:


  • ombordagi son hisobini operativligi va to’g’riligi moddiy javobgar shaxslar tomonidan yuritiladigan ombor hisobining kartochkalariga asosan aniqlanadi;


  • buxgalteriya hodimlari tomonidan materiallar harakati va materiallarni ombordagi hisobi bo’yicha muomalalarni to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirish ustidan uzluksiz nazorat bevosita omborda olib boriladi;


  • materiallarning natura shaklidagi haqiqiy qoldig’ini joriy ombor hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish huquqi buxgalterlarga beriladi;


  • nomenklatura raqamlari bo’yicha, materiallar harakati hisobini faqat pul o’lovchida hisob bahosida va haqiqiy tannarxida hisobi yuritiladi;


  • ombor hisobi (son) ma’lumotlarini buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan uzluksiz tekshirib boriladi.


Materiallar hisobini operativ-saldo usulida yuritish ombordagi materiallar hisobini faqat son-nav bo’yicha yuritishni nazarda tutadi. Bu hisob M-12 shakldagi materiallarni ombor hisobi kartochkalari shaklida yuritiladi.


Kartochka buxgalteriyada materialning har bir nomenklatura raqami bo’yicha ochilib, ombor mudiriga olganligi to’g’risida imzo qo’ydirib beriladi. Materiallarning omborga tushishiga qarab omborchi kirim orderi yoki uni o’rnini bosadigan hujjat yozadi va uni materiallarni ombor hisobi kartochkasida ro’yxatga oladi. Хarajat hujjatlari limit-zabor kartalari, talabnomalar, nakladnoylarga asosan kartochkada materiallarni chiqimi ro’yxatga olinadi.
Materiallarni sarfi to’g’risidagi limit-zabor kartalarining ma’lumotlari kartalarning yopilishiga qarab, lekin hisobot oydan keyingi oyning 1-sanasidan kechiktirilmay registrlarga yoziladi. Bunday hollarda oy davomida limit-zabor kartalari tegishli materiallarni ombor hisobi kartochkasi bilan birga saqlanadi. Kartochkadagi qoldiq har bir yozuvdan so’ng chiqariladi. Materiallarning kirim va chiqim hujjatlariga ularning hisob baholarini va ombor kartochkasidagi yozuv raqamini yozib qo’yish omborchining vazifasiga kiradi. Hujjatlar soni, ularning raqamlari va materiallar guruhini ko’rsatib grafik bilan belgilangan muddatda omborchi materiallarning kirimi va chiqimi to’g’risidagi hujjatlarni topshirish reestrini (M-13-shakl) tuzadi.
Material bo’limining buxgalteri moddiy-javobgar shaxsdan reestr bilan birga hujjatlarni bevosita omborda, materiallarni ombor hisobi kartochkasida aks ettirilishini sinchiklab tekshirib, qabul qiladi va M-12 - shaklning 19 – grafasiga imzo qo’yadi. Shundan so’ng kartochka buxgalteriya registri kuchiga ega bo’ladi.
Buxgalteriya xodimi ombordagi materiallarning, ayniqsa noyob va qimmatli materiallarning haqiqiy qoldiqlarini nazorat - tanlov tekshiruvidan o’tkazib turishi kerak. Bunda moddiy-javobgar shaxslarning ishlarida aniqlangan qoida buzilishlar maxsus jurnalda aks ettiriladi va korxonaning bosh buxgalteri axborotiga yetkaziladi.
Moddiy-javobgar shaxs har oyning 1-sanasiga kartochkalardagi son qoldiqlarini hisobga olish qaydnomasiga o’tkazib qo’yadi. Bu qaydnoma har bir ombor bo’yicha buxgalteriya tomonidan bir yilga ochiladi. U buxgalteriyada saqlanib, oy tugashiga bir kun qolganda omborchiga beriladi, hisobot oydan keyingi oyning 1-2 sanasiga u buxgalteriyaga qaytarib topshiradi. Nomenklatura raqamlari bo’yicha haqiqiy qoldiqlarini belgilangan zaxira normalariga to’g’ri kelishini nazorat qilish va sodir bo’lgan farqlar to’g’risida marketing bo’limiga axborat berib turish moddiy-javobgar shaxsning zimmasiga yuklangan.

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə