1. Tovarni takomillashtirish konsepsiyasi


Marketing kommunikatsiyalari



Yüklə 18,65 Kb.
səhifə2/2
tarix11.12.2023
ölçüsü18,65 Kb.
#145211
1   2
MARKETING 2

Marketing kommunikatsiyalari (MCmarcom (s), marcomm (s) yoki oddiygina kommunikatsiya) turli marketing kanallari va vositalaridan birgalikda foydalanishni ifodalaydi.[1] Marketing kommunikatsiyasi kanallari asosiy eʼtiborini biznesning oʻzi xohlagan bozorga yoki umuman bozorning oʻziga qanday yetkazish kerakligiga qaratilgan boʻladi. Shuningdek, u biznesning ichki aloqalari uchun ham mas’uldir. Marketing kommunikatsiya vositalariga reklama, shaxsiy savdo, toʻgʻridan-toʻgʻri marketing, homiylik, aloqajamoatchilik bilan aloqalar, ijtimoiy tarmoqlar va aksiyalar kiradi.[1]
Marketing kommunikatsiyalari mahsulot sotadigan korxonalarda 4P yaʻni marketing miks elemenlari boʻlmish narx, joy, mahsulot va reklamadan iborat.[2] Ammo xizmat koʻrsatishga asoslangan tadbirkorlik xoʻjaliklarida esa bu 7P yaʼni narx, reklama, joy, odamlar, faoliyat hamda jismoniy isbotlardir (Physical evidence).
Marketing kommunikatsiyalari reklama, aktsiyalar, sotish, brending, kampaniyalar, tadbirlar va onlayn reklamalarni oʻz ichiga oladi.[3] Marketing kommunikatsiyalari jamoatchilikka brendni tanitish yoki tushuntirish va brend nimani taklif qila olishi haqidagi aniq tasavvurga ega boʻlishiga imkon beradi. Brend haqida xabardorlik birinchi bosqich boʻlib, unda isteʼmolchi raqobatchilarga nisbatan korxonaning brendni afzal koʻra boshlaydi. Rivojlanayotgan texnologiya va texnikalar bilan mijozlarning bundagi bevosita ishtiroki amalga oshadi. Mahsulot ishlab chiqish va brendni ilgari surishda isteʼmolchilarning oʻz fikrlari va gʻoyalarini eʼtiborga olish orqali amalga oshiriladi. Muvaffaqiyatli brending amaliyoti oʻz ichiga tashkilotning missiyasi, qarashlari, biznes qadriyatlari va marketing dasturini qadrlaydigan maqsadli auditoriyani qamrab oladi. Reklama marketing kommunikatsiyalarining kichik, ammo muhim bir qismidir. Marketing kommunikatsiyalari jamlanmasi maqsadli auditoriyaga aniq va doimiy xabar yetkazish uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan vositalar toʻplamidir. U odatda reklama aralashmasi deb ham ataladi. Crosier (1990) taʼkidlashicha, barcha atamalar Marketing miks kontekstida bir xil maʼnoga ega.[1] Narx maqsadli auditoriyaga xabar yubora oladi. Misol uchun, 50 dollarlik sumkani 10 dollarlik sumka bilan solishtirganda, birinchisi hashamatliroq yoki undan koʻra bardoshliroq buyum sifatida qaralishi mumkin. Reklamaning uzoq muddatli maqsadi brend va uning maqsadli bozori oʻrtasida oʻzaro aloqa oʻrnatishdir.

  1. Har qanday iqtisodiy faoliyat yakuni samaradorlik bilan yakunlanishi lozim. Samaradorlik iqtisodiy faoliyatning yakuniy natijasi sifatida aniqlanadi, o’rganiladi, o’lchanadi va baholanadi. Samaradorlik aksariyat hollarda ikki yo’nalishda aniqlanadi:
    1) har qanday faoliyatning yakuniy natijasi sifatida tavsiflanib samaradorlik, olingan natijalarga sarflangan resurslarni hisoblash, aniqlash orqali aniqlanadi. Bu iqtisodiy samaradorlikka xos jihatlardir.
    2) maqsadlar, harakat yo’nalishlari, tasavurlarni shakllantirish orqali aniqlanadigan samaradorlik. Bu ijtimoiy samaradorlik hisoblanadi.
    Bugungi raqobatli bozor sharoitida har bir korxona, hududning marketing samaradorligini o’rganish va aniqlash dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda.
    Marketing samaradorligini marketing faoliyatining yakuniy ko’rsatkichlari (savdo hajmi, foyda, bozor ulushi)ning marketing xarajatlariga nisbati sifatida aniqlash mumkin. Umuman korxonaning yakuniy natijasida marketingni ulushini aniqlash ancha qiyin. Bundan tashqari, marketing samaradorligi strategik jihatdan, marketing xizmatining samarali ishlashi bilan ham tavsiflanishi mumkin.
    Marketing samaradorligini baholashda alohida ahamiyatga ega jihat – bu marketing xizmati faoliyatining samaradorligini aniqlash hisoblanadi. Marketing xizmati samaradorligi ikki jihat bilan belgilanadi: ¾ marketing xizmatini tashkil etish samaradorligi, boshqacha qilib aytganda uning potensiali, ¾ marketing xizmatini ishlash samaradorligi (potensialdan foydalanish).
    Marketing samaradorligini aniqlash va baholashning nazariy masalalari o’ziga xos bo’lib, undagi yondashuvlar turli-tumandir. Marketing samaradorligini aniqlash va baholashda sifatiy va miqdoriy ko’rsatkichlardan ham foydalaniladi.
    Sifatiy usullar marketing auditidan foydalanishni o’z ichiga oladi. Uning yordamida korxonaning tashqi muhitini hamda barcha tahdid va imkoniyatlarni har tomonlama tahlil qilish amalga oshiriladi.
    Marketing samaradorligini baholashning miqdoriy usullari marketing xarajatlarini yalpi foyda va reklama xarajatlarini sotish bilan taqqoslashni talab qiladi. Ular korxonaning yakuniy moliyaviy natijalarini tavsiflaydi. Umuman aytganda marketing faoliyati samaradorligi (rentabellik ko’rsatkichi) hisobot davrining har bir yilida marketing faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan diskontlangan foydaning ushbu faoliyatning diskontlangan xarajatlariga nisbati sifatida aniqlanadi.
    Marketing faoliyati samaradorligini baholashda ma’lum bir biznes bo’linmasi faoliyatini tavsiflovchi parametrlarni – sotish hajmlarini, korxonaning bozor ulushini, marjinal va sof foydasini tahlil qilish kerak. Savdo hajmi (yalpi tovar ayriboshlash) murakkab ko’rsatkich bo’lib, mahsulotni sotish bo’yicha say-harakatlarning nafaqat muvaffaqiyatini, balki tanlangan narxning to’g’riligini, eng muhim qancha mahsulot iste’molchilarning maqsadli guruhiga to’g’ri kelishini bildiradi. Sotish dinamikasi – bu korxonaning bozordagi mavqyei, uning ulushi va tendensiyalari ko’rsatkichidir.
    Marketing samaradorligini baholashga yondashuvlar xilma-xilligini hisobga olgan holda biz tadqiqotlarimizdan kelib chiqib, marketing faoliyati tarkibiy qismlarining alohida samaradorligini baholashni taklif etmoqdamiz. Biz taklif etayotgan yondashuvda marketing funksiyalari doirasida bajariladigan faoliyat yo’nalishlarini alohida samaradorligi aniqlanadi.

Yüklə 18,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə