1. Sotsiologik tadqiqot o’tkazishning turlari Sotsiologik tadqiqot usullarining qisqacha xususiyatlari


Yalpi va tanlanadigan tadqiqotlar



Yüklə 57,8 Kb.
səhifə5/7
tarix10.04.2023
ölçüsü57,8 Kb.
#104875
1   2   3   4   5   6   7
1-ma\'ruza matni

Yalpi va tanlanadigan tadqiqotlar: Tanlanadigan tadqiqotlar, o’zi va o’z fikri to’g’risida axborot beruvchi maxsus tanlab olingan respondentlar guruhi orasida so’rov o’tkazish orqali kishilarning xatta-harakatlari va maqsadlari to’g’risida ma’lumotlarni muntazam yig’ib borish usulini namoyon etadi. U o’z nomini tadqiqotlarning asosiy qismining (tanlanlab olinadigan yig’indisi) ulkan birligi yig’indisidan (bosh yig’indidan) maxsus tanlab olish tartibotidan foydalanish orqali oladi, u yaxlit tadqiqotning asosiy o’lchamlarini aniq aks ettiradi.
Tanlovni tuzish tartiboti matematik statistika usullariga asoslangan hamda ehtimollik nazariyasi tamoyillariga asoslanadi. Tanlanadigan tadqiqot yalpi tadqiqotga nisbatan tejamli va ishonchi, garchi kenaytirilgan usul va texnikani talab etsa ham.
Xorijda an’anaviy anketalashtirish yozma so’rov bilan nomlanadi (Writter Survey). Pochta orqali so’rovlar, guruh bo’lib anketalashtirish, yakka anketalashtirishni ajpatib ko’rsatadilar.
Bosh to’plamning barcha birliklarini qamrab oluvchi yalpi tadqiqotlarga aholini ro’yxatdan o’tkazish kiradi, bu haqda maxsus bobda gap boradi. Shu vaqtda sosiologiyada anglashning eng keng tarqalgan vositasi sifpatida tanlangan tadqiqot ishtirok etadi.
Takroriy tadqiqotlar: Takroriy tadqiqotlar – bu yagona dastur va instrumentariy bo’yicha ma’lum vaqt oralig’ida muntazam o’tkazilgan va obyektning o’zgarishlar dinamikasini tavsiflovchi natijalarni olish bilan bog’liq bir necha tadqiqotlarning yig’indisi. Ular qiyosiy tahlil vosiatlarini namoyon etadi. Takroriy tadqiqotlar - muayyan vaqt oralig’ida bir dasturdan, bir instrumentariyanidan foydalangan holda, qiyosiy tahlillarni amalga oshirish uchun o’tkaziladigan tadqiqot. Takroriy tadqiqot muhim kurinishi panel tadqiqotlari hisoblanadi. Uning ajralib turadigan hususiyati shundaki, o’rganilgan bir kategoriya doirasida o’tkaziladi.
Logityud tadqiqotlar - shaxslarning bir guruhini uzoq vaqt o’rganish;
Kogortli tadqiqotlar – uzoq vaqt davomida bir xil yoshdagi shaxslarni o’rganish (avlodlar). Maqsad –bir avlod kishilarning turmush tarzi, maqsadlari. Tadqiqot obyektlari o’zgaradi, lekin kishilar saqlanib qoladi;
Trend tadqiqotlar – vaqt oralig’i bilan biror- bir asosiy yig’indida va nisbatan bir xil usulga rioya qilgan holda o’tkaziladigan tadqiqot. MAqsad- ijtimoiy o’zgarishlar tendensiyasi (trendi)ni belgilash. Misol – aholini qayta ro’yxatga olish;
Panelli (yo’lli) tadqiqot – bir xil tanlovda yagona dastur bo’yicha va ma’lum vaqt oralig’ida yagona usul bo’yicha o’tkaziladigan tadqiqotlar. Maqsad - voqyealar dinamikasi tahlili. Kishilar o’zgarishi mumkin, lekin tadqiqot obyektlari o’zgarmaydi (korxona, sexlar).
Panel - asosiy va takror tadqiqotda (masalan 15 yildan so’ng) so’ralgan respondentlarning yig’indisi. Takror tadqiqotda 15 yoshga ulg’aygan kishilar bo’ladi. Nomli panel – asosiy- yosh, ma’lumot, kasbi parametrlar bo’yicha tanlangan respondentlar guruhi - u asosiyni esga soladi, lekin bir xil kishilar emas (masaldan, 1962 yildagi yosh ishchilar va 1976 yildagi yosh ishchilar).
Panelli tadqiqot (logityudning turli ko’rininshlaridan biri sifatida ko’rib chiqilayotgan) – ijtimoiy kuzatish turlaridan biri, bunda doimiy tanlangan guruh (panel) a’zolari orasida bir necha so’rovnomalar o’tkazish vositasida axborotlar to’planadi. Agar axborot guruhning har bir a’zosidan ikkita (yoki undan ko’proq) vaqtinchalik nuqtalarda olingan ma’lumotlarni qamrab olsa, u holda yalpi siljishlar bilan bir qatorda alohida o’zgarishlarni ham o’rganish imkoni paydo bo’ladi.
Longityud yoki vaqt jihatidan davomiy, tadqiqotning davomli turi avlodlar sosiologiyasida faol qo’llaniladi. Mamlakatimizda “Avlodlar yo’li” mavzusidagi bir necha loyiha ma’lumdir. Ulardan biri Barnaul universiteti sosiologiya fakultetining S.I. Grigoryev1 rahbarligidagi Yoshlar muammolari bo’yicha ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tomonidan o’tkazildi. Mazkur usulni qo’llash shkalasining boshqa plyusida o’quv sinfi yoki ishchi brigada obyektlari joylashib, ularni yetarlicha uzoq vaqt davomida kuzatish mumkin.
Longityud tadqiqotda yirik va 48 kichik miqyosda tuzilmaviy anketa, rasmiylashtirilgan va rasmiylashtirilmagan intervyuni qo’llash mumkin. Psixologiyada esa longityud tadqiqot eksperimental-genetik usul modifikasiyasi, ya’ni inson hayot davrining yosh va alohida o’zgarishlarini o’rganish imkonini beruvchi bir xil sinaluvchilarni uzoq va muntazam o’rganish sifatida faol qo’llaniladi. Longityud tadqiqot ba’zan tabiiy tajriba sharoitida o’tkaziladi. Longityud tadqiqot takroriy tadqiqot turi sifatida boshqacha tarzda monitoring deb ataladi.



Yüklə 57,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə