yo´lning nоtеkisliklаridаn хоsil bo´ladigаn zаrbаlаr rul chаmbаrаgigа
kаm utkаzilishi kеrаk;
rul boshqarmаsining elаstik harаktеristikаsi оptimаl bo´lishi kеrаk;
rul yuritmаsi vа оsmаning kinеmаtikаsi o´zaro muvofiqlаshgаn
bo´lishi kеrаk;
g´ildirаk stаbilizаtsiyasigа tа´sir etmаsligi kеrаk;
yuqori ishоnchli bo´lishi kеrаk, chunki
rul boshqarmаsining ishdаn
chiqishi аvаriyagа оlib kеlаdi;
umumiy tаlаblаr.
2. Rul yuritmаsi vа оsmа kinеmаtikаsining o´zaro bog´liqligi.
Rul yuritmasi rul mexanizmida oshirilgan kuchni soshka orqali qabul qilib,
boshqariluvchi g´ildiraklarning sapfalariga uzatadi va boshqariluvchi g´ildiraklarni
buradi.
Rul yuritmasi berilgan eng kichik burilish radiusi bo´yicha burilishini,
ichki va tashqi boshqariluvchi g´ildiraklarning har xil
burchakka burilishini va
soshka vali bilan burish sapfalari orasida kerakli uzatish sonining bo´lishini
ta´minlashi lozim.
Rul yuritmasi tortqi va richaglardan tashkil topgan bo´lib, rul trapetsiya
shaklini hosil qiladi. Rul yuritmasi detallari, bir-biri bilan shunday bog´langanki,
boshqariluvchi g´ildiraklarni burganda richag va tortqilar
bir-biriga nisbatan
birikmalarda turli tomonga yengil burila olishi, shuningdek, o´z
birikmalaridan
zarur miqdordagi kuchni uzata olishi lozim. Shuning uchun rul yuritmasining
tortqilari bir-biri bilan sharnirlar orqali bog´langan bo´lishi kerak.
Rul yuritmasi boshqariluvchi g´ildiraklarni to´g´ri nisbatda (ichki
g´ildirakni katta, tashqi g´ildirakni kichik burchaklarga) burilishini, boshqariluvchi
g´ildiraklarda avtotebranishlar bo´lmasligini hamda avtomobilning osmalari
tebranishida g´ildiraklarni o´z-o´zidan burilishini oldini olishni ta´minlaydi.
Rul yuritmasi:
rul taretsiyasidan, rul mexanizmini rul trapetsiyasi bilan
bog´lovchi richaglar va tortqilardan, sharnirli birikmalar hamda ko´pchilik
avtomobillarda rul kuchaytirgichidan tashkil topgan.
Rul trapetsiyasi avtomobilning kompanovka imkoniyatlari bo´yicha
turlicha bo´lishi mumkin, 23-rasm.
Trapetsiyalarning oldingi balkaga nisbatan joylashishi bo´yicha
orqada
joylashgan (23-rasm, a) yoki oldinda joylashgan (23-rasm, b) bo´ladi.
Avtomobilning g´ildiraklari nomustaqil osmaga ega bo´lganida yaxlit ko´ndalang
tortqili trapetsiyalar (23-rasm a va b), mustaqil osmaga ega bo´lganda esa,
bo´g´inlarga ajratilgan ko´ndalang tortqili trapetsiyalar (23-rasm, v, g, d, e)
ishlatiladi.