1. Rezba kesuvchi keskich va grebyonkalar Rez’ba kesuvchi frezalar



Yüklə 167,4 Kb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü167,4 Kb.
#142405
1   2   3   4   5
TASHQI REZBA OCHISHDA ISHLATILADIGON ASBOB VA MOSLAMALAR

Prizmasimon keskichlarni (4-a, b rasmlar) sterjenli tutqichlarda α burchak ostida o’rnatiladi (α<150). Kesish kuchini pasaytirish maqsadida oldingi burchak γ ishlov beriluvchi detalning xossalariga bog’liq holda olinadi. Agar γ>0 bo’lsa, u holda kesuvchi qism profilini hisoblashda (orqa qirraga perpendikulyar kesimda) rez’ba kanavkasining ishlov berilgan vintli holatiga tuzatish (korrektirovka) kiritaladi.

4 rasm. Shakldor rez’ba kesuvchi keskichlar: a – prizmasimon; b – prizmasimon keskich profiliga tuzatish kiritishning hisobiy sxemasi γ>0; v – dumaloq
Dumaloq keskichlar (4-v rasm) tayyorlashda prizmasimon keskichlarga nisbatan sodda va tayyorlanishi oson, qayta charxlashga zahirasi kichik va maxkamlashda turg’unligi past. Orqa burchaklarni hosil qilish uchun keskich markazini zagotovka markazidan yuqorida o’rnatiladi. Bunday keskichlarning profilini hisoblash dumaloq shakldor keskichlar hisobi kabi o’xshash.
Grebyonkalar (5-rasm) – ko’p qirrali shakldor keskich bo’lib, ularning sterjenli, prizmasimon, dumaloq turi bo’lishi mumkin. Ularni asosan mayda qadamli maxkamlash rez’balarini kesishda qo’llaniladi.
5-g rasmda ko’rsatilganidek grebyonkaning kesuvchi qismi l1 uzunlikdagi o’qqa nibatan φ burchak ostiga joylashgan yo’naltiruvchi va kalibrlovchi (l2 ) qismlardan tashkil topgan:
l1 = (1,5...2,0)P , l1 = (3...6)P
bu erda: Р – rez’baning qadami.

5-rasm. Rez’ba kesuvchi grebyonkalar:

      1. – qattiq qotishmali plastinali mexanik usulda maxkamlangan;

      2. – prizmasimon; v – dumaloq; g grebyonkaning ishchi qismi

Yo’naltiruvchi qismning (l1) burchagi φ= 25...300, shunga asosan yuklanish kesuvchi tishning bir nechta qirralari orasida bir tekis taqsimlanadi va rez’bali keskichlarga nisbatan ishchi o’tishlar 2...3 marotabaga kamayadi.

Yüklə 167,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə