1. Qaysi qatorda ng tovushi ishtirok etgan so'zlar berilgan?



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə7/19
tarix23.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#157323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
ONA TILIDAN TEST SAVOLLARI

A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
536. Qaysi gapda aniqlovchi shaxs nomi bilan ifodalangan?
A) Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog' ortiga jo'nadi.
B) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o'g'li Otabek.
C) Mehmondo'st, oqibatU, bolajon xalqimiz bor.
D) Men pinak buzmayman, hadik tortmayman, Onamning duosi meni asraydi.
546. Qaysi qatordagi ravishdosh holat ma'nosini ifodalagan?
A) Toqqa chiqqach, osmonning pastligini his qildi.
B) Bobur gulni yana bir bidlab, boshidagi sallasining qatiga qistirib qo'ydi.
C) Gapni bilib-bilmay gapirmaslik kerak.
D) Murodxonlamikiga qarab sekin yo'lga tushdim.
547. Tilshunoslikning qaysi bo'limlarida so'z o'rganiladi?
A) morfologiya va leksikologiyada
B) faqat leksikologiyada
C) sintaksis va leksikologiyada
D) sintaksis va morfologiyada
548. Xoslik belgisini bildiruvchi sifatlar yasovchi qo'shimchani toping.
A) -simon B) -gi C) -ma D) -iy
549. Berilgan sifatlardan qaysi biri asliy sifat hisoblanadi?
A) hovliqma (odam) B) qaynatina (sho'rva) C) burama (mix) D) yasama (tisb)
550. Qanday sifatlar asliy sifatlar bo'lishi mumkin?
A) faqat tub sifatlar B) sodda yasama sifatlar C) qo'shma sifatlar D) tub, sodda yasama va qo'shma sifatlar
551. So'z asosida ifodalangan belgiga egalikni bildiruvchi quyidagi qo'shimchalardan qaysi biri be- qo'shimchasi bilan zid ma'noli emas?
A) -dor B) ba- C) -li D) -mand
552. Paytga xos belgini bildiruvchi sifatlar yasovchi qo'shimchani toping.
A) -li B) -iy C) -gi D) -simon
553. -lik qo'shimchasi yordamida qaysi so'z turkumlaridan otlar yasab bo'lmaydi?
A) sonlardan
B) ravishlardan
C) fe'llardan
D) berilgan so'z turkumlaridan otlar yasaladi
554. Qaysi gapda sifat otlashmagan?
A) Kambag'alni tuyaning ustida it qopar.
B) Axir, musulmon odamman, aylanay! -dedi Hoji xola.
C) Tong otishiga yaqin uch yarim sotixcha joyning past-balandini tekislab bo'lgandi.
D) Musohrga yo'l ko'rsatib, suv berish savob.
555. Mashina uchun ehtiyot qismlar birikmasidagi hokim so'zni aniqlang.
A) qismlar B) ehtiyot C) mashina uchun D) ehtiyot qismlar
556. Qaysi qatordagi gapda yasama sifat mavjud?
A) Kech kirib, ajib bir so'Hm payt boshlandi.
B) Do'mbirachi qadim qozoq kuylaridan dostonlar kuylamoqda.
C) Otin bibi qari, jiddiy, sersavlat xotin.
D) Men tomosha qilib boraman, xayol qanotida go'yo sahrolar, tog'lar kezaman.
557. Sifat+ot shaklidagi qo'shma sifatlar qatnashgan gapni toping.
A) Shirinsuxan, oqko'ngil insonlar mevali daraxtga o'xshaydi.
B) Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag'ishlaydi.
C) Toshbag'ir odamdan yaxshilik kutma.
D) Hulkaming och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o'ynaydi.
558. Ayniqsa, Nasriddin Afandining quvnoq sarguzashtlari bilan tanishish. uning tabiatiga xos hajviy mayllarga turtki beradi.
Yasama sifatlar miqdorini toping.
A) 1 ta B) 2ta C) 3 ta D) 4 ta
559. Qaysi gap tarkibida ikkita o'rinda yasama sifat qo'llangan?
A) Tuproq qatlami qalin, sersuv yerlarda o'sgan archalar yo*g*on va bo'ydor bo'ladi.
B) Keng, ulug'vor sahrolar ufqdan ufqqa tutashgan.
C) Bo(m-bolsh otxonaning eshigi lang ochiq turar edi.
D) Tmiq, ko'm-ko'k osmonda onda-sonda yengil bulutlar asta kezadi.
560. Qaysi qatorda asliy sifatlar berilgan?
A) mayda, aqlli, yuzaki
B) achchiq, chuchuk, qishki
C) xushbo'y, ko'chma, jahldor
D) yangi, dolppili, devoriy
561. Qaysi qatorda nisbiy sifatlar berilgan?
A) mevaii, tonggi, oilaviy
B) mazmundor, xayohy, chiroyli
C) chillaki, serunum, chaqqon
D) xushbichim, yasama, aqlli
562. Qaysi qatordagi gapda nisbiy sifat qo'llangan?
A) G'iyos aka yumshoq ajriq ustiga yonboshladi.
B) Hovlimizda ko'cha eshikdan kiraverishda kichkina, g'ishtin uycha bor.
C) Inson tabiatning eng ongli farzandi.
D) Cho'ponlar sezgir, itlar ham ziyrak, bo'ridan ayyor.
563. Qaysi gapda orttirma darajadagi sifat qo'langan?
A) Mevasi yetilib pishganda sershira bo'ladi.
B) Nomus jondan ham qimmatliroq.
C) Hovli ham, uy ham bo'm-bo'sh, hamma yoq suv quygandek jimjit edi.
D) Uning nazarida bundan ham suyumhroq, bundan ham zavqUroq va shavqliroq ish yo'q edi.
564. Qaysi gapda xususiyat bildiruvchi sifat qo'langan?
A) Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov keimoqda.
B) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak.
C) Hovli tor, devorlari baland edi.
D) Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug'orayotgan edim, yap-yangi "Moskvich" kelib to'xtadi.
565. Otlashgan sifat ishtirok etgan gapni toping.
A) Shu yaqindan o'tib ketayotgan ikkita ovchi urishqoqni aravaga ortib ketishdi.
B) Elmurod chaynaganini yutib, nonga tikilib qoldi.
C) Ko'z tashlab ko'rilsa, ko'm-ko'k suv ko'k charxiga o'xshaydi.
D) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqhgini bilsa kerak.
566. Qaysi qatordagi gapda yasama ravish qo'llangan?
A) Choyni naridan-beri ichib, oshxonaga yugurdim.
B) Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib yo'rtib ketishdi.
C) Bayramga taraddud hozirdanoq qizib ketdi.
D) Yig'ilishga faollardan vakillar kirib kelishdi.
567. Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir.
Ushbu gapdagi sifatlar miqdori va turini aniqlang.
D) 3 ta: 2 ta qo'shma, 1 ta sodda tub
568. Qaysi qatordagi gap tarkibida ot+ot tipidagi qo'shma sifat berilgan?
A) Toshbag'ir odamdan yaxshilik kutma.
B) Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir.
C) Nodon va kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi.
D) Shirinsuhan, oqko'ngil insonlar mevali daraxtga o'xshaydi.
569. Qaysi gapdagi juft sifatlar yasama+yasama so'z shaklida tuzilgan?
A) Kasbning katta-kichigi bo'hnaydi.
B) U paytda qing'ir-qiyshiq ko'chalar ko'p bo'lgan.
C) Menga o'xshash esli-hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan.
D) U yosbligidan ota-onasiz katta bo'lgan.
570. Hoshimjon maktabning nomiga e'tibor bermagan ekan. U nima qilishni bilmasdan ishlarni nomiga qilardi.
Berilgan gaplardagi nomiga so'ziga qaysi javobda to'g'ri izoh berilgan?
A) 1-gapda turlangan ot, 2-gapda ravish
571. 1) Yaxshiyam, universitet yaqinda. 2) Yaqinda o'qishni tugatadi.
Ushbu gaplardagi yaqinda so'zi haqidagi qaysi fikr to'g'ri?
A) 1-gapda o'rin ravishi, 2-gapda payt ravishi
B) 1-gapda payt ravishi, 2-gapda o'rin ravishi
C) har ikkala gapda o'rin ravishi
D) har ikkala gapda payt ravishi
572. 1. Partalarni nari-beri surdik. 2. Akbar nari-beri dars qildi.
Ushbu gaplardagi nari-beri so'zi haqidagi qaysi fikr to'g'ri?
A) 1-gapda o'rin ravishi, 2-gapda holat ravishi
B) 1-gapda holat ravishi, 2-gapda o'rin ravishi
C) har ikkala gapda holat ravishi
D) har ikkala gapda o'rin ravishi
573.1 . Salmon ota gapni uzoqdan boshladi.
2. Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho'kiz uni to'xtovsiz chaqirib kelyapti.
Ushbu gaplardagi uzoqdan so'zini izohlang.
A) birinchisida holat, ikkinchisida o'rin bildiruvchi ravish
B) birinchisida o'rin, ikkinchisida holat bildiruvchi ravish
C) har ikkalasida o'rin bildiruvchi ravish
D) har ikkalasida payt bildiruvchi ravish
574. Kunduzi o'ralashib yurganlardan qittay ham qolmagan.
Ushbu gapdagi ravishlar sonini aniqlang. A) 4 B) 3 C) 2 D) 1
575. 1. Kampir ba'zan mudrar, ba'zan o'g'U bilan nimalarnidir gaplashardi. 2. Ba'zan yaxshilik maqsadida aytilgan yolg'on so'z ham ziyon emas. Ushbu gaplardagi ba'zan so'zini izohlang.
A) 1-gapda ayiruv bog'lovchisi, 2-gapda ravish
B) 1-gapda ravish, 2-gapda ayiruv bog'lovchisi
C) har ikkalasida ham ravish
D) har ikkalasida ham ayiruv bog'lovchisi
576. Tarkibida juft sifat ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Uyga kelib qarasa, hamma yoq ag'dar-to'ntar bo'hb yotibdi.
B) Bu masalani uzil-kesil hal qilish vaqti kelmadimi?
C) Shag'al to'kilgan o'ydim-chuqur yo'ldan yurish it azobini beradi.
D) Barcha javoblar to'g'ri
577. Temur yuksak insoniylik xususiyatlariga ega bo'lgan buyuk shaxs edi. Ushbu gapda qatnashgan sifatlar haqidagi to'g'ri hukmlarni aniqlang.
1) asliy sifat 2) nisbiy sifat 3) tub sifat 4) yasama sifat 5) aniqlovchi vazifasida 6) hoi vazifasida
A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 5, 6 D) 1,2, 3, 5
578.Qaysi gaplar tarkibida yasama sifat mavjud?
1. Yo'lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtlarning tanga-tanga barglari iliq quyosh nuridan marvariddek tovlanadi.
2. Uning chanqoq ko'zlari, siyrak qoshi, o'ychan turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib turardi.
3. Pastdagi bog'dan xazon hidi ko'tarilib, uning xayollarini to'lin oy sehrlagan dalalarga olib ketar edi.
A) 1 va2 D) 1, 2, 3 B) lva3 C) 2va3
579. Ozaytirma daraja shaklidagi sifat egaga bog'langan qatorni aniqlang.
A) Yorug'lik uning oqish yuzlari, quyuq kipriklarini bir zumgina yoritdi.
B) Qoramtir yuzi, siyrak soqohdan yoshini chamalash qiyin edi.
C) Shamning qizg'ish shu'lasi kulbaga fayz berib turar edi.
D) Barcha javoblar to'g'ri
580. Ho'kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog' quruq poyani tashlab qo'yarekan. ( "Susambil") Ushbu gapda yasama so'z qaysi so'z turkumiga mansub va qaysi gap bo'lagi vazifasida kelgan? A) sifat, aniqlovchi B) ravish, hoi C) fe'l,kesim Dj" fel shakh, hoi
581. Orttirma darajadagi sifatlar berilgan qatorni aniqlang.
A) Ular yolg'izoyoq yo'ldan nihoyatda sekin borishardi.
B) QuvvatsizHgidan juda tez charchab qolardi.
C) Dunyoda eng orzumand xalq o'zbek bo'lsa ajabmas.
D) Barcha javoblar to'g'ri
582. Takroriy sifatlar berilgan gapni aniqlang.
A) Tabassumdan gul-gul yondi qizning yanog'i.
B) O'z onamni elas-elas xotirlayman.
C) Kiradir yelpib-yelpib barra-barra go'shtlardan kabob pishiryapti.
D) Barcha javoblar to'g'ri
583. Qizil qalpoq, jigarrang kurtka kiygan bu bolaginaning tim qora ko'zlari, dum-dumaloq lo'ppi yuzi negadir g'amli, ma'yus edi. Ushbu gapda sifat turkumiga mansub nechta so'z bor, ularning nechtasi orttirma darajada?
A) 6 ta sifat, 2 tasi orttirma darajada
B) 6 ta sifat, 1 tasi orttirma darajada
C) 7 ta sifat, 2 tasi orttirma darajada
D) 7 ta sifat, 1 tasi orttirma darajada
584. Qaysi javobdagi so'z birikmalari tarkibida sifatlashuv hodisasi ro'y bergan?
A) chiroyh gul, ajoyib kitob, murakkab tushuncha
B) ifodali o'qimoq, ta'sirchan gapirmoq, qattiq yo'talmoq
C) chinni piyola, piyoda askarlar, bilhir qandil
D) oltin kuz, singan ko'za, mis tanga
585. Qaysi qatordagi gapda nisbiy sifat qo'llangan?
A) Yaxshi fazilat insonning ziynatidir.
B) Shirin oshing bo'lguncha, shirin so'zing bo'lsin.
C) Tovus o'zining chiroyh" patini har doim asrab-avaylaydi.
D) Do'ppili odamni ko'rsam,go'zal vodiy, ona qishlog'im ko'z oldimga keladi.
598. Olmoshlar haqida bildirilgan qaysi hiikm noto'g'ri?
A) bir so'zi gumon olmoshi o'mida qo'llanishi mumkin.
B) olmoshlami gap o'rnida almashtirib qo'Uash mumkin.
C) yasama sodda olmosh qismlari qo'shib, qo'shma olmosh qismlari esa ajratib yoziladi.
D) barcha hukmlar to'g'ri.
599. To'pdan ajratilgan narsa, shaxs, belgi, harakat-holatlarni ifodalaydigan olmoshlar turini belgilang.
A) kishilik olmoshlari
B) ko'rsatish olmoshlari
C) belgilash olmoshlari D) o'zlik olmoshi
600. Olmosh+ot shaklidagi bitishuv yo'li bilan hosil bo'lgan otli birikmalarda, olmoshning qaysi turlari tobe so'z vazifasida kela oladi?
A) ko'rsatish, so'roq va belgilash olmoshlari
B) kishilik, o'zhk va ko'rsatish olmoshlari
C) bo'lishsizlik olmoshidan tashqari barcha olmoshlar
D) kishilik, olzlik, ko'rsatish va so'roq olmoshlari
601. Qaysi qatorda ko'rsatish olmoshi gap o'rnida qo'llanilgan?
A) Kim ko'p o'qisa, u ko'p biladi.
B) U Saidiy bilan do'st edi, bu dolstlik otalarini ham munosabatdor qilgan edi.
C) Istagim shuki, doimo tinchlik bo'lsin.
D) Kitobni ko'p o'qisangiz, undan ko'p hikinat topasiz.
602. Qaysi qatordagi gapda o'zlik olmoshi o'rnida kishilik olmoshini qo'llab bo'lmaydi?
A) Rostini aytsam, o'zim ham unchalik yomon bola emasman.
B) Qurvonbibi fotiha to'yidan keyin biroz o'ziga kelgan edi.
C) Bu ishlarni qilgan o'zi.
D) Yutuqlar o'zimizniki.
603. Qaysi gapda narsa-hodisa so'iogM belgi-xususiyat sc'ro^i o'rnida qo'llangan?
A) Nega uni otdami, aravadami eltib qo'ymadi?
B) Kechagi gaplardan keyin qaysi yuzi bilan boradi?
C) Nima ishlari bor ekan? - so'radi Zulayho xola.
D) Yo qudratingdan, bu qanday odam?
604. Qaysi gapda belgilash olmoshi ot o'rnida qo'llangan?
A) Dildorning ban gaplari haqiqat edi.
B) Har bir inson o'z baxti uchun kurashadi.
C) Ovozi har qachongidan ham ta'sirhroq edi.
D) Hamma perronda, hamma o'z jigarini qidiradi.
605. Qaysi gapda bo'lishsizlik olmoshi ishtirok etgan?
A) Majlisda bu masala haqida hech kim churq etmadi.
B) Hech vaqt ayol qalbini og'ritmang.
C) Hech bandaning boshiga farzand dog'ini solmasin ekan.
D) Berilgan gaplarning barchasida bo'lishsizlik olmoshi ishtirok etgan.
606. Qaysi qatordagi gapda to'rtta o'rinda olmosh qo'llangan?
A) Hozir ham hech kim o'z ismini aytmaydi.
B) Hammasi joyida, do'stlar, men hech kimdan, hech narsadan xafa emasman.
C) Sizga ne bo'ldi, ikki haftadan buyon faqiringizni zoriqtirib qo'ydingiz.
D) Hamma unga o'girilib qarar, ammo Sattor Roziyadan boshqa hech kiinni ko'rmas edi.
607. Qaysi gapda qo'shma olmosh mavjud?
A) Siz o'zingizni tuproq bilan tenglashtirmoqchi bo'lgansiz, lekin men hozir Kumushga ham qanoatlanmay, Oltinbibi deb atamoq Gkriga tushdim.
B) Shu-shu bo'ldi-yu, Tursunboyning qulog'idan Zebixonning ovozi nari ketmay qoldi.
C) Hamma unga o'girilib qarar, ammo Sattor Roziyadan boshqa hech kimni ko'rmas edi.
D) O'zboshimcha unmas, o'zbilarmon yolchimas.
608. Son turkumiga oid qanday so'zlarni hosil qilishda ba'zi sanoq sonlar tarkibida tovush tushishi kuzatiladi?
A) chama sonlarda B) tartib sonlarda C) jamlovchi sonlarda D) taqsim sonlarda
609. Kishilik olmoshlariga quyidagi qo'shimchalardan qaysi biri qo'shilmaydi?
A) so'z yasovchi qo'shimcha
B) egalik qo'shimchasi
C) kelishik qo'shimchasi
D) Sanalgan qo'shimchalar kishilik olmoshlariga qo'shiladi.
610. Qaysi gapda to'pdan ajratilgan shaxsni ifodalagan olmosh qo'llangan?
A) Rostini aytsam, o'zim ham unchalik yomon bola emasman. (X.To'xtaboyev)
B) Kim ko'p o'qisa, u ko'p biladi.
C) Men kclajagi buyuk Vatanning farzandhnan.
D) Vatan har bir inson uchun aziz va muqaddasdir.
611. Hisob so'zi bilaii birga qo'llangan gapni toping.
A) Poyezddan tushgan uch-to'rt yo'lovchi tarqalib, bekatda Yigitalining yolg'iz o'zi qoldi.
B) Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi.
C) Ikki hafta davomida erta tongdan qorong'i tushguncha loy tashishdi.
D) Cho'ponlar har kuni tunda bittadan qo'y g'oyib bo'layotganini sezib qolishdi.
612. Qaysi gapda uyushiq to'ldiruvchi faqat shaxs otlari bilan ifodalangan?
A) Hulkar eshik oldida bir dtasiga, bir Avazga, bir onasiga qarab qo(yardi.
B) Men onam, otain va opam bilan xayrlashib, yo'lga tushdim.
C) Maxdum bo'ychan, siyrak mo'y, oq tan, istarasi issiq bir domla edi.
D) O'n-o'n bir yoshli bola dushmanlar keltirgan ochlik va boshqa kulfatlarni kattalar qatori boshidan kechirdi.
613. Qaysi gapda to'ldinivchi shaxs oti bilan ifodalangan?
A) Bittasi toshkenthk Yusufbek Hojining o'g'li Otabek!
B) Aravalcash mo'mingina, muloyim, kamtar kishi.
C) Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog' ortiga jo'nadi.
D) "Qo'shiq aytolsa, demak, cho'ponlikka yaraydi", - debdi otam cho'lig'iga.
614. Qaysi gapda ega shaxs oti bilan ifodalangan?
A) Bittasi toshkenthk Yusufbek Hojining o'g'li Otabek!
B) Aravakash mo'mingina, muloyim, kamtar kishi.
C) Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog' ortiga jo'nadi.
D) "Qo'shiq aytolsa, demak, cho'ponlikka yaraydi", - debdi Qurbon cho'lig'iga.
615. Qaysi gapda aniqlovchi shaxs oti bilan ifodalangan?
A) Bittasi toshkenthk Yusufbek Hojining o'g'li Otabek!
B) Aravakash mo'mingina, muloyim, kamtar kishi.
C) Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog' ortiga jo'nadi.
D) "Qo'shiq aytolsa, demak, cho'ponlikka yaraydi", - debdi otam cho'lig'iga.
616. Kampir Tolibjonni bag'ridan bo'shatib hovli tomonga qichqirdi:
- Nima qilib turibsanlar, ayangni chaqirmaysanlarmi? Dadalaringga xabar qilmaysanlarmi? Yugur, pochchangga chop, tog'am keldi, deb ayt. Berilgan matnda nechta shaxs oti bor va ular qanday sintaktik vazifani bajargan?
A) 4 ta; to'ldinivchi
B) 6 ta; ega, hoi, to'ldinivchi
C) 6 ta; ega va to'ldinivchi
D) 5 ta; ega va to'ldinivchi
617. Hunari va odobi bo'lmagan kishidan baxt va omad ketadi.
Berilgan gapda ismlar qanday sintaktik vazifani bajargan?
A) to'ldinivchi, ega
B) aniqiovchi, to'ldiruvchi, ega
C) to'ldiruvchi, hoi, ega
D) ega, aniqlovchi, hoi
618. Quyida berilgan matnda ismlar guruhiga kiruvchi nechta so'z bor? Savobdir jilg'aga soysan, deb aytsang, Yo xunuk ayolga oysan deb aytsang. (A.Oripov) A) 4ta B) 6ta C) 7 ta D) 5 ta
619. O'rin-joy otlari qaysi javobda qayd etilgan?
A) Sirdaryo, Amudaryo, Orol dengizi
B) qishloq, maydon, qo'ra
C) guzar, Oltiariq, saylgoh
D) barcha javoblarda o'rin-joy otlari bor
620. Shaxs otlari qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? 1) Zuhra; 2) Amper; 3) Hasan; 4) rentgen; 5) murabbiy; 6) Asal; 7) muxlis; 8) Anor
A) barchasi shaxs otlari hisoblanadi
B) 1,2,3,6,8 C) 5, 7 D) 1,3
621. Qanday so'zlar ismlar atamasi ostida birlashtiriladi?
A) ot turkumiga mansub so'zlar
B) barcha mustaqil so'zlar
C) egalik, kelishik qo'shimchalari bilan o'zgarish xususiyatiga ega bo'lgan so'zlar
D) turlanish va tuslanish xususiyatiga ega bo'lgan so'zlar
622. Donalab sanaladigan narsalarning turini ta'kidlash uchun qo'llanuvchi nafar so'zi asosan qanday holatda ishlatiladi?
A) har qanday donalab sanaladigan narsalarning miqdorini ko'rsatishda
B) jonli narsalarni donalab sanashda
C) shaxslarga nisbatan miqdorni ko'rsatishda
D) nima? so'rog'iga javob bo'luvchi barcha otlardan oldin kelib, uning miqdorini ko'rsatadi
623. 1) Endi nima qilsam ekan, - deya Otabek o'z-o'zidan so'radi.
2) Qizcha o'z-o'zidan raqsga tushib ketdi.
3) O'z-o'zidan, mamlakat taqdiri hammani qiziqtiradi.
Berilgan gaplardagi o'z-o'zidan so'zining qaysi turkumga mansubligini izohlang.
A) 1-gapda olmosh, 2-gapda ravish, 3-gapda modal so'z
B) 1-2-gaplarda olmosh, 3-gapda kirish so'z
C) 1-gapda olmosh, 2-gapda ravish, 3-gapda kirish so'z
D) har uchta gapda ham olmosh
624. Qaysi gaplarda orttirma darajadagi sifat kesim vazifasida kelgan?
1. Ish juda nozik, g'oyatda qo'rqinchli edi.
2. Hovh ham, uy ham bo'm-bo'sh, hammayoq suv quygandek jimjit edi.
3. Dunyoda o'zbekdir eng orzumand xalq.
4. Mevasi tillarang, sershira.
A) 1,2,4 B) 1,2 C) 1,4 D) 2,3,4
625. Berilgan gaplaming qaysi birida olmosh sifat o'rnida qo'llangan?
A) Gul ochildi. Uning ochilishi kishilarga rohat berdi.
B) Gullarning ko'pi pushtirang. Ana shu rang menga juda yoqadi.
C) Karim gullarni uza boshladi. Bu esa bog'bonning jahlini chiqardi.
D) Barchasi to'g'ri
626. Berilgan gaplaming qaysi birida olmosh fe'l o'rnida qo'llangan?
A) Gul ochildi. Uning ochilishi kishilarga rohat berdi.
B) Gullarning ko'pi pushtirang. Ana shu rang menga juda yoqadi.
C) Karim gullarni uza boshladi. Bu esa bog'bonning jahlini chiqardi.
D) Xolid toshni o'n marta ko'tardi. Men ham shuncha ko'tarishni orzu qilaman.
627. Qaysi gapda qo'llangan o'lchov so'zi alohida olinganda predmet nomini bildirib, matn ichidagina o'lchov ma'nosini bildiradi?
A) Shahargacha hali uch chaqirim bor.
B) Uygacha yuz qadam qoldi.
C) Uyning orqasida 4 sotix ekin maydoni bor.
D) To'rt nafar talaba darsga qatnashmadi.
628. Berilgan o'lchov so'zlarining qaysilari faqat o'lchov-hisob ma'nosini bildiradi, qaysilari alohida olinganda predmet nomini bildirib, matn ichidagina o'lchov birligi ma'nosini bildiradi?
1) qarich 2) qadam 3) quchoq 4) bochka 5) paqir 6) shisha
A) 1, 4-faqat o'lchov-hisob;2, 3, 5, 6-ham o'lchov-hisob, ham predmet ma'nosini bildiradi
B) 1, 2, 4-faqat o'lchov-hisob, 3, 5, 6-ham o'lchov-hisob, ham predmet ma'nosini bildiradi
C) berilganlarning barchasi faqat o'lchov-hisob ma'nosini bildiradi
D) berilganlarning barchasi ham o'lchov-hisob, ham predmet ma'nosini bildiradi
629. Ega belgilash-jamlash olmoshi bilan ifodalangan gapni aniqlang.
A) Dildoming bari gaplari haqiqat edi.
B) Kela berdilar bari kattakon chinor sari.
C) Har bir inson o'z baxti uchun kurashadi.
D) Gilosning yonidan o'tayotganimda allanima baloga turtinib ketdim.
630. Ayol qalbi tosh bo'lsa ham, allaqayeri paxtadan yumshoq, ipakdan mayin bo'ladi.
Ushbu gapda gumon olmoshi qaysi gap bo'lagi vazifasida kelgan?
A) o'rin holi B) to'ldiruvchi C) ega D) aniqlovchi
631. U bu xabarni eshitib, yarim kechasi otda yo'lga tushibdi.
Berilgan gap tarkibida qaysi so'z turkumlariga oid so'zlar mavjud?
A) ot, olmosh, fe'l
B) ot, olmosh, fe'l, ravish, son
C) ot, olmosh, fe'l, ravish
D) ot, olmosh, fe'l, son
632. Haqiqat shunday jonki, pardoz lining husnini buzadi.
Bosh gapdagi olmoshning sintaktik vazifasini aniqlang.
A) qaratqich aniqlovchi
B) sifatlovchi aniqlovchi
C) vositasiz to'ldiruvchi
D) vositali to'ldiruvchi
633. Nisbiy so'z yordamida birikkan to'ldiruvchi ergash gapli qo'shma gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Shuni bilingki, hech bir yangilik bexosiyat bo'lmaydi.
B) Unga kim yaxshi gapirsa, o'sha yaxshi odam bo'lib ko'rinardi.
C) Kim odamlarga yaxshilik qilsa, yaxshi inson deyishadi.
D) Kimning ko'ngU tog' bo'lsa, uning yo'li ham to'g'ri bo'ladi.
634. Qaysi qatordagi gapda belgilash olmoshi ishtirok etmagan?
A) Dildora hali yosh bo'lsa ham, aqli butun.
B) Dunyoning shodligi yig'ilsa, butun Do'stlar diydoridan bo'lolmas ustun.
C) Barcha shodlik senga bo'lsin, Bor sitain, zorlik menga ...
D) Har kim o'z quvonch ham orzularini bildirib turarkan.
635. Yo'q demang, aka. Biz ham tushunadigan odammiz. Xafa qilmaymiz, -Alimardonning o'ylanib turganini o'zicha tushundi.
Ushbu gapda ostiga chizilgan birlikning shaxs-soni haqida ifodalangan to'g'ri hukmni aniqlang.
A) I shaxs ko'plik shakli I shaxs birlik ma'nosida
B) I shaxs ko'plik shakli II shaxs birlik ina'nosida
C) I shaxs ko'plik shakli II shaxs ko'plik ma'nosida
D) I shaxs ko'phk shakli III shaxs birlik ma'nosida
636. O'timsiz fe'llar qaysi vositalar yordamida o'timli fe'lga aylanadi?
A) tushum kelishigi shakli
B) o'zlik va majhul nisbat shakli
C) bosh kelishik shakli
D) orttirma nisbat shakli
637. Ko'makchi fe'lni qabul qiluvchi ravishdosh shakli...
A) ko'makchi fe'lH so'z qo'shilmasi sanaladi
B) qo'shma fe'l sanaladi
C) yetakchi fe'l sanaladi
D) qo'shma fe'l hosil qiluvchi yetakchi fe'l sanaladi
638. Qaysi gapda orttirma nisbat shakli yetakchi fe'lga qo'shilgan?
A) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi.
B) Bir mahal charchab, suvsab, holdan toyib o'tirib qolibman.
C) Birdan bozor boshida dod-faryod ko'tarilib qoldi.
D) U eng awal malikalar-u nabiralarini Samarqandga jo'natdi.
639. Fe'lning qaysi vazifa shakli zamon, bo'lishli-bo'lishsizik, nisbat ma'nolarini ifodalaydi?
A) harakat nomi B) sifatdosh C) ravishdosh D) sifatdosh va ravishdosh
640. Faqat ko'makchi fe'llar tarkibida qo'llanuvchi shakllarni toping.
1) nisbat; 2) bo'lishsizlik; 3) zamon; 4) shaxs-son; 5) fe'lning vazifa shakllari
A) 3, 4 B) 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4
641. U ynziga belbog'ini tashlab ko'rpachaga cho'zildi. Lag'mon ingichka qilib cho'zildi.
Ushbu gaplardagi cho'zildi so'zining nisbatini aniqlang.
A) 1-gapda majhul nisbat, 2-gapda o'zlik nisbat
B) 1-gapda o'zlik nisbat, 2-gapda majhul nisbat
C) 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda majhul nisbat
D) har ikkala gapda majhul nisbat
642. Quyidagi shakllardan qaysi bin ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasida faqat ko'makchi fe'lga qo'shiladi?
1) zamon; 2) nisbat; 3) fe'lning vazifa shakllari;
4) shaxs-son; 5) bo'lishsizlik
A) 2,4,5 B) 3,4,5 C) 1,2,4
D) 1,3,4
643.1. Gul ochildi. 2. Yig'ilish ochildi.
Ushbu gaplardagi fe'llarning nisbatini aniqlang.
A) 1-gapda o'zlik nisbat, 2-gapda majhul nisbat
B) 1-gapda majhul nisbat, 2-gapda o'zlik nisbat
C) 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda majhul nisbat
D) har ikkala gapda majhul nisbat
644. Bu gapni eshitib, Bahromning ko'zi charaqlab ketdi.
Ushbu gapdagi fe'llar qaysi javobda to'g'ri izohlangan?
A) 3 ta ravishdosh shaklidagi mustaqil fe'l, 1 ta ko'makchi fe'l
B) 2 ta ravishdosh shaklidagi mustaqil fe'l, 1 ta ko'makchi fe'l
C) 2 ta ravishdosh shaklidagi mustaqil fe'l, 1 ta qo'shma fe'l
D) 3 ta ravishdosh shaklidagi mustaqil fe'l, 1 ta qo'shma fe'l
645. Fe'l asosiga zamon va shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilan shakllanadigan maylni belgilang.
A) xabar
B) sharfc
C) buyruq-istak
D) Barcha fe'l mayllari zamon va shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilan shakllanadi.
646. Quyidagi shakllardan qaysi biri kelasi zamon hosil qiladi?
1) -(a)y; 2) -(a)r; 3) -di; 4) -moqda; 5) -ajak; 6) -gandi; 7) -moqchi
A) 2, 3, 6, 7 B) 3, 5, 6, 7 C) 1, 4, 5, 7 D) 1, 2, 5, 7
647. Ikkita mustaqil fe'l asosining birikishidan hosil bo'lgan so'zlarni aniqlang.
A) chaqirib kelmoq, qaytarib olmoq
B) aytib yubormoq, kulib qo'ymoq
C) kelishib olmoq, oqib kelmoq
D) tuzatib qo'ymoq, ko'rib qolmoq
648. Otasini hovlining chekkasidagi zax uyga ko'chirdi.
Ushbu gapdagi fe'lning nisbatini aniqlang.
A) aniq nisbat B) o'zlik nisbat C) majhul nisbat D) orttirma nisbat
649. Qaysi qatorda aqliy faoliyat fe'llari keltirilgan?
A) faomiamoq, pichirlamoq, ma'qullamoq
B) Gkrlamoq, sevinib ketmoq, chaqirmoq
C) ijod qilmoq, tushunmoq, o'ylanmoq
D) imzolamoq, susaymoq, sergaklanmoq
650. Qaysi qatordagi fe'llar tarkibida munosabat shakllari qo'llangan?
A) ko'rding, chiqsin, qichqirmoqda
B) ko'paydi, kelayotgan, kiyininoq
C) o'ylandim, ketguncha, kiribsan
D) aytgani, kuylashadi, qarasa
651. Fe'lning zamon, shaxs-son qo'shimchalarisiz qismi ...
A) o'tgan zamon shakli sanaladi
B) fe'lning noaniq shakli sanaladi
C) sof fe'l shakli sanaladi
D) buyruq-istak mayli shakli sanaladi
652. Qaysi qatorda shaxs-son shakllarining xususiyatlari noto'g'ri ko'rsatilgan?
A) harakat va holatni bildinivchi shaxsni ko'rsatadi
B) fe'Zni kesim sifatida shakllantiradi
C) fe'1-kesimni ega bilan bog'lab keladi
D) ismlarni kesimlik shakliga xoslaydi
653. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildinivchi fe'l shakllari qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan?
A) -gach, -t, -ir, -n, -i
B) -gnncha, -la, -in, -il, -gan
C) -gach, -guncha, -gani, -ib
D) -in, -t, -ir, -ish, -il
654. 1. Salim uyga borguncha yo'1-yo'lakay gapirib ketdi. 2. O'g'li bir yoshligidayoq gapirib ketdi. Ushbu gaplardagi gapirib ketdi birligi qaysi javobda to'g'ri tahlil qilingan?
A) bar ikkalasi ko'makchi fe'lli so'z qo'shihnasi
B) birinchisida qo'shma fe'l, ikkinchisida ko'makchi fe'lli so'z qo'shihnasi
C) birinchisida so'z birikmasi, ikkinchisida ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi
D) birinchisida ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi, ikkinchisida qo 'shma fe '1
655. Qaysi qatorda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi berilmagan?
A) haydab yubormoq, to'kib solmoq
B) jo'shib kuylamoq, qaytarib olmoq
C) kelisha olmoq, chiqara bilmoq
D) tebranib bormoq, qarab qo'ymoq
656. Qaysi gapda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasining yetakchi qismi qo'shma fe'ldan tuzilgan?
A) Uyga tez-tez qo'ng'iroq qilib tur.
B) Akasi bor gapni aytdi-qo'ydi.
C) U gapni aytib bera olmay qoldi.
D) Akbar o'rtog'iga tura solib tashlandi.
657. Qaysi gapda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi ishtirok etgan?
A) Karim darsga ataylab kelmadi.
B) Quyosh ko'kdan mo'rnlnh r/arar.
C) U to'nini yelkasiga tasblagan liolda kcchasi bilan yurib chiqdi.
D) Salim ota yuqoriga charchab, hansirab chiqdi.
658. Qaysi gapdagi ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasining ko'makchi qismi bitta so'zdan iborat emas?
A) Malika ko'rganini oqizmay-tomizmay gapirib berdi.
B) U borini bilib-bihnay sovurib yubordi-ku!
C) Qo'shnisi buni bilsa-da, indamay-netmay qo*ya qoldi.
D) Uiar ba'zi-ba'zida kirib-chiqib turishadi.
659. Quyidagilardan qaysilar fe'lning munosabat shakllari hisoblanadi?
1) shaxs-son; 2) o'timli-o'timsizlik; 3) zamon; 4) bo'lishli-bo'lishsizlik; 5) vazifa shakli; 6) mayl A) 1,2,6 B) 2,3,4,5 C) 1,3,6 D) 2, 4, 5, 6
660. Qaysi gapda o'tgan zamon sifatdoshi qatnashmagan?
A) Salima yaxshi dars tayyorlagani uchun maqtovga sazovor bo'ldi.
B) Bolalar o'ynab kelgani ko'chaga chiqdi.
C) Shuncha o'qisa ham, lining bilganidan bilmagani ko'p ekan.
D) Yaxshi o'qigani uchun u mukofotlandi.
661. Qaysi qatorda bo'lishsizlik shakli orqali davomiy bo'lishsizlik ma'nosi ifodalangan?
A) U darslarini tayyorlamay qo'ydi.
B) U darslarini tayyorlab qo'ymadi.
C) U darslarini tayyorlamay qo'ymadi.
D) Barcha javoblarda davomiy bo'lishsizlik ifodalangan.
662. Faqat ko'makchi fe'l vazifasini bajaruvchi fe'llar berilgan qatorni aniqlang.
1) bo'l 2) qil 3) boshla 4) yot 5) tur 6) ko'r 7) chiq 8) yubor 9) yoz 10) tush
A) faqat 1 va 3
B) 4, 5, 6, 7, 8, 10
C) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8
D) bunday fe'llar yo'q
663. Berilgan fellarning qaysilari ko'makchi fel vazifasida kela olmaydi?
A) yoz, tush
B) qara, boq
C) o'tir, tashla
D) barchasi ko'makchi fe'l vazifasida kela oladi
664. Yasama fe'l ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Shabada endigina qad ko'targan yosh nihollarni tebratar edi.
B) Xohda gulzorga chiqmoqchi edi, oyisi to'xtatdi.
C) Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, -dedi Kamol.
D) Berilgan gaplarda yasama fe'l mavjud emas.
665. -(a) r qo'shimchasi bilan fe'lning xoslangan shakllaridan qaysi bin hosil qilinadi?
A) sifatdosh
B) ravishdosh
C) harakat nomi
D) harakatning holatini anglatuvchi ravishdoshlar
666. Fe'lning noaniq shakli tarkibida qanday qo'shimchalar bo'lishi mumkin?
A) zamon shaklini hosil qiluvchi qo'shimchalar
B) mayl shaklini hosil qiluvchi qo'shimchalar

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə