1. Qaysi qatorda ng tovushi ishtirok etgan so'zlar berilgan?



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə5/19
tarix23.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#157323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
ONA TILIDAN TEST SAVOLLARI

C) fe'l, ot, sifat D) ot, fe'l
437. Odobli va adolatli inson qo'lidagi qalam baxt-saodat uchun xizmat qilib yurgan odamlarni zavqlantiradi, bir-biriga yaqinlashtirib, do'stlikni mustahkamlaydi.
Berilgan gapdagi sodda fe'llar qaysi turkumdan
yasalgan?
A) sifat, ot B) sifat C) ot
D) ot, sifat, ravish
438.Pastaa esa odamni oqizadigan katta suv xarsanglarga urilib, shovullab oqyapti.
Berilgan gapdagi yasama so'z qanday sintaktik vazifani bajargan?
A) aniqlovchi B) to'ldiruvchi C) hol D) kesim
439. Qaysi gapda sifatdan yasalgan fe'l bor?
A) Bir-birimiz bilan tezda eski qadrdonlardek suhbatlashdik.
B) Peshonangiz devorga qarsillab urilgandan key'm esingiz kiradi.
C) Ko'klam. Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda.
D) Dunyoda pok odamlar qanchalik ko'paysa, nopok odamlar shunchalik kamayadi.
440. Fe'1+fe'l shaklidagi qo'shma fe'llarni toping.
A) sotib yubormoq, olylab qolmoq
B) olib qochmoq, ishlab chiqarmoq
C) quvonib keldi, shoshirib qo(ydi
D) isib ketdi, yozib bordi
441. n Qaysi so'zda so'z yasovchi qo'shimcha sintaktik shakl yasovchidan keyin qo'shilgan? A) o'zicha B) eskicha C) ko'nikma D) atroflicha
442.Choyxonachi patnisda non bilan qand-qurs, kabobpaz kabob olib keldi. Ushbu gapdagi mustaqil so'zlar sonini aniqlang. A) 9 B) 7 C) 8 D) 6
443.To'qiikda ochlikni o'yla, boyiganda muhtojlikni. Ushbu gapdagi yasama so'zlar sonini aniqlang. A) 5 B) 4 C) 3 D) 2
444.Qaysi qatorda sifatning orttirma darajasi yasama sifatdan hosil qilingan?
A) Qorboboning ko'm-ko'k ko'zlarida rango-rang lampochkalarga mahliyo bo'hb turgan bolalarni ko'raman.
B) Qirg'ovul O'rta Osiyodagi eng chiroyli qushlardan biridir.
C) Hovli ham, uy ham bo'm-bo'sh, hamma yoq suv quygandek jimjit edi.
D) Barcha javoblar to'g'ri
445. Qaysi gapda so'z yasovchi qo'shimchani qo'llash bilan bog'liq xatoga yo'l qo'yilgan?
l.Buqrotdan so'radilar: "Baodob bilan noodobning o'rtasidagi farq nimadaT"
2.Bir hakimdan: "Ko'rkam, yaxshi xulqdor kishi kim?"-deb so'radilar.
3.Vatanning meni jon-u taiiim, sajdagohimdir.
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,3 D) 2,3
446. Qaysi misollarda so'z yasovchi qo'shimcha shakl yasovchi qo'shimcha bilan omonimlik (shakldoshlik) hosil qilgan?
1) qalamdon, bilimdon 2) toshqin, jo'shqin 3)
kelinchak, erinchak 4) qo'llanma, gapirma
A) 1,2 B) 3,4 C) 1,3,4 D) 1,2,3,4
447.Gapirganda ovozi xuddi ichidan chiqqanday guldurab, jaranglab eshitiladi. Ushbu gapda nechta yasama fe'l bor va ular qaysi so'z turkumlaridan hosil bo'lgan?
A) 3 ta, ot va taqlid so'zdan
B) 2 ta, ot va taqlid so'zdan
C) 3 ta, ot, taqHd so(z va undov so'zdan
D) 2 ta, ot va fe'ldan
448.Azizlar! Bir kuni kelib afsus-nadomatning zahar-zaqqum sharobini ichmaslik uchun qo'lning kiri bo'lgan mol-mulkni insoniy qadr-qiymatdan
yuqori qo'ymaylik.
Ushbu gapda juft so'zlar qanday gap bo'lagi
vazifasida kelgan?
1) vositali to'ldiruvchi 2) vositasiz to'ldiruvchi
3) sifatlovchi aniqlovchi 4) qaratqich aniqlovchi 5) ega 6) kesim
A) 1, 2, 4 B) 1,2,3,4 C) 1, 2, 4, 6 D) 1,2,4,5
449.Barcha maqtanchoqlarning birdan-bir qismati shuki, ular ertami, kechmi pand yeyishadi. Ushbu gapda ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan qaysi gap bo'lagini izohlab kelgan?
A) egani B) kesimni C) to'ldiruvchini D) aniqiovchini
450. Sodda yasama fe'llar so'z yasovchi qo'shimchalar
yordamida qaysi so'z turkumlaridan yasalishi
mumkin?
1) otlardan; 2) fe'llardan; 3) ravishlardan;
4) olmoshlardan; 5) sifatlardan
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 5 C) 1,3,4,5 D) 2, 2, 5
451.Ota-bobolarimiz hamisha astoydil olg'a intilganlar.
Ushbu gapda qo'llangan ravishning ma'no turini aniqlang.
A) o'rin ravishi B) payt va holat ravishari
C) holat, o'rin va payt ravishlari
D) o'rin va payt ravishlari
452. Taqlid so'zlardan ko'proq qaysi turkuradagi
so'zlar yasaladi?
A) sifat B) ot C) fe'l
D) taqiid so'zlardan so'z yasalmaydi
453.Vatan tuyg'usi - bu ozod xalqning munosib farzandi, mustaqil mamlakatning fidoyi fuqarosi bo'lmoqqa intilish tuyg'usidir.
Ushbu gapdagi qo'shimchalar turi va miqdorini toping.
A) 3 ta so'z yasovchi, 2 ta lug'aviy shakl yasovchi, 8 ta sintaktik shakl yasovchi
454. Qaysi qatordagi gapda yasama so'z qo'llangan?
D) Choi daryo yoqasiga baliq ovlagani ketibdi.
455.Qaysi qatordagi narsa oti yasovchi qo'shimchalar omonimlik (shakldoshlik) xususiyatiga ega? A) -g'ich, -don, -gi, -ma
456.1) sayroqi-tutatqi 2) otashin-g'ishtin 3) qishlik-yoshlik 4) chizg'ich-yulg'ich 5) oqshomgi-sezgi 6) erinchoq-maqtanchoq Berilgan juftliklarning qaysilarida ot va sifat yasovchi oinonim (shakldosh) qo'shimchalar ishtirok etgan? A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 4, 5
D) barchasida omonim qo'shimchalar ishtirok etgan
457.Chin do'st uldirkim, do'stidan hech qachon
ranjimaydi, agar xafa bo'lsa ham, uzrini qabul
qiladi.
Ushbu gapda nechta yasama fe'l bor?
A) 1 ta B)2ta C)3 ta
D) yasama fe'l mavjud emas
458. Bilimdon, madaniyatli odam bilan johil, nodon, savodsiz o'rtasida katta farq bor. Bu dunyoning go'zalligi, boyligi, betakror saxovati ilm-hunar, san'at tufayUdir.
Ushbu gaplarda so'z yasovchi qo'shimchalar soni nechta?
A) 6 ta B) 7 ta C) 8 ta D) 9 ta
459.Qanday so'zlar vazifadosh bog'lovchilar bo'lishi mumkin?
1) ko'makchilar; 2) yuklamalar; 3) modal so'zlar;
4) taqlid so'zlar; 5) bog'lovchilar
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 1,2,3 D) 1,2
460.Gap bo'laklari va gaplarni tobelantirib bog'lovchi, ular orasidagi shart ma'nosini ifodalovchi bog'lovchini toping.
A) ya'ni B) negaki C) garchi D) balki
461.Binobarin so'zi qaysi so'z turkumiga oid so'z hisoblanadi?
A) ko'makchi B) yuklama
C) modal so'z D) ravish
462. Yashil bo'yoq bilan bo'yalgan, ust tomoni qayrilgan o'ymakor panjarali, katta va og'ir darvozaga yetganda, yigitning yuragi bir oz o'ynab ketdi. Ushbu gapda fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan yasama so'zlar soni nechta? A) 1 ta B) 2 ta C)3ta
D) fonetik qoida asosida yozilgan yasama so'z mavjud emas
463.-(a) r qo'shimchasi bilan yasalgan sifatdoshlardan sifatdoshning bo'lishsiz shakli hosil qilinganda qanday fonetik o'zgarish vujudga keladi?
A) tovush almashinishi
B) tovush tushishi
C) tovush orttirilishi
D) tovush ofzgarishi sodir bo'lmaydi
464.Qaysi qatordagi yasama so'zda so'z yasovchi shakl yasovchidan so'ng joylashgan? A) kesatmoq B) qaqshatqich C) buyruq D) torayish
465.Quyidagi qaysi so'zlar bir asosdan yasalgan?
1. botiniy 2. botir 3. botiq 4. botqoq 5. botartib 6. botmon
A) 3,4 B) 1,2,3 C) 2,3,5 D) 1,3,4,6
466.Mehmon jiddiylashdi, nimanidir isbotlamoqchiday bir keskin gapirdi. Ushbu gapdagi yasama so'zlar miqdorini toping. A) 4ta B) 3ta C) 2 ta D) 5 ta
467.Quyidagi gapda nechta yasama so'z qo'llangan? Atirgul ushlagan og'iroyoq ayolga boqib, to'g'risi, bolalarcha sodda xayollar olamiga sho'ng'ib, uning sevinch to'la nigohidan ertakdagi baxt malikalarining porloq orzularini his etdim. A) 6ta B) 3ta C) 5 ta D) 7 ta
468.Qaysi qatordagi so'zlar fe'lning nisbat shakliga qo'shimcha qo'shish orqali hosil bo'lgan?
A) o'roq, tugma, qirg'ich
B) o'chirg'ich, qurilma, achitqi
C) tishkovlagich, yutuq, suzma
D) barcha so'zlar
484. chog'li, bo'ylab kabi ko'makchilar qaysi Kelishik shaklidagi so'zlarga qo'shiladi?
A) bosh kclishigidagi
B) qaratqich kelishigidagi
C) jo'nalish kelishigidagi
D) chiqish kelishigidagi
485.old, ost, ust singari vazifadosh ko'makchilar qaysi kelishik shaklidagi so'zlarga qo'shiladi? A) bosh kelishigi B) qaratqich kelishigi C) jo{nalish kelishigi D) chiqish kehshigi
486.-gina qo'shimchasi qaysi turkumga oid so'zlarga qo'shilib, ma'noni kuchaytirish, erkalash, ta'kidlash uchun ishlatiladi? A) ot, si fat, ravish, fe'J B) ot, ravish, sifat C) ot, sifat D) faqat otlarga
487.Ismlarning munosabat shakllari qaysi javobda noto'g'ri ko'rsatilgan?
A) ismlarning egalik shakli
B) ismlarning ko'plik shakli
C) -man, -san, -dir qo'shimchalari
D) bo'lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so'zlari
488.Turlanish nima?
A) ismlarning egalik qo'shiinchalari bilan o'zgarishi
B) ismlaming kelishik qo'shimchalari bilan o'zgarishi
C) ismlarning egalik va kelishik qo'shimchalari bilan o'zgarishi
D) ismlarning ko'plik qo'shimchasi bilan qo'Uanishi
489.Jo'nalish kelishigi qo'shimchasini olgan so'zlar gapda qanday bo'lak vazifasini bajaradi?
A) vositali to'ldiruvchi, o'rin holi, payt holi
B) vositali to'ldiruvchi, o'rin holi
C) faqat vositali to'ldiruvchi
D) vositali to'ldiruvchi, o'rin holi, vaziyat holi
490.Qaysi qo'shimchaiar so'zlarning munosabat shakllarini hosil qiladi?
A) ko'plik, kichraytirish va erkalash qo'shimchalari
B) egalik, kelishik, -man, -san, -dir qo'shimchalari
C) fe'l nisbatlari va fe'l zamonlari qo'shimchalari
D) berilganlarning barchasi so'zlarning munosabat shakllarini hosil qiladi.
491.Qaysi qatordagi gapda egalik qo'shimchasi qo'llangan?
A) Kechasi ishlaydi, kunduzi uxlaydi.
B) Oradan ikki kun o'tgandan key in Tesha Saidiyning hujrasiga keldi.
C) Tuni bilan mijja qoqmadi.
D) Berilgan gaplarning barchasida egalik qo'shimchasi mavjud.
492.Bola boshini qo'llan orasiga qo'yib, Boysun tog'i uzra charx urayotgan bulutlarga qarab jim qoldi. Ushbu gapda nechta o'rinda fe'lning vazifa shakllari qo'llangan? A) 4 B) 2 C) 5 D) 3
493. Ismlarning lug'aviy shakllari qo'llangan javobni belgilang.
A) kitobning, kitobim, o'quvchilar
B) uycha, odamlar, oyyon, quyoshdek
C) daftarcha, koptokka, qalamim
D) farzandmiz, bolam, mushukcha
494. Ismlarning munosabat shakllarini toping. 1) -lar; 2) -im; 3) -imiz; 4) -jon; 5) -da; 6) -cha; 7) -dir; 8) -man; 9) -ga; 10) –day
A) 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 4, 6, 8, 10
C) 2, 3, 5, 7, 8, 9 D) 6, 9, 10
495. Ismlarni kesim sifatida shakllantiruvchi va ega bilan munosabatini ifodalovchi qo'shimchalarni toping.
A) -cha, -iar, -man
B) -ga, -da, -dan
C) -dir, -day, -dek
D) -man, -san, -dir
496. -ch qo'shimchasi qaysi qatordagi so'zlardan ot yasaydi?
A) jirkan, tin, sevin B) ishon, tayan, quvon
C) o'tin, shoshil, aya D) qo'rq, tin, quvon
497. Bosh kelishikdagi so'z yoki otli birikma bilan
ifodalanadigan bir tarkibli gap qanday
nomlanadi?
A) to'liqsiz gap B) atov gap C) so'z – gap D) kiritmalar
498.Otlar qanday so'roqlarga javob bo'ladi? A) kim? nima? B) kim? nima? qayer? C) kim? nima? qaysi? D) kim? nima? qayer? qaysi?
499.Borish-kelish qilmaysiz, kimdan qoldi ko'nglingiz.
Ushbu gapdagi juft so'z qaysi so'z turkumiga xos va uning sintaktik vazifasini aniqlang. A) ot, to'ldiruvchi B) ot, ega
C) harakat nomi, ega
D) harakat nomi, to'ldiruvchi
500.Tub otlar berilgan qatorni toping.
C) qalpoqcha, do'stlarimizga, zavqini
D) g'azalxonlar, ijodkorlik, qo'lqop
501. Yasama otlar berilgan qatorni toping.
D) g'azalxonlar, ijodkorlik, qo'lqop
502. Qaysi qatorda narsa otlarini yasovchi qo'shimchaiar berilgan?
A) -gi, -k -don, -gich
B) -ma, -boz, -kor, -g'ich
C) -indi, -goh, -im, -hk D) -oq, -g'i, -gar, -ak
503. Qaysi qatorda faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlar berilgan?
A) chorvachilik, tanlov, chopiq, loygarchilik, terim
B) ezmalik, terim, baxt, hunar, qalam
C) chaquv, umum, xayol, yalqovlik, guzar
D) xayrlashuv, serobgarchihk, hayot, go'zallik, hasad
504. Bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma'noli asoslardan tarkib topgan otlar ...
A) qo'shma otlardir B) juft otlardir
C) takroriy otlardir D) qo'shma yoki juft otlar bo'la oladi
505. Qismlari mavhum otlardan iborat bo'lgan juft otlar qaysi qatorda berilgan?
A) yig'im-terim, kam-ko'st, huzur-halovat
B) orzu-armon, ko'cha-ko'y, savdo-sotiq
C) kuch-g'ayrat, his-tuyg'u, aql-idrok
D) fan-fcexni/ca, arzon-garov, odob-axloq
506. Asosga qo'shilib, qo'shimcha ma'no hosil qiluvchi qo'shimcha qanday qo'shimcha sanaladi?
A) so'z yasovchi qo'shimcha
B) lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha
C) sintaktik shakl yasovchi qo'shimcha
D) munosabat shakllari
507. Faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlarni aniqlang.
A) taniov, qaysarlilc, uyqu
B) ipakchilik, sinov, terim
C) faiokat, muhtojlik, qurilma
D) xayrlashuv, namgarchilik, mahalla
508. Shu sevinch, ikkovlariga ham kuch-g'ayrat, dadillik baxsh etgandek bo'ldi. Ushbu gapda mavhum otlar sonini aniqlang. A) 3 B) 4 C) 5
509. Mavhum otlarni toping.
A) qo'rqinch, odamiylik, tarovat
B) ishonch, dehqonchilik, haqiqat
C) suyanch, duradgorlik, samimiyat
D) yupanch, ustachilik, qabohat
510. O'rin-joy ma'nosini bildiruvchi otlarni aniqlang.
A) mahalla, bostirma, bezak
B) ko'cha, guzar, shahar
C) qishloq, to'plam, toshloq
D) tugma, achitqi, qamishzor
511. Quyidagi birikmalardan qaysilarida shaxs yoki narsaga qarashlilik ma'nosi ifodalanmagan?
A) ozodlik qadri, ona mehri
B) Toshkent ko'chalari, mahalla idorasi
C) Mustaqillik bayrami, o'qish kitobi
D) erk tuyg'usi, Hon zahri
512. Ismlarning munosabat shakllaridan qaysi biri faqat hokim qism tarkibda qo'llanadi?
A) kelishik shakllari
B) shaxs-son shakllari
C) ismlarni kesimga xoslovchi shakllar
D) barcha javoblar to'g'ri
513. Ismlarning munosabat shakllaridan qaysi biri faqat tobe qism tartibida qo'llanadi?
A) kelishik shakllari
B) egalik shakllari

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə