1. Qaysi qatorda ng tovushi ishtirok etgan so'zlar berilgan?



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə6/19
tarix23.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#157323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
ONA TILIDAN TEST SAVOLLARI

C) shaxs-son shakllari
D) barcha javoblar to'g'ri
514. Ismlarning qaysi qo'shimchaiar bilan o'zgarishi turlanish deyiladi?
A) keHshik qo'shimchalari
B) egaiik qo'shimchalari
C) shaxs-son qo'shimchalari
D) egalik va kelishik qo'shimchalari
515. Quyida berilgan she'rda nechta ot turkumiga mansub so'z qo'llangan?
O'zbekiston - go'zal diyor,
Saodatga mehnati yor,
O'zgacha bir hikmati bor,
Halollikka aytar alyor.
A) 8 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 5 ta
516. U bexosdan kelib, yigitning belidan oldi-da, chirpirak qilib uloqtirib yubordi, yigit gandiraklab borib, tizzalab qoldi.
Ushbu gapda qaysi turkumga mansub yasama so'zlar mayjud?
A) ot, fe'l
B) ravish, ot, fe'l
C) ravish, fe'l, fe'l
D) ravish, sifat, fe'l
517. Odamlar baravariga qarsak chalishar, Alimardonning raqibini olqishlashardi.
Ushbu gapda qaysi turkumga mansub yasama so'zlar mavjud?
A) ravish, ot, fe'l B) ot, fe'l C) ot, ot, fe'l D) ravish, fe'l
518. Ko'chada, xiyobonlarda baqir-chaqir, yugur-yugur, ur-yiqit boshlanib ketgan edi. Ushbu gapdagi otlar sonini aniqlang.
A) 4 B) 3 C) 5 D) 2
519. Qaratqich kelishigi quyidagilardan qaysi biriga qo'shilganda belgili qo'llanadi?
1) turdosh otlar; 2) atoqli otlar; 3) olmoshlar; 4) sifatdoshlar; 5) mavhum otlar A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 1,2,5 D) 2,3,5
520. Yaxshi tarbiya ko'rgan odam ... xislatlari ... biri shuki, bunday odam o'z faoliyati ... boshqalar ... bir qadam oldin ... o'tsa, sheriklari ... yordam qo'li... uzatadi, safi ... kengaytirib, yangi g'alaba ... ko'zlaydi.
Ushbu gapda nuqtalar o'rnida ishlatilishi kerak bo'lgan qo'shimchalar tartibi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
A) -ni, -dan, -da, -dan, -ga, -ga, -ni, -ni, -ni
B) -ning, -dan, -da, -dan, -ga, -ga, -ni, -ni
C) -ning, -dan, -da, -dan, -ga, -ga, -ni, -ni, -ni
D) -ning, -dan, -da, -dan, -ga, -ni, -ni, -ni, -ni
521. Yomon bilan yo'ldosh bo'lsang, yomondan burun o'lasan,
Yaxshi bilan sirdosh bo'lsang, yaxshilik bilan unasan.
Ushbu maqolda nechta sifat otlashib kelgan?
A) lta B) 2ta C) 3ta D) 4ta
522. Qaysi qatorda ot va fe'l yasovchi omonim (shakldosh) qo'shimchalar berilgan?
A) tilak, kechik
B) yugurik, ko'zik
C) ko'rik, birik
D) barcha javoblar to'g'ri
523. Berilgan misollaraing qaysi birida ot va sifat yasovchi qo'shimchalar orasida shakldoshlik (omonimlik) hodisasi yuz bermagan?
A) chiziq-tiniq, sezgi-qadhngi
B) bosqin-sotqin, qirg'in-so'lg'in
C) otashin-yashirin, tilak-elak
D) barchasida ot va sifat yasovchi qo'shimchalar o'zaro omonimlik hosil qilgan
524. O'rin-payt kelishigi qo'shimchasi qo'shilgan otlar gapda qanday vazifada kelishi mumkin?
A) o'rin holi B) payt holi, o'rin holi C) to'ldiruvchi D) o'rin holi, payt holi, to'ldiruvchi
525. Qaysi kelishik qo'shimchasi shaxs va narsa otlariga qo'shilganda ular gapda to'ldiruvchi vazifasida keladi?
1) tushum kelishigi; 2) .jo'nalish kelishigi;
3) o'rin-payt kelishigi; 4) chiqish kelishigi
A) 1 B) 1, 2, 4 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4
526. Quyida sanalgan ma'nolardan qaysilari olmalarni so'zining atash ma'nosi hisoblanadi?
1) "mevali daraxt" ma'nosi; 2) "olma daraxti mevasi" ma'nosi; 3) "ko'plik" ma'nosi; 4) "kelishik" ma'nosi
A) 1,2 B) 2,4 C) 1,4 D) 3,4
527. Quyida sanalgan ma'nolardan qaysilari olmalarni so'zining grammatik ma'nosi hisoblanadi?
1) "mevali daraxt" ma'nosi; 2) "olma daraxti
mevasi" ma'nosi; 3) "ko'plik" ma'nosi;
4) "kelishik"ma'nosi
A) 1,2 B) 2,4 C) 1,4 D) 3,4
528. So'zlarning grammatik ma'nolarini ifodalovchi grammatik shakllar tilshunoslikning qaysi bo'limida o'rganiladi?
A) morfoiogiyada B) leksikologiyada C) sintaksisda D) fonetikada
529. Grammatik ma'no qaysi qo'shimchalarni so'z asosiga qo'shish orqali vujudga keltiriiadi? l)so'z yasovchi; 2)lug'aviy shakl yasovchi; 3)sintaktik shakl yasovchi
A) 1 B) 1,2 C) 2,3 D) 3
530. Iste'dodli shoirlar: Suvon Soqiy, Israoil To'xtamishev, Rustam Musurmon, Sharofat Ashurova, Rustam Ochil va boshqa ijodkorlar yangi-yangi she'rlari bilan kitobxonlar qalbiga kirib bormoqdalar.
Ushbu gapda nechta shaxs oti ishtirok etgan hamda ularning nechtasi yasama hisoblanadi?
A) 3 ta shaxs oti ishtirok etgan, ulardan 2 tasi yasama
B) 5 ta shaxs oti ishtirok etgan, ulardan 2 tasi yasama
C) 5 ta shaxs oti ishtirok etgan, ulardan 5 tasi yasama
D) 8 ta shaxs oti ishtirok etgan, ulardan 7 tasi yasama
531. Osmon mo'tabar otaxonlarimiz va onaxonlarimizning duolari singari oppoq va dilga yaqin.
Ushbu gapda nechta lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar ishtirok etgan? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
532. Endilikda ma'lumki, o'simliklar asosiy ozuqani quyosh nuri va havodan oladi.
Ushbu gapdagi ot so'z turkumiga mansub so'zlar
sonini toping.
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
533. To'g'rilik bilan xiyonat, yolg'on bilan diyonat chiqisha olmaydi.
Ushbu gapdagi mavhum otlar sonini va gapdagi vazifasini toping.
A) 4 ta, to'ldiruvchi va ega vazifasida
B) 3 ta, barchasi ega vazifasida
C) 3 ta, to'ldiruvchi va ega vazifasida
D) 4 ta, barchasi ega vazifasida
534. Ma'naviyat insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir.
Ushbu gapda nechta o'rinda ot turkumiga
mansub so'z qo'llangan?
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
535. Farzandlari sog'lom yurt qudratli bo'ladi, qudratli yurtning farzandlari sog'lom bo'ladi. Ushbu gapda nechta o'rinda sifat turkumiga mansub so'z qo'llangan?

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə