1. Neft va tabiiy gazning guruh tarkibi. Neft tarkibida uchraydigan tо‘yingan uglevodorodlar



Yüklə 390,11 Kb.
səhifə3/3
tarix26.05.2023
ölçüsü390,11 Kb.
#113091
1   2   3
aaa

Kreking (parchalanish).
Riforming.
Kreking mohiyati - neftning yirik molekulalarini maydaroq molekula-larga parchalash. Krekinglash jarayoni 2 xil bо‘ladi;
termik kreking: uglevodorodlarning 470-540°C da va bosim 2-7 Mpa da parchalanishi (5000C temperatura va yuqori bosim);
katalizatorlar ishtirokidagi katalitik krekingdir.
Katalitik kreking katalizator alyumosilikat, alyumokobalt molibden va boshqa katalizatorlar yordamida, temperatura 450-500°C da bosim 0,06-0,14 Mpa da molekulyar massasi kichik bо‘lgan uglevodorodlarga parchalanishidir.
Katalitik krekingda og‘ir neft mahsulotlari gazoildan tortib mazutni qayta ishlab 8-15% gacha benzin olish mumkin.
C2nH4n+2 = CnH2n+2 + CnH2n
Masalan, C16H34 => C8H!8 + C8H16
geksadekan oktan okten
Termik kreking benzin tarkibida tо‘yinmagan uglevodorodlar borligi bilan tо‘g‘ri haydalgan benzindan farq qiladi, bu benzinni uzoq vaqt saqlab bо‘lmaydi, chunki vaqt о‘tishi bilan undagi tо‘yiimagan uglevodoroddar oksidlanib smolalar hosil qiladi. Katalitik krekingda yuqori sifatli (oktan soni motor usulida 72-82) benzin olish imkoniyatini beradi. Katalitik krekingda parchalanish reaksiyalari bilan birga izomerlanish reaksiyalari, ya’ni normal tuzilgan zanjirli uglevodorodlarning tarmoqlangan uglevodorodlarga aylanish reaksiyalari ham sodir bо‘ladi. Bundan tо‘yinmagan uglevodorodlar ham kamroq hosil bо‘ladi.
Nazorat savollari
1. Neft tarkibidagi uglevodorodlar kimyoviy strukturasi bо‘yicha qanday guruhlarga bо‘linadi?
2. Alkanlar о‘zining kimyoviy strukturasiga qarab necha xil izomerlar hosil qiladi?
3. Termik kreking qanday sharoitlarda amalga oshiriladi?
4. Katalitik krekingda qanday katalizatorlar qо‘llaniladi?
5. Aromatik uglevodorodlarni neftekimyo sintezida ishlatilishi.
6. Neftni qayta ishlashda hosil bо‘ladigan tо‘yinmagan uglevodorodlar.

E’TIBORINGIZ UCHUN

RAHMAT!


Yüklə 390,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə