1. Neft va tabiiy gazning guruh tarkibi. Neft tarkibida uchraydigan tо‘yingan uglevodorodlar


Neft tarkibida uchraydigan naftenlar hamda aromatik uglevodorodlar



Yüklə 390,11 Kb.
səhifə2/3
tarix26.05.2023
ölçüsü390,11 Kb.
#113091
1   2   3
aaa

Neft tarkibida uchraydigan naftenlar hamda aromatik uglevodorodlar

Naften uglevodorodlar, kimyoviy formulasi: CnH2n.
Bu uglevodorodlar siklik strukturaga ega. Ular parafin uglevodorodlardan 2 ta vodorod atomi kamligi bilan farq qiladi. Siklopentan Siklogeksan
Naften uglevodorodlar parafin va aromatik uglevodorodlar oralig‘ida turadi, shuning uchun ularning benzin tarkibida bо‘lishi uning qoniqarli ishlashini ta’minlaydi. Naften uglevodorodlar normal-parafin uglevodorodlarga qaraganda yuqori temperaturada qaynaydi va yuqori temperaturada oksidlanishiga qarshi moyilligi ham kuchli. Naften ugdevodorodlarning yengil fraksiyalari qotish temperaturasi past bо‘lganligidan qishki sort dizel yonilg‘isi tarkibinnng asosiy qismini tashkil etadi. Naften uglevodorodlarning og‘ir fraksiyalarining qovushqoqligi va kimyoviy barqarorligi yuqori bо‘lganligi uchun asosan (50-80%) motor moylarining asosini tashkil etadi.
Aromatik uglevodorodlar, umumiy formulasi: CnH2n-6 , CnH2n-12
Azotli hamda oltingugurtli birikmalar
Azotli birikmalar - neft’ mahsulotlari tarkibida deyarli juda kam miqdorda, asosan smolali-asfalt moddalari kо‘rinishida (0.3 %) uchraydi. Bu moddalar issiq detallarda qurum va lok paydo bо‘lishini kо‘paytiradi.
Neftni qayta ishlashning fizik va kimyoviy usullari mavjud. Neftni birlamchi qayta ishlash usuli (haydash usuli) fizik usul bо‘lib, neft tarki-bidagi uglevodorodlar qaynash temperaturasiga qarab ajratiladi. Qurilma 2 ta asosiy apparatdan - neft qizdiriladigan naysimon pech va rektifikatsiyalash kolonkasidan iborat, bu kolonkada neft fraksiyalarga ajraladi. Naysimon pechning ichida zmeyevik shaklidagi uzun trubali quvur joylashgan. Pech mazut yoki gaz yordamida qizdiriladi. Trubali quvurdan neft tо‘xtovsiz о‘tib turadi. Trubali quvurda neft 320-350°C gacha isib bug‘ va suyuqlik aralashmasi holida rektifikatsiyalash kolonnasiga tushadi. Rektifikatsiyalash kolonnasi balandligi 40 m bо‘lib, uning ichida bir necha qator gorizontal joylashgan teshikli tо‘siqlar - tarelkalari bо‘ladi. Neft bug‘lari kolonnaga tarelka teshiklaridan о‘tib yuqoriga kо‘tariladi. Ular yuqoriga kо‘tarilgan sari asta-sekin sovib, qaynash va kondensatlanish temperaturasiga qarab tarelkalarning birortasida suyuqlikka aylanadi. Qolgan qoldiq mazut deyiladi.
Mazutni moy olish uchun qayta ishlash uni truba pechda vakuum ostida qizdirishdan iborat. Vakuum uglevodorodning parchalanmasligi uchun zarur. Mazut bug‘lari vakuum kolonkasiga tushadi, bu yerdan ular distillyatlarga ajraladi. Bu distillyatlar turli surkov moylari (transformator, separator, industrial, motor, kompressor moylari) olish uchun ishlatiladi.
Haydash usulida juda kam miqdorda 20-30% benzin olinadi va sifati past bо‘ladi (oktan soni 40-50). Neftni haydab olingan benzin miqdori xо‘jali-gining о‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondira olmaydi. Benzin miqdori va sifatini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda qayta ishlashni usuli kimyoviy usuli kо‘llaniladi. Kimyoviy usul 2 xil yо‘nalishdan iborat:

Yüklə 390,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə