1. Muzliklar va ularning turlari Muzlik turlari haqida umumiy ma’lumotlar. Muz qoplash turlari



Yüklə 72,85 Kb.
səhifə8/8
tarix29.11.2023
ölçüsü72,85 Kb.
#141825
1   2   3   4   5   6   7   8
Muzliklarning hosil bo\'lishi va gidrologik rejimi

Morenalar. Muzlik xarakati natijasida yig’ilgan yotqiziqlar morenalar deb ataladi. Bu yotqiziqlar saralanmagan bo’lib, ular tarkibida gildan tortib katta hajmli jinslargacha bo’ladi.
Firn havzasidagi firnning usti doim toza va oppoq; uning ustiga yon-atrofidagi qoyalardan toshlar to’kilib tursada, yangitdan yog’ayotgan qor uni qoplab qoladi. Muzliklar boshlanishda ancha toza bo’ladilar, ammo keyinchalik ularning ustida morenalar to’planib, o’zining oq rangini yo’qotadi.
Muzlik vodiy bo’ylab pastga tushgan sari vodiyning yonbag’ridagi qorlar tobora ozayib boradi va undagi qoyatoshlar ochilib qoladi. Bu qoyalardan goho-goho muzlik ustiga tosh parchalari qulab tushadi. Qulab tushgan tosh parchalarini siljiyotgan muzlik o’zi bilan olib ketadi, uning o’rniga muzlikning toza qismi siljib keladi. Ular ham o’z navbatida tosh parchalar blan qoplanadi. SHu yo’sunda muzlikning chekkalarida mayda va yirik tosh parchalardan iborat uzun jo’yaksimon tizmalar vujudga keladi. Ularning balandligi va kengligi tog’ yonbag’irlarining balandligi hamda morenalarning qanday mahsulotlardan iboratligiga bog’liq. Bu xildagi jo’yaklar chekka morenalar deb ataladi. Vodiyning yoni qanchalik nishab bo’lsa, shuncha ko’p jins bo’laklari muz ustiga qulab tushadi.
Ko’p muzliklar murakkab tuzilgan bo’ladi. Ular alohi-da firn havzalari-dan oqib chiqqan bir necha kichik muzliklarning qo’shilishi-dan hosil bo’ladi. Ikkita muzlikning qo’shilishidan bitta kattaroq muzlik vu-judga kelgach, ular-ning bir-biriga yondosh tarafdagi chekka morenalari ham qo’shilib yangi, murakkab muzlikning o’rta qismida qoladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1 Jo`liev. A.X., Chiniqulov. X. Umumiy geologiya (Oliy o`quv yurtlarining geologiya fakulteti talabalari uchun darslik). Toshkent, «Universitet», 2005.



  1. Chiniqulov Kh. Litologiya (darslik). Toshkent, «Yangi asr avlodi», 2008.

  2. T.V Vlasova.»Materiklartabiiy geografiyasi”.Toshkent, “o’kituvchi” nashrieti, 2000 yil (360-368 betlar)

  3. 2.T.V. Vlasova “Fizicheskaya geografiya materikov” Toshkent, 1986 g

  4. 3.A. Kazakov ,X. Maxsudov.”Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursidan amaliy mashgulotlar va mustakil ishlar”toshkent, “O’kituvchi”nashreti,1992 yil.

  5. A. Kozokov,” okeanlar tabiiy geografiyasi”Toshkent, “Ukituvchi”nashrieti, 1992 yil

Yüklə 72,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə