1-mustaqil ish. Mavzu: O‘z -o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ishlash. Reja



Yüklə 22,66 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü22,66 Kb.
#143357
  1   2   3
1. O`z ustida ishlash


1-MUSTAQIL ISH.


Mavzu: O‘z -o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ishlash.


Reja:
1. O‘z ustida ishlash va o‘z-o‘zini tarbiyalashning psixologik-pedagogik asoslari.
2. O‘z-o‘zini tarbiyalash metod va vositalari.
3. O‘qituvchi irodasi xamda xis-tuygusini tarbiyalash va ularni mustaqil tarbiyalash usullari.
4. Xulosa.


1. O‘z ustida ishlash va o‘z-o‘zini tarbiyalashning
psixologik-pedagogik asoslari.

O‘qituvchi o‘z-o‘zini tarbiyalashi uchun, avvalo o‘zini atroflicha chuqur o‘rganishi, o‘z ishidagi yutuk va kamchiliklarni ko‘ra olishi kerak. O‘z-o‘zni o‘rganish va boshqa kishini anglash uchun xam zarurdir. Boshqa yutuklarni o‘rganmay, o‘zini boshqalar bilan kiyos kilmay turib, o‘zini shaxs sifatida o‘rganish mumkin emas. O‘zini anglash, o‘zini baxolash xususiyati boshqa kishilar bilan munosabat protsessida, birgalikdagi faoliyat vaqtida tarkib topadi.
Pedagogik vazifasi-faqat irodaviy fazilatlar doirasini ko‘rsatib berishdan, ularning muxim axlokiy prinsplari bilan ichki alokasini ochib berishdan tashkari o‘z irodasini o‘zi tarbiyalashga intiluvchi o‘quvchiga yordam berish, irodaviy fazilatlarni rivojlantirishning qanday usullari kam samarador va kaysi birlari jiddiy yordam bermasligini ko‘rsatishdan iboratdir. Agar pedagogik adabiyotda ta’rif-tasvirlanayotgan yoshlar qo‘llayotgan sodda va yasama usullarga e’tibor beradigan bo‘lsak, yana xam muximdir. O‘quvchilardan biri «sabr-toqatini rivojlantirish» uchun kinokomediya ko‘rsatilayotganda kulmaslikka xarakat qildi, kimdir ko‘lini pichoq bilan kesdi yoki kaniz bo‘ylab sayoxat qildi va xakozo? Irodani mustaqil tarbiyalashning ana shu usullari samarasizligi eng avvalo shundaki, o‘spirin bir laxzalik «irodaviy xatti-xarakat» ni amalga oshirib, o‘zining irodasi kuchli ekanligi to‘grisidagi fikrni tasdiklay oladi. Aslida esa irodani kundalik xayotda, o‘qishda va birinchi navbatda uchraydigan kiyinchiliklarni muntazam ravishda bartaraf etish ni tashkil etadi. Buning ustiga mexnat, o‘qish, sport faoliyatining xar bir dakikasi irodani chiniktirish uchun o‘quv, mexnat va boshqa faoliyatni amalga oshirishga xalaqit beradigan bir daqiqalik istaklarni bartaraf etish uchun sharoit yaratadi.
Eng avvalo o‘qituvchi o‘zida pedagogik qobiliyatning qanday xislatlari borligini o‘rganishi kerak. Pedagogik faoliyatga muxabbati yuksak o‘qituvchi ishga chin ko‘ngildan berilib ishlaydi, xech qanday formalizmga yo‘l qo‘ymaydi. O‘z kasbini sevgan o‘qituvchi doimiy ravishda g‘oyaviy-siyosiy saviyasini oshirish va bilim doirasini kengaytiradi, o‘z predmetini chuqur bilish ustida qunt bilan ishlaydi.
Ma’lumki, insoniyat kamolotga chorlovchi imkoniyatlari shunchalik ko‘pki, ularga erishish maksadlari intilishida sabr-toqat bilan o‘z ustida ishlash orqali erishishi mumkinligini tarixiy faktlarda yozamiz.
Buyuk nemis pedagogi D. Disterverg “Xar bir o‘qituvchi o‘z-o‘zini tarbiyalashni o‘z oldiga sharafli vazifa qilib belgilashi lozim” deb aytgan.
Rus pedagogi A.B. Lunacharskiy; «Pedagog o‘zida insoniyat idealini shakllantirishi lozim» - degan edi.


Yüklə 22,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə