1. Mavzu: Xorijda maktabgacha ta`lim fanining predmeti. Jahon mamlakatlari ta’limi taraqqiyotining ayrim masalalari


-Mavzu: Rossiyada  ta`lim tizimi  va turlari



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/71
tarix17.05.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#87175
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
1. Mavzu Xorijda maktabgacha ta`lim fanining predmeti. Jahon ma

8-Mavzu: Rossiyada  ta`lim tizimi  va turlari 

Reja

1.Rossiyada ta`lim tizimining tuzilishi.  



2.Maktabgacha va umumiy  o’rta ta`lim tizimi.  

3.Oliy ta`lim va undan  keyingi  o’qish. 

4.O‘zbekiston Respublikasining  ta’lim sohasidagi   xalqaro aloqalari  va uning 

ahamiyati                      

 

 

 



4.Rivojlangan xorijiy  davlatlardagi  ta’lim  –  tarbiya  va  maktab haqida  yuqorida 

bayon  qilingan  eng  yaxshi  tajribalarni  o‘z  ta’lim  tizimimizda  joriy  qilish 

Respublikamiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin boshlandi.  

 

 Bu sohda bizga YUNISEF, YUNESKO kabi Xalqaro tashkilotlar, xorikiy 



davlatlarning  O‘zbekisgondagi  elchixonalari  amaliy  yordam  bermoqdalar. 

Respublikamizdagi  ta’lim  muassasalari  ta’limni  takomillashtirish  bo‘yicha 

xorijiy davlatlar  bilan hamkorlikning barcha shakllaridan foydalanayotirlar. 

RespublikamIZ  Oliy  majlisining 1 - chakiriq 1X-sesiyasida - ta’limga oid ikki 

muhim  xujjat  —  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonun  «Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi»nyang  qabul  qilinishi  mmamlakat  ta’limini  jahon  andozalariga, 

rivojlangan  xorijiy  davlatlardagi  ta’lim-tarbiya  va  maktab  saviyasiga  olib 

chiqishda ulkan vokea bo‘ldi. 

 

Bizning  maktabimiz  jaxonda  eng  ilgor  maktablar  bo‘lib  qolishiga 



Respublika  rahbariyati  va  hukumati  tomonidan  hamma  shart  sharoit 

yaratilmoqda.  Bizning  ta’lim  tizimlarimiz  ham  jaxonda  e’tirof  etilgan  ta’lim 

tizimlaridan  biridir.  SHu  tufayli  ham  AQSH,  YAponiya,  Germaniya,  Fransiya, 

Buyuk  Britaniya  kabi  rivojlangan  mamlakatlar  ta’limining  ustalari  bilan 

o‘tkazilgan uchrashuvlar va mulokotlarda Respublikamiz ta’limi tizimiga yukori 

baxo berildi. 

SHuni  ta’kidlash  lozimki,  Respublikamiz  xalq  ta’limi  xodimlari  oldida  hozirgi 



82 

 

kunda  eng  muhim  vazifa  -  mustakil  O‘zbekistonning  xozirgi  ta’lim  tizimlarini 



istiqlol  ruhi  bilan  takomillashtirish,  uni  o‘zimizning  mumtoz  pedagogika 

an’analari  bilan  boyitish,  chet  el  pedagogikasidagi  ilg‘r  jixatlarni  o‘zlashtirish, 

yangi  -  yangi  samarali  o‘quv  predmetlarini  ta’lim  tarkibiga  kiritish  bilan  jahon 

davlat standartlari darajasiga olib chikishdir. Buning uchun esa bizning iqtisodiy 

rivojlangan  xorijiy  davlatlardagi  quyidagi  ilg‘or  tajribalarni  ta’lim  tizimimizda 

qo‘llay bilishimiz maqsadga muvofiqdir. CHunonchi : 

Agar biz AQSH pedagogikasidagi: 

a)  bolani o‘z kuchi imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash; 

b)    o‘quvchining  eng  kichik  shaxsiy  imkoniyatlarini  ro‘yobga  chikarish  uchun 

kurash; 


v)   bolani kamsitmaslik, insoniy kadriyatlarni va g‘ururini erga urmaslik; 

g)  o‘quvchining ilk davridanoq kasb-korga yo‘naltirish; 

d)  Vataniga faxr va iftixor ruxida tarbiyalash va x.k  

YAponiya ta’limidagi: 

a)  bolyani maktabga puxta tayyorlash 

b) kichkintoylar ta’lim va tarbiyasiga ota-onalar masuliyatini kuchaytirish;                                                               

v)  o‘quvchilarni    nafosat,    jismoniy    kamolatiga    berilayotgan e’tibor; 

g)  o‘qituvchi kadrlarga yuksak talabchanlik; 

d)  yosh talant sohiblari bilan olib borilayotgan izchil ishlar. 

Germaniya ta’limidagi: 

a)  tabaqalashtirib o‘kitishga berilayotgan jiddiy e’tibor; 

b)  o‘quvchilarning mehnat, ta’limini mustahkamlash; 

v)  kasbga yo‘naltirish. 

 Fransiya ta’limidagi: 

a)  maktabgacha tarbiyadanoq o‘quvni predmetlashtirib tashkil etish; 

b)  boshlang‘ich ta’limni uch boskichda puxta amalga oshirish; 

v)  o‘quvni didaktik vositalar bilan ta’minlashga berilayottan katta e’tibor; 

g)    o‘quv  muassasalarining  turli  firmalar,  konsernlar,  korxonalar  mustahkam 

aloqalari  va  boshqa  ibratli  jihatlar  bizning  ta’limga  ham  ko‘chsa,  bizning 



83 

 

pedagogakamiz olga qarab dadil qadam bosgan bo‘lar edi. 



 

Albatta,  ta’limga  xar  qanday  yangilik,  o‘zgartirish  jiddiy  tahlillar, 

tajribalar  asosida  kirib  keladi.  «Zo‘rlab  tiqishtirish»  bizning  uslubiyot  emas. 

Ayni  paytda  ta’limni  bir  saviyada  qotib  kolishiga  ham  yo‘l  qo‘yib  bo‘lmaydi. 

SHu  sababli  ham,  har  bir  pedagog,  har  bir  tadkshkotchi  maorifimiz  uchun  jon 

kuydiradigan,  elim  deb,  yurtim  deb  kuyib  yonadigan  bo‘lmasa,  «o‘z  shaxsiy 

manfaatlarim  uchun  davlat  menga  nima  berdi  emas,  balki  mei  davlat  ravnaqi 

uchun  nima  qildim»  degan  mulohazalar  yuritadigan  iqtidorli  kadrlarni 

tayyorlashimiz kerak. 

 


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə