1. Mavzu: Xorijda maktabgacha ta`lim fanining predmeti. Jahon mamlakatlari ta’limi taraqqiyotining ayrim masalalari


Janubiy Koreyada maktab tizimi: o‘rta va yuqori maktablar



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/71
tarix17.05.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#87175
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71
1. Mavzu Xorijda maktabgacha ta`lim fanining predmeti. Jahon ma

Janubiy Koreyada maktab tizimi: o‘rta va yuqori maktablar. 

 

Koreys  tilida  o‘rta  maktab  ―chunxak



ѐ‖

  deb  nomlanadi  va  ―o‘rta 

maktab



  ma’nosini  beradi.  O‘rta  maktabda  ta’lim  majburiy,  bepul  va  3  yil 



o‘qitiladi. O‘rta maktabga 11 

ѐ

shdan oshgan, 12 



ѐ

shdagilar qabul qilinadi.  

Boshlang‘ich  maktabga  nisbatan  o‘rta  maktabda  o‘quvchilarga  ancha 

yuqori  talablar  qo‘yiladi.  Sinf  rahbarlari-xangыllar  o‘quvchilar  ha

ѐ

tida  muhim 



o‘ringa ega, o‘quvchilar ularni qattiq xurmat qilishadi. O‘rta maktabda bir kunda 

6  ta  fan  o‘qitiladi,  shuningdek,  alohida  maxsus  7-dars  ham  bor.  O‘quv 

dasturining  negizini  quyidagi  fanlar  tashkil  etadi:  matematika,  koreys  va  ingliz 

tili,  qator  aniq  fanlar, 



“qo‘shimcha” 

fanlar:  san’at  sohalari  bo‘yicha,  jismoniy 

tarbiya,  tarix,  xancha  (xitoy  peroglifi),  etika,  uy  iqtisodini  yuritish,  kompyuter 

savodxonligi.  

Mashg‘ulotlar  45  daqiqa  davom  etadi.  Boshlang‘ich  sinfdagi  9  ta  fanga, 

o‘rta maktabda yana 4 ta fan qo‘shilib, jami 13 ta fan o‘qitiladi. Maktabda chet 

tillariga e’tibor kuchli. Ko‘pchilik ingliz tilida bemalol gaplasha oladi.  

Koreyalik  o‘quvchilar  ingliz  tilidan  tashqari  klassik  xitoy  tilini  majburiy 

ravishda  o‘rganadilar.  5-sinfdan  boshlab,  Xitoy  tarixi  o‘rgatiladi.  Boshlang‘ich 

maktabdagi kabi o‘rta maktabda ham o‘quvchi sinfdan-sinfga imtihonsiz o‘tadi. 

Ma’lum fanlar uchun imtihonlarning standart shakllari mavjud, fan o‘qituvchilar 

tavsiya  qilingan  o‘quv  qo‘llanma  va  darsliklardan  foydalanadilar.  O‘rta 

maktabning  ko‘plab 

o‘quvchilari  darsdan  keyin  qo‘shimcha  kurslar 

―xagvonlar

ga  boradilar, 



ѐ

ki  xususiy    repetitorlarga  qatnaydilar.  Alohida 

e’tibor  ingliz  tili  va  matematikaga  qaratilgan.  Ba’zi  xavgonlar  bitta  fanga 

asoslanadi,  ba’zilari  barcha  asosiy  fanlarni  qamrab  oladi.  Bu  o‘z  navbatida 

maktab  mashg‘ulotlarining  yanada  qiyin  bo‘lgan  ikkinchi  qismiga  aylanadi. 

Undan  tashqari  juda  irodali  o‘quvchilar  kurash  turlari  va  musiqa  maktablariga 

qatnashadilar.  O‘quvchilar  shu  tariqa  darsdan  keyin  uylariga  juda  kech 

qaytadilar.  




69 

 


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə