1. Mavzu: Xorijda maktabgacha ta`lim fanining predmeti. Jahon mamlakatlari ta’limi taraqqiyotining ayrim masalalari



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/71
tarix17.05.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#87175
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71
1. Mavzu Xorijda maktabgacha ta`lim fanining predmeti. Jahon ma

Real  maktablar. 

Real  maktablar  ikkinchi  bosqich  I  ga  qarashli  bo‘lib, 

odatda  5-10  sinflarni  o‘z  ichiga  oladi.  7-sinfni  bitirib,  real  maktabga  o‘tishni 

hoxlagan  asosiy  maktab  o‘quvchilari  uchun  real  maktabning  alohida  3  sinf 

varianti  mavjud.  Real  maktab  yuqori  darajali  kengaytirilgan  umumiy  ta’lim 

beradi  va  o‘quvchilarni  mustaqil  fikrlash, mas’uliyat  hissi,  insonlarga  raxbarlik 

qilish  ko‘nikmalariga,  yuqori  talab  qo‘yadigan  kasb  egalari  bo‘lishi  uchun 

kasbiy ta’lim kurslariga tay

ѐ

rlaydi.  



O‘quvchilar ularga tavsiya etilgan o‘quv yo‘nalishlaridan bitta asosiysini 

tanlab  olish  imkoniga  ega.  Bu  tabiiy-matematik,  texnik,  lingvistik,  ijtimoiy-

iqtisodiy,  ijtimoiy-tibbiy,  musiqiy-badiiy  yo‘nalish  bo‘lishi  mumkin.  Har  bir 

maktabda  tavsiya  qilina

ѐ

tgan  fanlar  aniq.  U  maktablararo  va  FElararo 



farqlanadi.  Real  maktabni  etarli  yuqori  darajadagi  baholar  bilan  bitirgan 

bitiruvchi II bosqichdagi o‘quv muassasasiga kirish huquqiga ega.  

Barcha  o‘quvchilar  chet  tilini  bilishlari  shart.  Asosiy  maktablarda  chet  tilini 

tanlash huquqi yo‘q, faqat ingliz tili o‘rganiladi. Real maktablarda esa bir necha 

chet  tilini  tanlash  tavsiya  etiladi,  o‘quvchi  bittasini  tanlaydi.  Real  maktablarda 

o‘qish  yuqori  darajada  olib  boriladi,  fanlarni  tizimlashtirishga  katta  e’tibor 

beriladi. Haftasiga darslari soni 30dan 34gacha bo‘ladi.  

Boshlang‘ich va asosiy maktab o‘qituvchisi ixtisosligini olganlar malaka 

oshirish  kursiga  qatnashib,  imtihon  topshirib  real  maktablarda  dars  berish 

imkoniga ega bo‘ladilar.  




Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə