1-mavzu: “Xalqaro turizm faniga kirish


Manba: «Ekonomika i organizatsiya turizma» M., 2006



Yüklə 127,18 Kb.
səhifə5/12
tarix24.12.2023
ölçüsü127,18 Kb.
#160251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-mavzu

Manba: «Ekonomika i organizatsiya turizma» M., 2006

Shuni ta’kidlash zarurki, individual tashrif buyuruvchi turistik maqsad uchun ajratadigan daromadining bir qismini boriladigan manzilda sarflanadi, qolgan qismini – tashkil qilish va o’sha manzilga etib borish uchun sayohat vaqtida sarflanadi.


Turizmni aniqlash uchun eng avvalo quyidagi asosiy qoidalarni shakllantirish lozim:

  • turist – bu sayohatda o’z tabiiy ehtiyojini qondirishga intiluvchi kishi. Turistning ehtiyoji va istagi borgan manzilida aniqlanadi. U tashrif buyurish va faoliyat ko’rsatishda ishtirok etishga shaylanayotgani haqida qarorga keladi;

  • turistik biznes – bu turistlar ehtiyojini qondirish, faoliyatdan mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish bo’yicha daromad olishdan ko’zlangan biznesdir;

  • mehmondo’stlik sohasi uchun turizm asosan ijobiy omil sifatida chiqadi. Shuningdek u yangi ishchi o’rinlari ochish va mintaqalar daromadlarini ko’paytirish omili hamdir. Turizm atrof – muhitga salbiy ta’sir etishi ham mumkin;

  • turizm milliy ma’muriy tashkilotlar tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish omili sifatida qaraladi. Ko’p hollarda ehtimol tutilgan salbiy oqibatlar (bevosita va bilvosita zararlar) unda hisobga olinmaydi.

Yuqorida aytilganlarga muvofiq, turistik faoliyat – turistlar, turistik korxonalar, mehmonnovozlik sohasi, tashrif buyuruvchilarni joylashtirish va xizmat ko’rsatishga ma’muriyatni jalb qilish jarayonlari natijasida qator hodisalar va o’zaro munosabatlarni namoyon etish bilan belgilanadi.
Turizm – tarkibi turli xil o’xshashliklardan iborat bo’lgan mahsulot, servis, xizmat ko’rsatuv ob’ektlari, ishlab chiqarish birligiga ega bo’lgan barchasi individual iste’molchiga yoki guruh iste’molchilarga vaqtinchalik, doimiy yashash joyini tark etgan va ma’lum turistik manzilda (destinatsiya) sayohat qiluvchilar tushuniladi.
Rasm 1.2.
Turizmni tashkil qiluvchi tarkib

Turizm q Faoliyat Q Mahsulotlar Q Xizmatlar Q Ishlab chiqarish
qismlari → Turistik tajribalar

Manba: «Ekonomika i organizatsiya turizma» M., 2006

Agar turizm turlarini ko’p qirraligini yoritishga urinilsa va uning iqtisodiyotning turli sohalariga ta’siri baholansa, turizmni hal qiluvchi belgilarini shakllantirish nechog’lik qiyinligi ravshan bo’ladi. Turizmga berilgan har bir belgilanish turli ixtisoslashgan nashrlarda aniq vaziyat bilan bog’liq aniq muammolarni hal qilishga asoslangan. Turizmni belgilashdagi etishmovchilik bu industriyaning xususiyati bilan bog’liqdir.





Yüklə 127,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə