1-mavzu: “Xalqaro turizm faniga kirish



Yüklə 127,18 Kb.
səhifə1/12
tarix24.12.2023
ölçüsü127,18 Kb.
#160251
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-mavzu


1-mavzu: “Xalqaro turizm faniga kirish
Reja:

    1. Turizm to’g’risida tushuncha

    2. Turizm turkumlari (kategoriyalari)

    3. Xalqaro turizm tasnifi (klassifikatsiyasi)

    4. Takliflar turi bo’yicha tasniflash (klassifikatsiyalash)

    5. Safarni tashkil etish bo’yicha tasniflash

    6. Sayohat maqsadi bo’yicha tasniflash

    7. Harakatlanish usullari bo’yicha tasniflash (klassifikatsiyalash)



1.1.Turizm to’g’risida tushuncha
Hozirgi zamon xorijiy ilmiy adabiyotlarida «Turizm» tushunchasini aniqlashga turlicha yondoshuvlar mavjud. Bu yondoshuvlarni turlicha belgilarga qarab bir necha guruhlarga birlashtirish mumkin:

  • turizm odamlarni yo’nalish bo’yicha aniq ob’ektga tashrif byurishi yoki maxsus qiziqishini qondirish va doimiy yashash joyiga qaytib kelishi harakatlarining alohida shaklidir;

  • turizm odamlarni harakatlanishi (joyini o’zgartirishi), ularni doimiy yashash joyida bo’lmasligi va qiziqqan ob’ektida (safarda) vaqtincha bo’lishi;

  • turizm shaxsni uning ijtimoiy-gumanitar funktsiyasi orqali (tarbiyaviy, ta’limiy, sog’lomlashtirish va sport) amalga oshiriladigan rivojlanishi alohida shaklidir;

  • turizm dam olishni, bo’sh vaqtni o’tkazishning ommaviy shaklidir;

  • turizm odamlarga vaqtincha doimiy yashash joyida (turizmni aniqlashga «samolyot» yondoshuvi) bo’lmagan paytida xizmat ko’rsatish bo’yicha xo’jalik sohasidir;

  • turizm bozor segmenti sifatida iste’molchilarga o’z mahsulotlari va xizmatlarini (marketing nazariyasi nuqtai nazaridan) taklif etish maqsadida an’anaviy xo’jalik tarmoqlari (transport, umumiy ovkatlanish, mehmonxona xo’jaligi, madaniyat, savdo va boshqa.) bilan bozorga chiqadi;

  • turizm hodisa sifatida mutlaqo dam olish deb ongimizga singib ketgan an’anaviy tasavvurlarga sig’maydi. 1991 yil Ottava, Kanadada bo’lib o’tgan BTT - Butunjahon turistik tashkiloti sayohat va turizm statistikasi bo’yicha konferensiyada kontseptsiya sifatida talablar yo’nalishi tanlandi va turizm shunday belgilanish oldi: «Turizm - odatdagi muhitdan tashqarida dam olish, ishga aloqador va boshqa maqsadlarda bir yildan ko’p bo’lmagan davrda bo’lgan sayoxat va joylarda bo’lishni amalga oshirgan shaxs faoliyati»;

  • Turizm – jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog’lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy – amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanmagan holda uzog’i bilan bir yil muddatga jo’nab ketishi (sayohat qilishi) dir. (O’zbekiston Respublikasining «Turizm to’g’risidagi qonuni». 3 modda. 1999 yil 20 avgust).

Tizimli yondoshuvdan foydalanib, «turizm» tushunchasini tahlil qilar ekanmiz, Amerikalik professor Meynsen universiteti, Oklend sh. Leyper kontseptsiyasini ajratamiz. U turizmni uch asosiy elementlardan iborat tizim deb ataydi:
1. Geografik komponent;
2. Turistlar;
3. Turistik industriya.
Geografik komponent o’z o’rnida qo’yidagi elementlarni qamrab
oladi:

  • turistlarni «vujudga keltiruvchi» mintaqa;

  • tranzit mintaqa;

  • turistik manzil (destinatsiya)lar mintaqasi.

Turistlarni «vujudga keltiruvchi» mintaqa o’zida turistlar o’z sayohatini boshlagan uni tashkil qilgan joy sifatida namoyon bo’ladi. Mazkur element masalalarini o’rganishning asosiy omillari shundan iboratki, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik xususiyatlari, geografik joylashgan erining turizm talabalarini rag’batlantiruvchi sifatlari qarab chiqiladi. Tabiiyki, turizm industriyasida asosiy marketing operatsiyalari xuddi shu erda amalga oshiriladi.
Turistlar «vujudga keltiruvchi» mintaqada doimiy ravishda potentsial iste’molchilarni sayohatga chorlovchi motivlar (rahbatlantiruvchi) jarayonlari kechadi. Odamlar turli mamlakatlar haqida kitoblar o’qiydilar, jurnallarni tomosha qiladilar, reklama axborotlarini o’rganadilar, televizor ko’radilar, tanish-bilishlari, qarindosh-urug’lari bilan muloqatda bo’ladilar va nihoyat ma’lum qarorga keladilar va sayohatga yo’l oldilar.
Turizmga ta’sir etuvchi omillar: tabiiy, iqtisodiy, texnologik, ijtimoiy, madaniy, siyosiy, huquqiy, jismoniy va boshqalar.
Tranzit so’zining ma’nosi bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga uchinchi mamlakat tuprog’i orqali pasajjirlar va yuklarni olib o’tish tushuniladi.
Turistlar o’z sayohat maqsadi sari yo’l olar ekanlar, bir muncha vaqt (bir necha soatdan bir necha kungacha) tranzit mintaqa deb alatuvchi joylarda to’xtashlari mumkin. Bu eng avvalo bir transportdan boshqa transport vositasiga (masalan, samolyotdan avtobusga) o’tib o’tish joyi. Shuning uchun ham transport xizmati bu erda asosiy rol o’ynaydi. Tranzit mintaqasi funktsiyalaridan biri shundan iboratki, turistlarga umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan (restoranlar, kafe va boshq.) xizmat ko’rsatilishidir. Ammo, turistlar bu erda diqqatga sazovar joylar bo’lsa, ularni tomosha qilish uchun bir necha kun qolishlari ham mumkin.
Tranzit mintaqasi (tranzit yo’nalish) turistlarni «vujudga keltiruvchi» va turistik destinatsiya (manzil)lar o’rtasida bog’lovchi bug’in hisoblanadi. Bu tushuncha mazkur sxemaning eng muhim elementlari sanaladi. Chunki tranzit mintaqa orqali turli turistik oqimlar o’tishi mumkin. Ammo biroq sayohatning maqsadi – bu turistik destinatsiya mintaqasidir. Destinatsiya tushunchasi, uning mohiyati va xususiyatlariga to’xtalamiz.

Yüklə 127,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə