1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja



Yüklə 463,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/20
tarix20.07.2023
ölçüsü463,81 Kb.
#119767
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
1-Mavzu Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi

Arastu hayoti va ijodi.
Antik psixologiyaning eng yuqori chо‘qqisi 
Arastu
ning ruh haqidagi mashhur ta’limoti hisoblanadi. Mashhur faylasuf 
Gegel aytganidek, “Biz psixologiyada ega bо‘lgan yaxshi narsalar-bu 
Arastudan olgan narsalarimizdir. Arastu “O dushe” ya’ni “Jon haqida” 
nomli traktida ruh muammosini sistemali о‘rganishga bag‘ishlangan о‘z 
g‘oyalarini yoritib beradi. Arastu 17 yoshida Platonga shogird bо‘lib 
tushgan. Ammo Platonning qarashlari yо‘lidan bormadi. Arastuga kо‘ra, 
ruh organik tananing shakli. Bu tanani Arastu quyidagi metafora bilan 
tushuntirdi, “Agar kо‘z alohida tirik mavjudot bо‘lsa, kо‘rish qobiliyati 
uning ruhi bо‘lar edi. Kо‘rish qobiliyatini yо‘qotgan kо‘z aslida kо‘z 
bо‘lmaydi, u faqatgina kо‘z degan nomni saqlab qoladi, xolos. Bunday 
nomni chizilgan yoki biror narsadan yasalgan kо‘zga ham berish mumkin. 
Tiriklik ruhsiz bо‘lmaydi ruh tanani tirik qiladi. Tananing barcha 
xususiyatlari о‘sish, nafas olish, fikrlash asosida ruh turadi. Boshqacha 
aytganda, tana va boshqa organlar ruh xizmatidagi quroldir. “Tana ruh 
uchun mavjuddir”, deb yozadi. Arastu ruhni tanadan ajratib bо‘lmaydi” 
degan qa’tiy xulosaga keldi. Arastu barcha ruhning xarakter va 
xususiyatlarni “entelexiya” degan maxsus tushunchaga birlashtiradi. Ruh 
harakat qilmaydi, tana harakat qiladi, lekin bunday tana ruhlidir. Shu 
tariqa Arastu Platonning tana va ruh ajralishi, ruhning qismlarga bо‘linishi 
haqidagi g‘oyasini о‘tkir tanqid qildi. 
Arastu (Arastu) hayoti
: Qadimiy Yunon faylasufi Arastu 
Frakiyaning Stagira shahrida tug‘ilgan. Shu tufayli ba’zan Arastuni 
Stagirit deb ham atashadi. 
Arastuning otasi Nikomax Makedoniya hukmdori Amint II ning
shaxsiy tabibi bо‘lgan. Arastu Makedoniyaning bо‘lg‘usi hukmdori 
Filipp bilan bolaligidanoq birga о‘ynab katta bо‘lgan. U 17 yoshidan 37 
yoshigacha (367-347) yillar faylasuf Aflotunning Akademiyasida tahsil 
olgan. 
Miloddan avvalgi 343 yildan boshlab Arastu Iskandar Maqduniy 
(Aleksandr Makedonskiy)ga murabbiylik qila boshlaydi. Iskandar 
Maqduniy hukmdorlik taxtiga о‘tirgach, о‘z ustozi va dо‘stiga atab haykal 
barpo etadi. Bu haykalning poyida shunday yozuvlar bor edi: “Iskandar 


ushbu yodgorlikni Nikomaxning о‘g‘li, buyuk donishmand va avliyo 
Arastu xotirasiga о‘rnatdi” . 
Sharq asotirlarida yozilishicha, bir kuni Iskandar Zulqarnayndan 
sо‘radilar: 
- Ne sababdan ustozing Arastuni otang Sulton Faylaqus (Filipp)dan 
ham a’lo kо‘rasan? 
Shoh Iskandar shunday javob qaytaradi: 
- Otam mening jismimni tarbiyalab, osmondan yerga olib tushdi. 
Ustozim Arastu esa mening ruhimni tarbiya qilib, yerdan osmon qadar 
yuksaltirdi. 
Arastu peshonasiga sochini tushirib, kalta soqol qо‘yib yurgan. 
zamondoshlarining guvohlik berishicha, lablari chetidagi doimiy kinoyali
tabassum natijasida paydo bо‘lgan ajinlar Arastu о‘zini faylasuf 
Aflotunninig shogirdi, deb bilishidan darak berardi. Arastu Yunon ilm fani
qо‘lga kiritgan bilimlarni egallash borasida Aflotunni hatto shoh 
Iskandardan ham ustun qо‘ygan. 
Miloddan avvalgi 336 yilda Arastu Afina shahrida о‘zining xususiy 
maktabini ochdi. Bu ilmgoh kurash maktablari qatorida va Afinaning
shimoliy darvozasidagi Likey maydonlariga tutash yerda joylashgandi. 
Arastuni hayajonga soluvchi muammolar favqulodda qiziqarli va 
teran edi. Masalan: inson eng avvalo о‘zining sevishi kerakmi yo 
boshqanimi, degan savol uni kо‘p о‘ylantirardi. О‘zini kо‘proq sevgan 
odamni xudbinlikda ayblaydilar. Boshqa tomondan olib qaralganda esa, 
inson avvalo о‘zining eng yaqin dо‘sti bо‘lgan kimsani kо‘proq qadrlashi 
va sevishi lozim, deyiladi. Vaholanki, har bir odamning о‘zidan о‘zga 
sadoqatli dо‘sti bormi dunyoda? Demak inson avvalo о‘zini hurmat qilishi
va sevishi lozim, deb fikr yuritadi Arastu. 
Agar faylasuf Zenon Eleyskiy Arastuga zamondosh bо‘lganida shu 
sо‘zlari uchun unga ta’zim qilishi turgan gap edi. 
Arastu havas qilarli darajada о‘tkir zehn sohibi bо‘lgan. 
U 445270 satrdan iborat 28 ta kitob yozgan. Faylasufning 
“Metodika”, “Metafizika”, “Jon haqida”, “Poetika”, “Osmon haqida”, 
“Fizika”, “Ritorika”, “Sevgi haqida”, “Uyqu va bedorlik haqida” asarlari 
shu kitoblar sirasiga kiradi. 



Yüklə 463,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə