1-mavzu. O‘zbek munshaoti tarixi. Tarixiy hujjat turlari reja



Yüklə 140,59 Kb.
səhifə8/31
tarix09.05.2023
ölçüsü140,59 Kb.
#109328
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH

Ikkinchi qismda xodimning shaxsiy tavsifi, ya’ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, jamoat ishlaridagi ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hatto ba’zida siyrati, jamoa a’zolariga munosabati, qanday mukofotlarga sazovor bo‘lganligi, asosiy rag’batlantirishlari qayd etiladi.

So‘ngi qismida esa yuqorida bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi ko‘rsatiladi. Tavsifnoma matni III shaxs, birlikdagi kishi tilidan bayon qilinadi. Xodimni tavsiflashda “halol, topshiriqlarni vaqtida bajaradigan, mehnatsevar,tirishqoq, intiluvchan, izlanuvchan, talabchan, tashabbuskor, intizomli” kabi sifatlardan foydalaniladi. Agar tavsifnoma jamoat tashkilotlari yig’ilishida tasdiqlangan bo‘lsa, shu yig’lish bayonnomasi raqami va sanasi havola etiladi. Qoidaga ko‘ra tavsifnomaga ikki shaxs: tashkilot boshlig’i va kasaba uyushma qo‘mita raisi imzo chekadi hamda ular imzosi yumoloq muhr bilan tasdiqlanadi.


Tavsifnoma xodimning qo‘liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda tavsifnomani talab qilgan tashkilotga jo‘natiladi.

Tavsifnoma namunasi

T A V S I F N O M A


N. Oxunova 1986 yil tug’ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti–bakalavriyat, mutaxassisligi-ona tili va adabiyoti fani o‘qtuvchisi.
Nargiza Oxunova 1991 yili Toshloq tumanidagi 5- umumta’lim maktabining birinchi sinfiga qabul qilingan. 1999 yil mazkur makrabning 9-sinfini tigatib, shu yili Farg’ona politexnika institut qoshidagi Yormozor akademik litseyining ijtimoiy yo‘nalishiga hujjat topshirdi. 2001 yili Respublika o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi kitobxoni” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichida birinchi o‘rinni olib, respublkada faxli ikkinchi o‘rinni egalladi. 2005- yili esa Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori bo‘lib, o‘zining ilk kitobini nashr ettirdi.
Oxunova Nargiza 2003- yili Farg’ona davlat universitetiga grant asosida o‘qishga kirdi. Hozirda mazkur universitetning filologiya fakulteti ta’lim olmoqda.
Universitetda tahsil olish vaqtida u intizomli, ziyrak, zukko talaba sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Bilimlarni qunt bilan o‘rganishga harakat qiladi. O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi tizimidagi fanlarga alohida qiziqadi. U 2005 yilda “Kamolot” ijtimoiy harakati stipendianti va Zulfiya nomidagi davlat mukofoti laureyati bo`ldi. 2006 yili esa Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Zulfiyaxonim qizlari” amaliy seminarida qatnashdi. Ijodiy faoliyati haqidagi hisobot ma’ruzasi Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasining faxriy yorlig’i bilan taqdirlangan.
Nargiza Oxunova kamtarinligi, to‘g’riso‘zligi, mehribonligi bilan kursdoshlari o‘rtasida hurmarga ega.

Fulologiya fakulteti
dekani: A.Qosimov.
Kasaba uyushmasi raisi: E.Ibragimova.
(muhr)
2008 yil 10- yanvar.

Yüklə 140,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə