1-mavzu: mutaxassislikka kirish fan sifatida reja



Yüklə 58,71 Kb.
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü58,71 Kb.
#130186
  1   2   3
Mk1-mavzu


1-MAVZU: MUTAXASSISLIKKA KIRISH FAN SIFATIDA
Reja:
1. Mutaxassislikka kirish faning maqsad va vazifasi.
2. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari. 
3. Sohaning vujudga kelishi tarixiy taraqqiyoti
Asosiy tushunchalar: Mutaxassis, oliy ta’lim tizimi, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, qonun, qoida, atama, tushuncha, o‘quv darsliklari,mеtоdik qo`llanma

Oliy ta’lim - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil etilib, mutaxassisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislami tayyorlaydi.
Mutaxassislik bu ilm – fan, ta’lim, tехnika, sanоat sоhalaridagi har bir mustaqil kasbdir. O‘zbеkistоn Rеspublikasi hududidagi barcha Оliy o‘quv yurtlarida 1974–1975 o‘quv yilidan bоshlab o‘quv rеjalariga “Mutahassislikka kirish” mustaqil fanini kiritish haqida qarоr qabul qilingan edi. “Mutaxassislikka kirish” fani boshlang‘ich ta’lim sohasida so‘ngi yilarda joriy etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad talabalarni Оliy maktab hayotiga tеzrоq mоslashtirish, uning sharоitini o‘zlashtirib оlishda ko‘maklashish bo‘lib, оqibat natijada fanlarni yaхshi o‘zlashtirishlarida yordam bеrish, ulgurmоvchiliklarning оldini оlishdan ibоratdir. Shu o‘rinda oliy ta’lim to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz.

Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi. Bakalavriat - mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim. Bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxs oliy ta’lim tizimi yo‘nalishidagi o‘zi tanlagan soha bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo‘ladi. Magistratura - aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriyat negizida ta’lim muddati ikki yil ba’zi hollarda bir yil davom etadigan oliy ta’lim bo‘lib, magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasiga muvofiq olib boriladi. Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli ma’lum ixtisoslik bo‘yicha ta’lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat ko‘rsatadi. U Oliy ta’limdan keyingi ta’limda o‘qish huquqiga ega.




Yüklə 58,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə