1-mavzu: mutaxassislikka kirish fan sifatida reja


Har bir dars quyidagi talablarga javob berishi kerak



Yüklə 58,71 Kb.
səhifə3/3
tarix21.10.2023
ölçüsü58,71 Kb.
#130186
1   2   3
Mk1-mavzu

Har bir dars quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Maqsad va mazmunning aniqligi; bu talab darsning butun o`quv materialini va
uning har qaysi qismini to`g`ri tanlash bilan amalga oshadi.Ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarning birligi; ta'limning tarbiyaviy harakteri uning ob'ektiv qonuniyati hisoblanadi. Shu bilan birga o`qituvchi o`quvchilarning kasbiy bilimlarini shakllantirishda hamma imkoniyatlaridan foydalanishi kerak. Darsning har qanday bosqichida ta'limning eng kerakli metodlarini tanlash; o`qitish metodini to`g`ri tanlash o`qituvchi mehnatining samaradorligini va o`quvchilarning eng yuqori faolligini ta'minlaydi, o`quvchilarga chuqur va puxta bilimlar berishni, ularda bilimlarni amalga tadbiq etish malakalarini shakllantiradi. Darsda o`quvchilarning jamoa va yakka tartibdagi ishini to`g`ri qo`shib olib borish; o`qituvchi dars davomida butun gurux bilan ishlashdan tashkari o`quvchilarning yakka tartibdagi topshiriqlar bo`yicha mustaqil ishlashini ham keng joriy qilishi lozim.
Darsni samarali tashkil etish-bu talab darsga ajratilgan vaqtdan unumli
foydalanishni, o`qituvchi va o`quvchilarning darsga yaxshi tayyorlanishini,
mashg`ulotning yangi texnik jihozlar bilan ta'minlanishini, uning barcha elementlari, strukturasi puxta to`zilishini takozo etadi. Ayni vaqtda ta'limning quyidagi shakllari ajratib ko’rsatiladi: individual, individual-guruhli, sinf-dars, ma’ruza-seminarli va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktab va maktabdan tashqari.

Dars — taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan miqdordagi doimiy oʻquvchilar tarkibi bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir. Dars — insoniyat tomonidan minglab yillar mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni oʻquvchilarga juda qisqa vaqtda oʻrgatishning eng samarali usuli. 

Dars o‘qituvchining rahbarligi asosida aniq belgilangan vaqt davomida


o’quvchilar guruhi (sinf)ni ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish, hamma
o’quvchilar bevosita mashg’ulot davomida o’rganilayotgan fan asoslarini egallab
olishlari, o’quvchilarning idrok etish qobiliyatlari va ma'naviy-axloqiy sifatlarini
tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratuvchi ish vositalari,
metodlaridan foydalanishning tashkiliy shaklidir.
Dars ta'limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o’ziga xos belgilarga ega,
chunonchi: o‘quvchilarning doimiy guruhi, o‘quvchilar faoliyatiga ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o‘rganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o‘z xususiyatini ham aks ettiradi).Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo’lishi mumkin. Bu o’quv materialining mazmuni, darsning didaktik maqsadi, o’uvchilar va jamoa sifatida sinfning xususiyatlariga bog’liq.
Asosiy adabiyotlar
1. Pеdаgоgikа. // M.Tохtахоdjаеvаning umumiy tаhriri оstidа. – T.: O’zbеkistоn Fаylаsuflаri Milliy jаmiyati, 2010.
2. Ibragimov X.I.., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. - T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.
Yüklə 58,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə