1-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li Reja


O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi e’lon qilinishi va uning olamshumul ahamiyati



Yüklə 88,01 Kb.
səhifə15/21
tarix09.10.2023
ölçüsü88,01 Kb.
#126444
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
1-mavzu (2)

O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi e’lon qilinishi va uning olamshumul ahamiyati.
O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e'lon qi-linganidan keyingi tarixiy vaziyat shunday ediki, endi davlat, xalq o'z taqdirini o'zi belgilaydi, deb e'lon qilish yetarli emas edi. O'zbekistonning davlat mustaqilligi bilan bog'liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi. Ayni paytda mustaqillik g'oyasini ham faqat bir tomonlama - havoyi va yuzaki talqin qilib bo'lmas edi. Binobarin, erishilgan mustaqillikni sobitqadamlik bilan mustahkamlash, buning uchun izchil kurashish lozim edi.
O'zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlashda xalq tomo­nidan uning ma'qullanishini hisobga olib, mamlakatda referendum o'tkazishga qaror qilindi. 1991-yil 18-noyabrida Oliy Kengash VIII sessiyasi O'zbekiston Respublikasi referendumini o'tkazish to'g'risida qaror qabul qildi. Shunga muvofiq 29-dekabrda: «Siz Oliy Kengash tomonidan O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e'lon qilinishini ma'qullaysizmi?» - degan masalada referendum o'tkazishga katta tayyorgarlik ko'rildi. Referendumni uyushqoqlik bilan o'tkazish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi 13 okrug, 7 ming uchastka saylov komissiyalarini tuzdi. Ular joylarda referen­dum o'tkazish haqidagi Qonunning so'zsiz bajarilishini ta'minlash borasida katta tashkiliy ishlarni olib bordilar. Umumxalq referen-dumiga 10 millionga yaqin kishi, yoki saylov ro'yxatiga kiritilgan­laming 94,1 foizi qatnashdi. Referendumda qatnashganlaming 98,2 foizi O'zbekiston Respublikasining mustaqil davlat, deb e'lon qili­nishini yoqlab ovoz berdi. Shuni aytish kerakki, referendum butun respublika hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi bilan o'tdi. Buni referendumda AQSH, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan beta-raf kuzatuvchilar ham tasdiqladilar.
O'zbekiston mustaqil davlat, deb e'lon qilingan kunning o'zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko'rildi. O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konsti­tutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog'ining va-riantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo'mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkor-likda Davlat bayrog'i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi.
O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, o'zining xalq­aro talablar va me'yorlar doirasida qiyofasini ko'rsatmog'i, buning uchun esa o'zining butun imkoniyatlarini, o'ziga xos jihatlarini ifo-dalovchi davlat ramzlariga ega bo'lmog'i lozim edi. Odatda ramzlar shunchaki ranglar yig'indisidan iborat bo'lgan shakllar emas, ular ayni ana shu davlatning va shu mamlakat mqarolarining o'zligidan kelib chiqmog'i, qolaversa, davlat siyosatining mazmun-mohiyatini o'zida mujassam etmog'i kerak.
O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining eng maqbul yo‘lini ishlab chiqar ekan, avvalo, mamlakatda yaratilajak jamiyat qanday mazmun kasb etishiga e’tibor berdi. I.Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli asarida yangilangan jamiyatda yashovchi kishining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi yo‘llar ko‘rsatib berildi.
Jumladan, siyosiy sohada bu-xalq ham bevosita, ham o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda to‘liq ishtirok etishi lozimligini;
- hokimiyat bo‘linishining jahon tan olgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi tamoyilini joriy etish asosida demokratiyani chuqurlashtirish hamda milliy davlatchilikni barpo qilishni;- jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yangilashni;- barcha fuqarolarning qonun oddidagi huquqiy tengligini va qonunning ustunligini ta’minlashni;
- O‘zbekistonda tug‘ilib, uning zaminida yashayotgan, mehnat qilayotgan har bir kishi, milliy mansublikni va e’tiqodidan qat’iy nazar respublikaning teng huquqli fuqarosi bo‘lishiga erishishni bildiradi.
Iqtisodiy sohada esa bu:-milliy boylikning ko‘payishini ta’minlaydigan barqaror, rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni;- ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirishni;-iqtisodiyotni o‘ta markazlashtirmasdan korxonalar va tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirishni, davlatning xo‘jalik faoliyatiga bevosita aralashuvidan voz kechishni bildiradi. Ijtimoiy va ma’naviy sohada bu:-insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqi saqlanib qolinishini;-ma’naviyatni qayta tiklashni;-o‘zbek tilini rivojlantirishni;-hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror topdirishni;-odamlarning iste’dodi qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish, ma’naviy mulkni himoya qilishni bildiradi.
I.Karimovning O‘zbekistonni huquqiy demokratik davlat sifatida qaror toptirishning qoridagidek dasturiy qoidalari demokratik, insonparvar jamiyat qurish orasidagi jahon tajribasini yanada rivojlantirdi va yangi qoidalar bilan boyitdi. Prezident yangilanayotgan jamiyat mazmun mohiyatini ko‘rsatish bilan birga dolzarb vazifa qilib, eng avvalo bozor iqtisodiyotiga o‘tish masalasini qo‘ydi. Chunki faqat iqtisodiy baquvvat davlatgina kuchli bo‘ladi va har qanday islohotlarga qodir bo‘lishini u yaxshi bilar edi.
Shuning uchun ham I.Karimov «O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga hos yo‘li» uchun tanlab olgan yo‘l ijtimoiy sohaga respublikaning manfaatlariga, shart-sharoitlari, hususiyatlariga eng ko‘p darajada mos iqtisodiyotni shakllantirishga ayni mana shunday yo‘l O‘zbekiston turmushini, uning huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analari va madaniyatining qayta tiklanishi, insonni shaxs sifatida ma’naviy-axloqiy kamol topishini ta’minlash mumkin»,-deb qat’iy ko‘rsatib bergan edi.
Birinchi Prezident I.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridagi rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilib, O‘zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o‘zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o‘rtaga tashladi: Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortidan qolmasligi kerak, u biror mafkuraga buysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak.
Ikkinchidan, o‘tish davrida davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustivor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi shart.
Uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish lozim.
To‘rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish.
Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish obektiv iqtisodiy qonunlar talablarini hisobga olgan holda, yaqin o‘tmishimizdagi «inqilobiy sakrash»larsiz, ya’ni evolyusion yo‘l bilan puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Ana shu muhim qoidalar O‘zbekistonning mustaqil rivojlanish va taraqqiyot yo‘liga asos qilib olindi. O‘tgan davr mobaynida bu qoidalarning amalga oshirilishi respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi bozor munosabatlarini joriy etish yo‘lidan izchil harakat qilishni ta’minladi. Shu bilan birga I.Karimovning bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish haqidagi tamoyili vaqt o‘tgani sayin o‘zining hayotiy qiymatini, siyosiy kuchini ko‘rsatdi. Binobarin, bular etakchi tamoyillar sifatida tan olindi.
Chunki ular iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantig‘ini, rivojlanish yo‘lini va xarakterini ochib berdi. Birinchi Prezident I.Karimov har bir risola va nutqida O‘zbekiston taraqqiyotiga doir tajribalarni mushohada qilib ularni boyitib, yangidan-yangi qoidalarni ishlab chiqdi. Birinchi Prezident I.Karimov yangi o‘zbek davlati O‘zbekiston respublikasining asoschisi bo‘lishi barobarida shu davlatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining hamma sohalariga taalluqli barcha qonunlarni va boshqa huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda, qabul qilishda shaxsan qatnashdi va davlatchiligimiz tarixida misli ko‘rilmagan bunday qonunchilik faoliyatiga bevosita rahbarlik qildi.
Endi shu xususida mavzu mohiyatiga chuqurroq kirib borish uchun so‘zni hozir jahonda mavjud davlatlarning turlari haqida hikoya qilishdan boshlaymiz. Ma’lumki, hozir jahonda mavjud bo‘lgan davlatlar huquqiy jihatdan podshohlik (monarxiya), respublika va diniy davlat turlariga bo‘linadi.
Birinchi Prezident I.Karimov respublikamizning iqtisodiy mustaqillikka erishishida va ushbu mustaqillikni qo‘lga kiritish va uni ta’minlashga qaratilgan qonun va huquqiy hujjatlarning yaratilishi va qabul qilinishida ham beqiyos katta hissa qo‘shdi. Uning davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i sifatidagi amaliy ishlaridan tashqari mustaqil respublikamizda yangi davr ruhini va muammolarini ifodalovchi qonunlarni tayyorlashdagi, ularning asosiy g‘oyasini belgilashdagi hissasi juda ham katta.
O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng kun tartibida ja­hon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlat­ning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jid-diy yangilanishlarni taqozo etar edi.
Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya etish lozim bo'lgan tayyor andozalari hech qachon bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma'rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an'analari mavjud bo'lgan O'zbekistonday qadimiy makonda o'ziga xos yo'l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. Shuning uchun ham «Mustaqil O'zbekiston tug'ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o'zi yurishga majbur edi».
Yana shuni ta'kidlash darkorki, O'zbekiston o'z mustaqilligi-ni qo'lga kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo'lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor edi. Hatto sobiq markazdagi ayrim «bashorat»lar O'zbekistonga nisbatan «O`zlaringni Mustaqil boshqarishga, Mustaqil davlat qu-rishga qodir emassizlar», «Sizlar mute, qaram xalqsizlar», «Sizlar uchun biz fikrlaymiz, nazariya yaratamiz, sizlar esa bajarasizlar, xo-los» deb shovinistlarcha g'arazgo'ylik qilsa, mamlakat ichkarisidagi ayrim toifalar o'rtasida «Endi O'zbekiston qanday yo'ldan boradi? Qanday jamiyat quradi? Markazsiz yashay oladimi? Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta'minlanadimi?» - qabilidagi savollar paydo bo'lgan edi. Unga har kim o'zicha javob qidirar edi.
Shuning uchun ham O'zbekiston mustaqilligining dastlabki ku-nidanoq, «jahon va o'zimizning amaliyotimizdan olingan bar­cha unumli tajribani rad etmagan holda o'z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo'lini tanlab olishga kirishdi».
Albatta, mamlakat hayot-mamot bosqichida turgan bir paytda uning yangi jamiyatga o'tishi bilan bog'liq vazifalarni bajarish dav­lat rahbaridan yangi sharoitga mos boshqaruv tizimini ishlab chiqish-ni, jamiyatning iqtisodiy asosini vujudga keltirishni taqozo qiladi. Aholining barcha toifalarini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi g'oyalar tizimini yaratishni talab etardi. O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'li ana shu tarzda shakllandi. Mamlakat mustaqilligi­ning tashabbuskori va rahnamosi sifatida Prezident xuddi ana shun­day paytda o'zining qat'iy, ilmiy jihatdan asosli, hayotiy jihatdan yashovchan xulosalarini o'rtaga tashladi.
Hali sobiq ittifoq mavjud bo'lgan davrda I. Karimov respublika rahbarligiga kelgan vaqtdan boshlab respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy ravishda yangilanishni, tub o'zgarishlarni boshlab yuborgan edi.
Islom Abdug'aniyevich Karimov umumxalq ovoz berish yo'li bilan mamlakat Prezidenti etib saylanganidanoq o'zining butun amaliy faoliyatida xalq va vatan manfaatini nazarda tutib faoliyat ko'rsatdi. U Oliy Kengashning 1992-yil 4-yanvarda bo'lib o'tgan navbatdan tashqari IX sessiyasida shunday degan edi: «Menga qan­day yuksak mas'uliyat yuklanganini his qilgan holda xalqning munosib turmush kechirishi uchun qanday yo'llar tanlaganimiz haqida ba'zi fikrlar bilan o'rtoqlashmoqchiman.
Xalq iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun qat'iy hara-katlar qilishni kutyapti. O'tmish qoldiqlari xalq yelkasiga og'ir yuk bo'lib qolgan. Eng muhim vazifalardan biri xalqning baxt-li hayotini ta'minlashdir. Prezident shiddat bilan kirib kelayot-gan bozor zarbalariga bardosh beruvchi, yordamga muhtoj ki-shilarni o'z homiyligiga olishi kerak. Bular- ko'p bolali, kam ta'minlangan oil alar, nogironlar...

Yüklə 88,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə