Bank-moliya sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarbligi



Yüklə 318,47 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.10.2023
ölçüsü318,47 Kb.
#125884
bank-moliya-sohasida-korrupsiyaga-qarshi-kurashishning-dolzarbligi



414
2022-SENTABR/OKTABR 
 
BANK-MOLIYA SOHASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI 
KURASHISHNING DOLZARBLIGI 
 
Qosimov Shohujahon Beshimboy o’g’li
O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi 
 
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim 
tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy 
madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga 
yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rildi. 
Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya 
qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va 
parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni 
muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi. 
Bu borada O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvar kunida qabul qilingan 
«Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019 yil 27 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi 
kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni 
imzolandi. Hujjat korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori 
darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi 
ijobiy obro‘-e’tiborini oshirishga qaratilganligi shu bilan bir qatorda Farmon bilan 
2019−2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi qabul qilingan. 


415
2022-SENTABR/OKTABR 
Ushbu dastur doirasida bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiya ko‘rinishlarining 
sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish 
tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini 
yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan 
tantanali marosimdagi nutqida «Har qanday demokratik islohotlar samarasi, tinchlik va 
taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitutsiya va qonun ustuvorligi ta’minlanishi bilan 
bevosita bog‘liq. Qonun ustuvorligi – bu davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 
chiqarayotgan hujjatlar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari faqat va faqat 
Konstitutsiya hamda qonunlarga muvofiq bo‘lishi shart, deganidir» deya alohida ta’kidlab 
o‘tdi. 
Korrupsiya soʻzi adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Uning yagona tushunchasi 
mavjud emas. Masalan, lotinchada corruption — “pora evaziga ogʻdirish”, corrumpere — 
“buzilish, aynish, tanazzul”, cor ruptum — “singan, buzilgan” ma’nolarini anglatadi. Hatto 
хalqaro tashkilotlarning tavsiyalarida ham unga turlicha ta’rif berilgan. Masalan, BMTning 
korrupsiyaga qarshi konvensiyasida korrupsiya soʻziga eng qisqa ta’rif quyidagicha 
berilgan: “Korrupsiya — bu shaхsiy naf koʻrish maqsadida davlat hokimiyatini suiiste’mol 
qilishdir”.
Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi 
Qonunida keltirilgan ta’rifga koʻra, korrupsiya — shaхsning oʻz mansab yoki хizmat 
mavqeidan shaхsiy manfaatlarini yoхud oʻzga shaхslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy 
yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga хilof ravishda foydalanishi, хuddi shuningdek,
bunday nafni qonunga хilof ravishda taqdim etishdir. 
«Korrupsiya hayotni, iqtisodiyotni va demokratiyani yoʻq qiladi. Korrupsiya 
kambagʻal mamlakatlarning qashshoqlikda qolishiga, mojarolar va beqarorliklar kelib 
chiqishiga, shuningdek, moʻrt muhitning paydo boʻlishiga xizmat qiladi. Oʻrganishlar 
rivojlanayotgan mamlakatlarda rivojlangan mamlakatlarga nisbatan korrupsiya ancha 
yuqori boʻlishini koʻrsatmoqda. 


416
2022-SENTABR/OKTABR 
Korrupsiyalashgan mamlakat iqtisodiyotida resurslar ham samarasiz taqsimlanadi, 
sababi toʻgʻri yoʻl bilan gʻalaba qozona olmaydigan kompaniyalar, koʻpincha, poraxoʻrlik 
yoki ulush berish evaziga davlat buyurtmalariga va loyihalariga ega boʻlishadi. Moliyaviy 
oqimlarning kattaligi tufayli davlat xaridlari firibgarlik va korrupsiya tuzogʻiga tushishi 
ehtimoli yuqori boʻlgan eng zaif yoʻnalishlardandir. 
Iqtisodiyotning korrupsiyalashishi taʼlim va sogʻliqni saqlash sifatining 
yomonlashishiga, bu esa, oʻz navbatida, aholining umumiy turmush darajasining 
pasayishiga olib keladi. 
Jahon bankining maʼlumotlariga koʻra, korrupsiya darajasi yuqori boʻlgan 
mamlakatlardagi oʻrtacha daromad korrupsiya darajasi past boʻlgan mamlakatlarnikining 
uchdan bir qismini tashkil qiladi. Shuningdek, bunday mamlakatlarda chaqaloqlar oʻlimi 
darajasi qariyb uch barobar yuqori, savodxonlik darajasi esa 25 foizga past boʻladi. 
Iqtisodiyotning muhim boʻgʻini boʻlmish bank-moliya tizimidagi korrupsiya 
holatlariga qarshi kurashish, bunday salbiy holatlarning oldini olish, kelib chiqish 
sabablarini tahlil qilish, bu boradagi korrupsiogen omillarni bartaraf etish masalalari 
dolzarblik kasb etib, boshqa sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashishning muvaffaqiyatiga 
bevosita taʼsir koʻrsatadi. 
Banklarning 
korrupsiyaga 
qarshi 
kurashish 
tizimining 
asosiy 
vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
– Bankda korrupsiyaga qarshi kurashish printsiplari va qoidalarini joriy etish; 
– bankning, shuningdek, ularning xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish va uning 
faoliyatiga jalb qilish xavf-xatarlarini kamaytirishga qaratilgan samarali mexanizmlar
tartib-taomillar, nazorat va boshqa choralarni yaratish; 
– Bank xodimlari o'rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishning yagona standartini, shu 
jumladan korrupsiyaning barcha ko'rinishlariga toqatsizlikni shakllantirish; 
– Bank faoliyatining barcha darajalarida korrupsiyaga qarshi kurashish printsiplarini 
strategik va operatsion boshqaruvga integratsiya qilish; 
– Bank xodimlari, mijozlari, homiylari, aktsiyadorlari, investorlari va boshqa shaxslar 
o'rtasida mazkur Siyosat tamoyillari to'g'risida umumiy tushuncha hosil qilish; 


417
2022-SENTABR/OKTABR 
– bank boshqaruv organlariga korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilgan 
jinoyatlar va chora-tadbirlar to'g'risida axborot berish; 
– korrupsiyaga qarshi huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralarini qo'llash. 
Hukumatimizning korrupsiya deb atalmish illatni ildizi bilan sugʻurishga qaratilgan 
sa’y-harakatlarining idoralar, хususan banklar tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi sohani 
tubdan sogʻlomlashtirishga yordam berishiga ishonamiz.

Yüklə 318,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə