1-Mavzu: kirish: iqtisodiy o`sish reja



Yüklə 29,1 Kb.
səhifə1/11
tarix30.12.2023
ölçüsü29,1 Kb.
#165044
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1.1.IO``

1-Mavzu: KIRISH: IQTISODIY O`SISH

Reja

1.1.Iqtisodiy o‘sish mohiyati va mazmuni.

1.2.Iqtisodiy o‘sishning dastlabki shartlari.

1.3.Iqtisodiy o‘sish va iqtisodiyot tarkibidagi o‘zgarishlar.

1.4.Yalpi ichki mahsulot iqtisodiy o‘sish ko`lami va o`lchamlarini tahlil etish vositasi sifatida

1.1. Iqtisodiy o‘sish mohiyati va mazmuni

  • Iqtisodiy o‘sish - ishlab chiqarishni takomillashtirish, iqtisodiyotda progressiv o‘zgarishlar va qayta qurishlarning muhim shart-sharoitidir. U taraqqiyotning ajralmas qismi, ijtimoiy rivojlanishning asosini tashkil qiladi. Iqtisodiy o‘sish - aholining moddiy faravonligini oshirish vositasi hisoblanadi. Shu sababli u davlat iqtisodiy siyosatining negizi bo‘lib qoladi.

Iqtisodiy o‘sish

Iqtisodiy o‘sish

  • ishlab chiqarish,
  • taqsimot munosabatlarini takomillashtirish,
  • mehnat resurslarining bandligini ta’minlash,
  • investitsion faollikni oshirish va pirovard natijada
  • davlat budjeti daromadlarining ko‘payib borishini ta’minlash manbai hisoblanadi.
  • U ko‘pgina ichki va xalqaro darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradi. Iqtisodiy o‘sish mamlakat aholisining turmush darajasini oshirishga, ekologiya, mudofaa muammolarini hal etishga imkoniyat tug‘diradi.

Iqtisodiy o‘sish - to‘liq bandlik bilan mujassamlashgan ishlab chiqarish real hajmining uzoq muddat mobaynida o‘sishidir. Iqtisodiy o‘sish YAIM, davlat iqtisodiy qudrati va insonlar farovonligining o‘sishida o‘z ifodasini topadi. Shuningdek, iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi milliy mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishi hamda sifatning yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ham ifodalanadi. Hozirgi kunda iqtisodiy o‘sish nazariyasida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ma’lum muddat oralig‘ida erishishgina emas, balki uni uzoq muddat davomida o‘sish sur’atlarida saqlash ko‘zda tutilmoqda.

  • Iqtisodiy o‘sish - to‘liq bandlik bilan mujassamlashgan ishlab chiqarish real hajmining uzoq muddat mobaynida o‘sishidir. Iqtisodiy o‘sish YAIM, davlat iqtisodiy qudrati va insonlar farovonligining o‘sishida o‘z ifodasini topadi. Shuningdek, iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi milliy mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishi hamda sifatning yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ham ifodalanadi. Hozirgi kunda iqtisodiy o‘sish nazariyasida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ma’lum muddat oralig‘ida erishishgina emas, balki uni uzoq muddat davomida o‘sish sur’atlarida saqlash ko‘zda tutilmoqda.

Yüklə 29,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə