1-Mavzu: kirish: iqtisodiy o`sish reja


Iqtisodiy o‘sish va rivojlanish



Yüklə 29,1 Kb.
səhifə9/11
tarix30.12.2023
ölçüsü29,1 Kb.
#165044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1.1.IO``

1.4. Iqtisodiy o‘sish va rivojlanish.

  • Yozef Shumpeter iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi tafovutlami ko‘rsatib beradi. Buning ifodasi sifatida u, o‘zining “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” asarida pochta karetalari va temir yo`llardan foydalanishni taqqoslagan holda, misol keltiradi. Y. Shumpeter iqtisodiy o‘sishni miqdoriy o‘zgarishlar - bir vaqtning o‘zida ayni bir xil tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilishning o‘sishi, iqtisodiy rivojlanishni esa, ishlab chiqarish, mahsulot va xizmatlar, boshqaruv, iqtisodiy faoliyat turlari va hayot faoliyatining boshqa sohalaridagi yangiliklar va ijobiy sifat o‘zgarishlari sifatida izohlaydi. Bir vaqtning o‘zida iqtisodiy o‘sish borasidagi tadqiqotlarda “iqtisodiy o‘sish” va “iqtisodiy rivojlanish” tushunchalari o‘xshash qarashlar ham, keng tarqalganligini inobatga olish zarur. Masalan, professor K.X, Oppenlender o‘z fikrini quyidagicha shaklda ifoda etadi: “Biz o‘sish va rivojlanishni sinonimlar sifatida tushunamiz. O‘sish va rivojlanish o‘rtasidagi farqlanishlar sun’iydir”.

Umuman olganda, shartli tarzda yalpi ichki mahsulot dinamikasini iqtisodiy o'sish, jamiyat farovonligi dinamikasini esa iqtisodiy rivojlanish deb hisoblashimiz mumkin. Mazkur talqin yetarlicha sodda bo‘lib ko‘rinsada, umuman olganda bu talqin fanda allaqachon o‘z tasdig‘ini topib ulgurgan.

  • Umuman olganda, shartli tarzda yalpi ichki mahsulot dinamikasini iqtisodiy o'sish, jamiyat farovonligi dinamikasini esa iqtisodiy rivojlanish deb hisoblashimiz mumkin. Mazkur talqin yetarlicha sodda bo‘lib ko‘rinsada, umuman olganda bu talqin fanda allaqachon o‘z tasdig‘ini topib ulgurgan.
  • Iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish kategoriyalarini farqlashning quyidagi me’zonlarini taklif etamiz:
  • • Iqtisodiy o‘sish ko'proq yalpi ichki mahsulotning o‘sishi bilan, iqtisodiy rivojlanish esa - farovonlikning o‘sishi bilan uyg‘unlashadi;
  • • Iqtisodiy o‘sishga iqtisodiy jihat (oraliq tavsifga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish) xos bo‘lgani holda, iqtisodiy rivojlanishga ijtimoiy jihat xosdir, bunda jamiyat farovonligining o‘sishi pirovard maqsad sifatida namoyon bo‘ladi.

Yüklə 29,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə