1. Kirish Asosiy qism Prezident I. A. Karimov asarlarida milliy g`oyaning ilmiy-nazariy asoslanishi


Milliy g`oyaning asosiy, umuminsoniy tamoyillari va mafkuraviy xususiyatlari



Yüklə 58,41 Kb.
səhifə2/3
tarix29.03.2023
ölçüsü58,41 Kb.
#103550
1   2   3
“Agar o’z g’oyang bo’lmasa sening yurtingda chet g’oya kelib hukmronlik qiladi.” Islom Karimov fikrini mohiyatini tushuntiring

2.3. Milliy g`oyaning asosiy, umuminsoniy tamoyillari va mafkuraviy xususiyatlari

Milliy g`oyaning ma`no-mazmuni va uning millat hayotidagi o`rnini mukammal tushunib yetish uchun, eng avvalo, unga zamin bo`ladigan nazariy va amaliy negizni aniqlab olish muhim ahamiyatga molik. Shu nuqtai nazardan, milliy g`oyaning tarixiy, falsafiy ildizlari va uning tamoyillari ham bir-biri bilan uzviy bog`liqlikdadir. Ular o`z navbatida umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi talablariga to`la-to`kis mos keladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida jamiyat hayotining, xususan, mafkuraviy jarayonlarning ham huquqiy meyorlari aniq belgilab qo`yilgan. Konstitutsiyaning 12-moddasida ,,O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o`rnatilishi mumkin emas” deyilgan49.


Albatta, davlat – jamiyat siyosiy tizimining o`zagi, mamlakat barqarorligi va izchil taraqqiyoti uchun mas`ul bo`lgan siyosiy institutdir. Shu ma`noda, u jamiyatning o`z milliy g`oyalari atrofida mustahkam jipslashuvi, fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilma-xilligi asosida hayotda mafkuraviy jarayonlarning muvofiqlashuvidan manfaatdor. Bosh islohotchi sifatida davlat ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, milliy xavfsizlik, kelajak hayot manfaatlaridan kelib chiqib, jamiyatda milliy istiqlol g`oyalarini keng yoyish borasida faoliyat olib boradi.
Bugungi kunda insonparvarlik g`oyasi milliy g`oyaning asosiy tamoyillaridan biri bo`lib bormoqda. Buning sababi mustaqillik tufayli insonparvar va demokratik jamiyat barpo etish imkoniyati paydo bo`ldi. Ana shu imkoniyatni voqelikka aylantirishda ikkita muhim masalani hal etish zarurati vujudga keldi.
Birinchi masala. Odamlarning ongi va tafakkuridagi mustabid tuzum asoratlaridan, uning g`ayriinsoniy g`oyalaridan, shuningdek, yakka mafkurachilik tamoyilidan tozalashdir. Bunga erishishning bir qator yo`nalishlari mavjud. Eng muhimi, yangi jamiyatda insonning tub manfaatlariga mos ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishdan iboratdir. Bunda milliy g`oyaning insonparvarlik va demokratik tamoyillari inson va jamiyat manfaatlari uyg`unligini belgilab beruvchi tayanch nuqta va jipslashtiruvchi kuch hisoblanadi.
Ikkinchi masala. Insonparvarlik tamoyilida umumbashariy tamoyillar bilan bir qatorda millat tafakkuri, ruhiyati va fikrlash tarzi, qarashlar xilma-xilligini o`zaro uyg`unlashtirish zarur. Bu jarayon mamlakatimiz taraqqiyotida barqarorlik, xavfsizlik masalalari bilan hamjihatlikda tutashgan holda namoyon bo`ladi. Shu ma`noda milliy g`oyaning o`ziga xos tamoyillari mavjud bo`lib, ular asosida milliy rivojlanishning dolzarb vazifalari amalga oshirilmoqda.
Demak, milliy g`oyaning asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi:
- milliy ong, milliy tafakkurning va milliy o`zlikni shakllantirishga yo`naltirilganligi;
- millatni birlashtirishga qaratilganligi;
- millat manfaatini ifodalashi;
-ilg`or milliy urf-odatlar, an`analar va qadriyatlarning mustahkamlanishi va rivojlanishiga asos bo`lishi;
-milliy g`urur, iftixor va mas`uliyatning shakllanishi va mustahkamlanishiga zamin bo`lishi;
-ko`p millatli mamlakatimiz aholisida yagona Vatan ruhiyatining shakllanishiga asos bo`lishi;
-milliy meros, tarixiy xotirani asrash, o`zlashtirish va keyingi avlodga yetkazishning ma`naviy ruhiy manbasi bo`lishi;
-yoshlarimizda vatanparvarlik, xalqparvarlik va umuminsoniylik ma`naviy-ruhiy salohiyatini shakllantirishga qaratilganligi;
- millatimizning mustaqil subyekt sifatida maqomini aks ettirish;
-millatimizning ozodligi, mustaqilligi va taraqqiyotiga ma`naviy-ruhiy tayanch bo`lishi;
-millatimizning o`zi bilan yonma-yon yashayotgan millat va elat vakillarini o`z atrofiga uyushtirish, ular bilan tinch-totuv yashash, ularga hurmat-ehtirom bilan qarash, yordam ko`rsatish, hamkorlikni mustahkamlash va ular asosida yagona O`zbekiston xalqi tuyg`ularining shakllanishiga manba bo`lishi;
-millatimizning zamonaviy sivilizatsiyalariga munosib hissa qo`shishiga ma`naviy-ruhiy kuch-qudrat va ilhom bag`ishlashi;
-O`zbekiston xalqida milliy xavfsizlik va milliy taraqqiyot ruhini shakllantirish va mustahkamlashning nazariy asosi bo`lishi;
- komil inson g`oyasini o`zida aks ettirish kabilar tashkil etadi.
XULOSA
1. Zardushtiylik dini uzoq yillar davomida shakllanib kelgan va ajdodlarimiz muqaddas deb bilgan dinlardan biridir. Zardushtiylik ibtidoiy tuzumdan quldorlikka o`tila boshlangan paytlarda Markaziy Osiyoda paydo bo`la boshlagan va alohida diniy dunyoqarash sifatida shakllangan. Bu dinning asoschisi Zardusht eramizdan avvalgi 660 yilda Xorazmda tavallud topgan. Bundan qariyb 3000 ming yil muqaddam yaratilgan zardushtiylik dinining muqaddas kitobi ,,Avesto”da dunyoning yaralishi, insonning xalq bo`lib kamol topishi, ezgulik uchun yovuz kuchlar bilan kurashi, erkinlik, ijodkorlik va bunyodkorlik yo`lidagi orzulari o`z ifodasini topgan.
2. ,,Ezgu fikr, ezgu so`z, ezgu amal” degan tamoyil ,,Avesto”ning tub ma`no-mohiyatini belgilab beradi. ,,Avesto”da zikrlangan bu g`oyalardan hozirgi zamon uchun ham behad ibratli saboq olish mumkin. Ezgu niyat, so`z va ish birligini jamiyat hayotining ustuvor g`oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi ma`naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy bog`liq, nechog`liq mustahkam hayotiy asosga ega ekani ayniqsa e`tiborlidir. ,,Avesto”da borliqning yaxlitligi va bir butunligi, inson hayotining tabiat bilan uyg`unligi masalasi odamning ruhiy olamiga chambarchas bog`liq holda ko`rsatilgani ko`p narsani anglatadi. Bu holat insonning ma`naviy dunyosini shakllantirishda atrof-muhit qadim zamonlardan buyon qanday kuchli ta`sir o`tkazib kelganiga yana bir bor e`tiborimizni jalb qiladi.
3. Birgina dunyoning ikkiga: yaxshilik bilan yomonlik, ezgulik bilan yovuzlik, hayot bilan o`lim, yorug`lik bilan zulmatga bo`linishi va ular o`rtasidagi kurashda yaxshilik, ezgulik, hayot va yorug`likning g`alaba qilishi to`g`risidagi tasavvurlarning o`ziyoq qadim ajdodlarimizning insoniyatning azaliy orzusi hisoblangan ezgu kuchlar va ezgulik haqidagi g`oyalari o`ta mukammal, adolatning tantana qilishi to`g`risidagi qarashlari esa bag`oyat buyuk bo`lganligini ko`rsatadi.
4. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub o`zgarishlar amalga oshirilayotgan, bozor munosabatlari ustuvor bo`lib borayotgan hozirgi sharoitda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish taraqqiyotimizning asosiy tamoyillaridan biri bo`lib kelmoqda. Mamlakatimizda milliy ma`naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasi asosiy vazifa qilib qo`yilar ekan, bugungi kunda ma`naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta`sir o`tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o`rin tutishini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo`ladi.
5. Ota-bobolarimizning asrlar davomida to`plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yodgorliklar orasida bundan qariyb uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan, ,,Avesto” deb atalgan bebaho ma`naviy obida alohida o`rin tutadi.
6. O`zbek xalq qahramonlik eposiga mansub ,,Alpomish”, ,,Go`ro`g`li”, ,,Rustamxon”, ,,Kuntug`mish” kabi turkum dostonlarning har biri yuksak darajada milliy xususiyatlarga ega bo`lishi bilan birga umuminsoniy, jahon ahamiyatiga molik mazmunni ifodalashi bilan ham ajralib turadi.
7. Milliy ma`naviyatimiz azaldan qanday omil va mezonlar negizida shakllanib kelayotgani xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram – sharqona yangi yil bo`lmish Navro`z ayyomi misolida ayniqsa yorqin namoyon bo`ladi. Barchamiz doimo orziqib kutadigan va katta xursandchilik, shodiyona bilan o`tkaziladigan Navro`z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, ko`p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi bo`lib kelmoqda.
8. Ma`naviyatning yuksalishi bilan chambarchas bog`liq bo`lgan yana bir mezon – muqaddas islom dinidir. Barchamizga yaxshi ma`lumki, din azaldan inson ma`naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzodning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to`g`risidagi orzu-armonlarini o`zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g`oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir.



Yüklə 58,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə