1. Individ va shaxs tushunchasi Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuvi bilan aloqadorligi



Yüklə 257,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix19.12.2023
ölçüsü257,55 Kb.
#153612
1   2   3   4   5   6   7
3-mavzu

Kichik maktab yoshi
da o„yin faoliyatining o„rnini endi o„qish faoliyati 
egallaydi. Bu juda qiyin o„tish davri bo„lib, bolaning bo„yi, og„irligi jihatdan uning 
tashqi ko„rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez Shikastlanadi. 
Muskullari tez o„sishi tufayli serharakat bo„ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi. 
Jismoniy o„sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab 
etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o„rganishga qiziquvchan bo„ladi. 
O„rta maktab yoshi
(o„smirlik 12-15 yosh). O„smirlikning murakkabligi 
anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o„zgarishlar bilan 
bog„liqdir. Bolaning o„sishi tezlashadi. Bu davrni o„tish davri ham deyiladi. Bu 
davrda jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe‟l-atvoriga ta‟sir etadi. O„smir 


hayotida mehnat, o„yin, sport va jamoat ishlari katta rol o„ynaydi. Ba‟zilarining 
o„zlashtirishi pasayadi, intizomi bo„shashadi. 
Katta maktab yoshi
akademik litsey, kasb-hunar kolleji o„quvchilari 
(o„spirinlik davri 15-18 yosh). Bu davr o„spirinlarning ilk balog„atga etgan 
davridir. Mazkur davrda jinsiy etilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. 
O„spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy 
darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, his-tuyg„ularida ham o„zgarish yuz 
beradi. O„z-o„zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish 
kuchayadi. Bu davrda, ular o„rtasida munozaralar o„tkazish yaxshi natija beradi. 
O„spirinlar o„z guruhiga intiladi. Shuning uchun ham o„spirinning barcha 
intilishlari ma‟lum maqsadga yo„naltirilgan bo„lishi zarur. Ularda o„quv fanlarini 
tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi. 
O„spirinlik 
bu ashliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o„z 
fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta 
boshlaydilar. Shunda o„qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g„o„r fikrlari va 
dunyoqarashlarini to„g„ri yo„naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o„z-o„zini 
anglash, ma‟naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi. 
Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o„zini tutishi, odamlar 
bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo„ladi. O„zini kattalardek his etish, 
o„ziga xosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o„ziga qaratishga harakat 
qiladi. Axloqiy muammolarni o„z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. 
Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o„z qiziqishlari bilan o„lchaydilar. 
Shu bois ularga katta yoshlilarning beg„araz, to„g„ri yo„nalish berishlari o„ta 
muhim. 
Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning 
jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir. 
Albatta, bu borada, ta‟lim muassasasida faoliyat ko„rsatayotgan yoshlar 
ijtimoiy harakati ta‟siri katta ahamiyatga ega. Chunki o„spirin-yoshlar mustahil 
hayot ostonasida bo„lib, ularning bu hayotga to„g„ri qadam qo„yishi uning 
jamiyatning faol fuqarosi bo„lishining muhim Shartidir. 



Yüklə 257,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə