1. Individ va shaxs tushunchasi Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuvi bilan aloqadorligi


ikkinchidan , tarbiya tufayli tug„ma kamchiliklar ham  o„zgartirilib, shaxs kamolga yetadi;  uchinchidan



Yüklə 257,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix19.12.2023
ölçüsü257,55 Kb.
#153612
1   2   3   4   5   6   7
3-mavzu

ikkinchidan
, tarbiya tufayli tug„ma kamchiliklar ham 
o„zgartirilib, shaxs kamolga yetadi; 
uchinchidan
, tarbiya yordamida muhitning 
salbiy ta‟sirini ham yo„qotish mumkin; 
to„rtinchidan
, tarbiya kelajakka qaratilgan 
maqsadni belgilaydi. 
3
Falsafa: qomusiy lug‟at (Tuzuvchi va mas‟ul muharrir Q.Nazarov). – Т.: Sharq, 2004. – 496 b. (149-b). 


Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta‟sir etadi, bu tarbiya doimiy va 
uzluksizdir. 
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham etakchi o„ringa 
ega bo„lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta‟sirida har 
tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. 
Shaxs rivojlanishiga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilayotgan tarbiya 
tizimi orqali amalga oshiriladi. Faqat tarbiya orqali insondagi rivojlanish 
imkoniyatlarini ro‟yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja 
asosida shaxsga ta‟sir yetiladi. Buning natijasida muhitdagi voqyealarning to‟g‟ri 
ijobiy ta‟sirini amalga oshirish imkoni tug‟iladi. Muhit bera olmagan narsalar tarbiya 
orqali hosil qilinadi, hatto tarbiya tufayli shaxsda tug‟ma kamchiliklarni ham 
o‟zgartirib shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Bundan tashqari tarbiya muhitning 
salbiy ta‟siri tufayli tarbiyasi izdan chiqqanlarni ham qayta tarbiyalaydi. Rivojlanish 
shaxs faoliyatidan tashqarida bo‟lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi 
uchun asos bo‟ladi. Pedagogik jihatdan to‟g‟ri uyushtirilgan har qanday faoliyat hoh 
o‟yin, mehnat, o‟qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta‟sir ko‟rsatadi. 
Shaxs ulg‟aya borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham shaklan o‟zgarib 
boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat turlari ham o‟zgarib boradi. Shu sababli bola 
hayotida o‟yin, o‟quvchi hayotida o‟qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta 
ahamiyatga egadir. 
O‟quvchi va o‟quvchilarning rivojlanishida o‟quv jarayonlarining ahamiyati va 
ta‟siri beqiyos kattadir. Bilimlarni o‟zlashtirish ularning tafakkurini o‟stiradi, ijodiy 
qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy vositasi bo‟lib qoladi. Bu jarayonda ularda 
ijtimoiy hulq mezonlari shakllanadi. Shaxs qaysi yoshda bo‟lishidan qat‟iy nazar, 
ularning rivojlanishida mehnat faoliyatining ahamiyati kattadir. Ayniqsa, mehnat 
insonning ham jismoniy, ham ma‟naviy kamol topishida muhim manba hisoblanadi. 
Mehnat jarayonida uning ishtirokchilari bir-birlari bilan aloqada bo‟ladilar, 
o‟zlarining nimaga qodir ekanliklarini ko‟rsatishga harakat qiladilar. Mehnat orqali 
Shaxsning axloqiy sifatlari tarkib topadi, ularda vatanparvarlik, mas‟uliyat, 
intizomlilik, faollik ortadi. Ular o‟z-o‟zini tarbiyalashga astoydil kirishadilar. O‟z-


o‟zini tarbiyalashga ota-ona, o‟qituvchining tarbiyaviy ta‟siri yanada samarali bo‟ladi. 
Tarbiya bilan rivojlanishning o‟zaro bir-biriga ta‟siri va munosabatlari mavjud
chunki qayerda tarbiya jarayoni muammolari to‟g‟ri hal etilsa, u Shaxs kamolotiga 
samarali ta‟sir ko‟rsatadi. Kamol topgan Shaxs tarbiyaning roli va imkoniyatlariga 
ishonch bilan qaraydi. 
Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta‟minlashi uchun boladagi rivojlanishning 
mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o‟zgarish sabablarini aniqlash zarur. 
Tarbiya haqiqatan rivojlantiruvchi omil bo‟lmog‟i uchun tarbiya jamiyatning tarbiya 
oldiga qo‟ygan talablarini, shaxsning o‟ziga xos xususiyatlarini bilishi zarur. 
Pedagogika fani shaxs rivojlanishida tarbiyaning yetakchiligini e‟tirof etish bilan 
birga ularning o‟zaro bir-biriga ta‟sirini tan oladi. 
Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil 
bo‟lmay, balki yosh hususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo‟ladi. Tarbiya 
jarayonida o‟sayotgan avlodning yosh va o‟ziga xos hususiyatlarini bilish va hisobga 
olish juda zarur. Ma‟lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o‟quvchi-o‟quvchilarning har 
birining o‟ziga xos hususiyatlari mavjud. 

Yüklə 257,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə