1. Elektron tijorat asoslari. Elektron tijorat tarkibiy qismlari



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#139918
1   2   3   4   5
9-Elektron tijorat tizimlari

Interaktiv moliyaviy amallar 
Internet paydo bulgandan beri iqtisodiy-moliya jarayonlari global miqyosda 
ortib bormoqda. SHu vaqtning o’zida moliyaviy muxitning dinamikasi kuchayishi 
uning barqarorligini susaytirmoqda, bu esa o’z navbatida inkirozga uchrash 
darajasini oshirada. 
Moliyaviy muxit o’z ma’nosiga ko’ra maksimal axborotlashgan va 
virtuallashgandir. SHu sababdan Internet texnologiyalari bank ishiga hamda 
brokirlik xizmatlariga singdirilmoqda. 
YAngi telekommunikatsiya qurilmalari moliyaviy operatsiyalarni tez va kam 
xarajatlar evaziga amalga oshirishni ta’minlaydi. 
Bank ishiga Internetni singdirish uch xil yo’ldan bormoqda: 

Bankning va boshqa xujjatlarni elektron qayta ishlash; 

Tulov tizimini kompyuterlashtirish, yaьni tulov operatsiyalarini 
kompyuterlar orqali amalga oshirish; 

Bankning ishchi stantsiyalari o’rtasida aloqani o’rnatish uchun 
telekommunikatsiya tizimlaridan foydalanish. 
Ixtiyoriy tadbirkor o’ziga xizmat ko’rsatish uchun bank tanlayotganda “Qulay, 
Ishonchli, Foydali” degan qoidaga rioya qiladi. Bu esa uning eьtiborini beixtiyor 
banklarning kompyuterlashtirilganiga va Internet-bank ishiga tushadi. 
Internet-bank ishi bu ma’lumotlar bazasi, dasturlar va boshqa qurollarning 
yig’indisidan iborat bo’lib, ma’lumotlarni bir joyga to’plash hamda ulardan 
Internetga ulangan kompyuterlardan foydalanish imkonini berish. 
Internet- bank ishini O’zbekiston Respublikasida tashkil qilish yo’nalishi va 
ular uchun ishlatiladigan dasturlar tijorat banklarining ravnaqiga va davlatning 
moliyaviy siyosatida muxim o’rin tutishi lozim. SHu maqsadda bank ishi sohasida 
katta yutuqlarga erishgan davlatlar tajribasini o’rganishimiz lozim 
Elektron tijorat va elektron to’lov tizimi 
Elektron savdo- sotiqning yaratilishiga 1970 yilda AQSH da ma’lumotlarni 
kompyuter tarmoqlarida elektron ko’rinishda - EDI(Electronic Data Exchange) va 
banklar orasida pullarni elektron almashishning paydo bo’lishi asos bo’ldi. 
Internetni rivojlanishi xamma savdo- sotiq bilan shug’ullanadigan firmalarning 
hamda mijozlarning bu texnologiyaga bulgan qiziqishi tezda ortdi. Internet sub’ekt 


darajasida elektron savdo-sotiqni rivojlanishiga olib keldi. Kichik korxonalar va 
shaxslar, o’zlarining tijorat kelishuvlari va boshqa turdagi operatsiyalarini elektron 
rejimda, yaьni aniq vaqt (on-line) rejimida – pul almashtirish bankomatining ishlash 
rejimida olib borishadi. Bankomat bilan prossing markaz o’rtasida bo’ladigan 
hamma operatsiyalar va xisob raqamlar bo’yicha tranzaktsiyalar real vaqt birligida 
amalga oshiriladi. 
Elektron savdo- sotiq asosida yangi savdo- sotiq korxonalarini –elektron 
dukonlarni yaratmoqda, rakobatning kattaligi sababli ularda yangi turdagi xizmatlar 
va tovarlar paydo bo’lmoqda. 
Elektron savdo- sotiq asosiy momenti bo’lib tovarlarni Internetda aylanishi 
xisoblanadi. 
Tovarning aylanishi , uni sotishga muljallangan tuliq kompleks tadbirlar asosida 
amalga oshirilishi lozim. Ular axborotni ishlab chiqish va ishlatish, reklama
tadbirlari va shunga o’xshash tadbirlardir. 
Tovarning Internetda aylanishining quyidagi usullari bor 

Bannerlar orqali reklama 

Offlayn reklama 

Qidiruv tizimlariga va kataloglarga ro’yxatga o’tish orqali reklama 
Bannerlar orqali reklama. Banner (inglizcha banner – katta xarflar bilan yozilgan 
sarlavxa) reklama beruvchining WEB-saxifasi bilan giperssilka orqali bog’langan 
aniq ko’rinishga ega rasmdir. Bannerlarning qo’yidagi o’lchovlari keng 
tarqalgan: 468x60, 400x50, 88x31. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə