1. Boshqaruv subyekti



Yüklə 88,68 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü88,68 Kb.
#168837
  1   2   3
16-variant


1.
Boshqaruv subyekti - boshqaruv obyektining katta-kichikligi
va o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib tashkil etiladi.
Lekin, boshqaruv subyekti har doim ishlab chiqarish va
xo‘jalik jarayonlarini o‘zgarishiga ko‘ra obyekt shakli va unga
ta’sir etuvchi usullami belgilaydi hamda takomillashtirib boradi.
Boshqaruvchi kichik tizim boshqaruv obyektni tartibga soladi,
36
maqsad va dasturlami boshqaruv funksiyasiga ko‘ra ishlab chiqadi
va ulami nazorat etadi. Demak, boshqaruv subyekti korxona
tizimida faol rol bajarar ekan.
Yana, boshqaruv subyekti boshqaruvning yetakchi funksiyalarini:
marketing, rejalashtirish, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil,
tartibga solish hamda nazorat va auditlami amalga oshiradi.
Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda korxona faoliyatining
tashkil etish va yuritishni marketing qonunlari, tartiblari va
tamoyillarini bilmasdan turib amalga oshirish mumkin emas.
Chunki, marketing ilmi asosida eng maqbul dasturlar yoki rejalar
ishlab chiqiladi.
Boshqaruv tizimi sifatida marketing faoliyatini asosiy
tamoyillari mazmuni quyidagi ko‘rinishni oladi:
■ ishlab chiqarishni bozordagi talabga mos tushishi;
■bozordagi holat va korxonani haqiqiy ishlab chiqarish
imkoniyati;
■ xaridor va buyurtmachilar talabini yanada to‘laroq qondirish;
■aniq bozorlarda mahsulot va xizmatlami ko‘zda tutilgan
hajmda va belgilangan muddatda sotish;
■ ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini uzoq muddatli rentabelli
ishlashini ta’minlash;
■tanlab olingan marketing strategiyasi va taktikasiga qat’iy
amal qilish (bozor holatini e’tiborga olgan holda);
■doimo o‘zgarib turuvchi bozor holatiga va xaridor talabiga
moslashish.
Mazkur sanab o‘tilgan tamoyillarga amal qilish va marketing
dasturini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish bevosita analitik
hisob-kitoblar bilan chambarchas bog‘langan. Bu jarayonlar
asosida juda ko‘plab iqtisodiy tahlil ishlari bajariladi. Ulaming
asosiylari quyidagilardan iboratdir:
■korxona iqtisodiga tashqi va ichki muhitni ko‘rsatadigan
ta’siri tahlili;
■bozor holati tahlili (keng ko‘lamda, tovar guruhlari va
alohida tovarlar bo‘yicha);
■ iste’mochilar va sotib oluvchilar tahlili;
■ raqobat holati tahlili;
37
■ bozordagi baho hamda o‘z baxosini belgilash taktikasi tahlili;
■ moliyaviy natijalar tahlili;
0 ‘rganilgan tashqi va ichki muhit hamda holat, mavjud
imkoniyatlaridan kelib chiqib korxona ishlab chiqarish faoliyati
uchun joriy biznes rejasi tuziladi
Biznes rejada har bir element puxta tahlil qilish asosida
belgilanadi. Chunki, ular real istiqbolli hamda eng asosiysi
samarali bo‘lishi shart.
Korxonada biznes reja quyidagi bo‘limlardan iboratbo‘ladi:
1. Kirish-rezyum.
2. Ishlab chiqarish maqsadi-ishlab chiqariladigan mahsulotlar
ro‘yxati (ulaming afzalligi yoki farqi boshqa ishlab chiqamvchilar
bilan taqqoslanadi).
3. Mahsulot sotiladigan bozor holatini belgilash (zaruriy
ma’lumotlar to‘plash va ulami tahUl qilish).
4. Asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha raqobatbardoshlikni
aniqlash (ishlab chiqarish hajmi, sotish hajmi, mahsulot sifati, baho
darajasi, o‘rtacha foyda).
5. Marketing strategiyasi.
6. Ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish quwati, hom-ashyo
resurslari, mutaxassislar).
7. Tashkiliy tamoyillar (ishlab chiqarish xizmati, ulami muvofiqlashtirish,
o‘zaro harakati va bir-birini nazorat etish tartibi).
8. Tijorat tavakkali va chorasi.
9. Moliyaviy reja.
10. Moliyalashtirish strategiyasi.
11. Tovar-material ta’minoti va shu kabilar.
Albatta biznes rejaning har bir bo‘limi hisob-kitob qilinib,
umumlashtirilganda korxona ishlab chiqarish faoliyatidan oladigan
foydasi eng quyi ko‘rinishda tarmoqda erishilgan o‘rtacha foyda
me’yoridan past bo‘lmasligi kerak.
Ko‘rinib turibdiki rejaning har bir bosqichi hamda uning
elementlari tahlil asosida puxta qilib tuziladi.
Demak, ishlab chiqilgan reja vositasida qo‘yilgan maqsadga
erishish uchun boshqariladigan obyektni samarali funksiyasi
yo‘nalishi aniq belgilanadi.
38
Belgilangan rejalaming amalda qanday bajarilayotgani yoki
ishlab chiqarishni borishi to‘g‘risida real ahvolni buxgalteriya hisobi
yordamida o‘rganiladi. Buxgalteriya hisobida shakllangan
ma’lumotlar pirovard natijada boshqaruv ehtiyojlari uchun ishlatiladi.
Boshqaruv qarorlari esa tahlil ma’lumotlariga asoslanadi.
Demak, iqtisodiy tahlil reja, bozordagi ahvol va buxgalteriya hisobi
ma’lumotlari asosida obyektdagi o‘zgarishni miqdor va sifat
jihatdan o‘rganadi hamda baho beradi. Uning yordamida yo‘l
qo‘yilgan kamchiliklar topiladi hamda tugatiladi, obyektni yanada
rivojlantirish yo‘llari belgilanadi yoki samarali ishlashni
ta’minlaydigan yo‘nalishga o‘tkaziladi. Bu esa, boshqaruv
qarorlarini nechog‘lik real qabul qilinishiga asos bo‘ladi.
Demak, buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlar ham
iqtisodiy tahlil vositasida qayta ishlanar ekan. Bu bilan iqtisodiy
tahlilning boshqaruv faoliyatidagi o‘mi yanada yaqqolroq
ko'rinadi.
Boshqaruv jarayonida tartibga solish funksiyasi - boshqaruvchi
subyektning eng maqbul boshqaruv qarorlarini qabul
qilishda o‘ta muhim hisoblanadi. Bu bilan, o‘rganilayotgan obyektga
kompleks yondashilib, butun bir tizimni ijobiy va salbiy jihatlari
nazarda tutilgan holda eng maqbul choralar yoki tadbirlar
belgilanadi. Natijada, boshqaruv obyekti faoliyati yoki dasturidagi
salbiy holatlar tugatiladi va boshqaruv dasturlariga aniqlik
kiritiladi. Mazkur ishlar bevosita iqtisodiy tahlil yordamida amalga
oshiriladi. Chunki, tartibga solinayotgan har bir obyekt har
tomonlama chuqur o‘rganiladi.
Boshqaruvda asosiy faoliyatni ishonchliligini ta’minlashda
nazorat etishning ham roli kattadir. Uning yordamida faoliyatning
borishi, ulaming nechog‘lik haqqoniyligi tekshiriladi. Tekshirish
jarayonini sifati, ishonchliligi oshirish uchun tahlilning usullari,
tamoyillaridan foydalaniladi va shu asosda kerakli xulosalar yoziladi.
Misol uchun, korxonada audit tekshirishlarida moliyaviy holat;
moliyaviy barqarorlik; moliyaviy natijalar va shu kabilami o‘rganadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan boshqaruvning barcha ftmksiyalari
korxonani iqtisodiy rivojlanishi uchun tayinlangan. Biroq,
korxonani faqatgina iqtisodiy tizim deb qarash ham, unga bir
39
tomonlama yondashishini keltirib chiqaradi. Chunki, uning o‘ziga
xos moddiy-texnik, ijtimoiy, ekologik va boshqa shu kabi jihatlari
ham mavjud.
Demak, korxona tizimida moddiy-texnik, ijtimoiy, ekologik
jarayonlami ham tahlil etish undagi mazkur yo‘nalishdagi haqiqiy
ahvol va uning takomillashtirish masalalarini o‘rganadi va ularga
ta’sir etadi.
Bulaming natijasi esa, iqtisodiy jarayonlarga ko‘rsatgan ta’siri
bilan aniqlanadi.
Fikrimizni umumlashtirib, shu narsalami aytish mumkinki,
iqtisodiy tahlil korxonani boshqarishni muhim funksiyalaridan biridir.
Uning yordamida:
a) boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslanishi ta’minlanadi;
b) mulk va mablag‘lardan foydalanishning muqobillik
shartlarini belgilaydi va boshqamvchi ular qatoridan o‘zi uchun
maqbul bo‘lgan optimal variantlami tanlaydi;
v) istiqbolli boshqarish uchun zamin tayyorlaydi.
Bozor iqtisodiyoti - bozoming o‘ziga xos qonunlari, funksiyalari
va vazifalarini bajarishga asoslangan iqtisodiy munosabatlami
alohida shaklidir. Bu jarayonda bozor munosabatlarining barcha
jihatlari, xususiyatlari amal qiladi. f
Bozor subyektlari ya’ni ishlab chiqaruvchilar yoki xaridorlar,
mavjud tarkib topgan tizimda talab va taklif, pul muomalasi,
raqobat, inqiroz va shu kabi tomonlarga moslashib, o‘z faoliyatini
amalga oshirishi shart. Bu esa ulami mazkur sharoitda yashab
qolish yoki rivojlanishini ta’minlaydi. Aks holda, ular o'zlari
oldiga qo‘yilgan maqsadga erisha olmay'bozor munosabatlarida
o‘rinlarini yo‘qotadilar.
Demak, korxonalar bozordagi mavjud holatni va o‘zlaridagi
ichki imkoniyatlami chuqur o‘rganmay turib faoliyatlarini amalga
oshira olmaydilar yoki qo‘yilgan maqsadga erisha olmaydilar.
Bozor munosabatlarida korxonalar faoliyatini boshlashi yoki
davom ettirishidan oldin, dastavval uning va o‘zining barcha holat
va imkoniyatlarini chuqur tahlil qilishga majbur. Natijada,
tavakkalchilikka asoslangan, lekin ayni paytda ilmiy asosiga ega
40
bo‘lgan faoliyat dasturi ishlab chiqiladi. Dasturga amal qilish esa
mablag‘lardan to‘g‘ri va samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Bozor munosabatlarini rivojlanib, tobora takomillashib borishi
korxonalarda tahlil qilinadigan, o‘rganiladigan obyektlar sonini
ham ko‘payitirib, murakkablashtirib bormoqda. Jumladan,
bozordagi infrastruktura xizmatidan boshlab to korxonadagi
ta’minot, ishlab chiqarish, sotish va boshqa hisob-kitoblar hamda
moliyaviy munosa-batlargacha, qiymat yaratilishi va erishilishining
barcha bosqichlari va shu kabilar ular uchun tahlil obyekti bo‘lib
qolmoqda. Ayniqsa, 2009-yildan boshlangan jahon moliyaviyiqtisodiy
inqirozi iqtisodiy tahlil ishlarida ham jiddiy kamchiliklar
mavjudligini va bu borada ko‘plab ishlami amalga oshirish
zanmigini ko‘rsatib berdi.
Ma’lumki, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot
o‘zgaruvchanlik tavsifiga ega. Korxonalar o‘z faoliyatini har doim
uzluksiz uning talablarga moslashtirib boradi. Bu jarayon
korxonada marketing tadqiqotlarini ishlab chiqish va unga amal
qilishni talab etadi.
Demak, tashqi va ichki muhit ta’siridan kelib chiqqan holda
korxonalar o‘z faoliyatini marketing yo‘nalishida olib borishga
majbur. Natija esa, strategiya va taktikani hamda unga muvofiq
keluvchi dasturlar va rejalarni ishlab chiqishni ta’minlaydi.
Bozor sharoitida ilmiy asosda ishlab chiqilgan biznes-rejalar
harakat uchun ko‘llanmadir. Rejani ilmiy asosda bo‘lishi bevosita
iqtisodiy tahlil ishlari bilan bog‘langandir. Chunki, reja
ko‘rsatkichlari bozordagi holat, o‘tgan yillar tajribasi, belgilangan
me’yorlar, yetakchi korxonalar hamda ichki imkoniyatlar
ahvolidan kelib chiqib belgilanadi.
Mazkur tadbir mulk egalari uchun o‘ta muhim hisoblanib,
mablag‘lardan foydalanishda eng yaxshi deb tanlangan samarali
yo‘nalishning har bir bosqichida amalga oshiriladigan xatti-harakat
aniq belgilanib olinadi. Undan kutiladigan natijalar esa ilmiy
asosda hisob-kitob qilinadi. Demak, rejalashtirish ishlarining har
bir elementi dastawal turli usullar bilan muqobillik asosda tahlil
etiladi. Natijada esa, eng maqbul faoliyat deb tanlab olingan
41
yo‘nalish uchun mablag‘lardan foydalanishda imkon qadar
samarali chora-tadbirlar ilmiy asosda ishlab chiqiladi.
Korxonalar ishlab chiqarish va tijorat ishlarini amalga oshira
boshlaganida haqiqiy ma’lumotlar olinib uni reja ko‘rsatkichlari
bilan taqqoslanib ko‘riladi. Bu bilan rejaning naqadar realligiga
baho beriladi, yuzaga kelgan ijobiy yoki salbiy holatlar aniqlanadi
hamda qay darajada imkoniyatlar ko‘zda tutilgani o‘rganiladi.
Haqiqiy ma’lumotlar bevosita bozordagi holat bilan ham
bog‘lanadi. Bozordagi o‘zgarishlar va ulaming korxona faoliyatiga
ijobiy yoki salbiy ta’sirini tezkorlik bilan tahlil qilinadi. Shu asosda
tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.
Demak, bozor sharoitida iqtisodiy tahlil vositasida barcha
jarayonlar aniq faktlar bilan analitik usulda tahlil qilinib, ulami
sintez yo‘li bilan umumlashtirib tegishli qarorlar qabul qilinadi
hamda korxona faoliyatiga ta’sir o‘tkaziladi.
Albatta, iqtisodiy tahlil bozor sharoitida faqatgina haqiqiy
holatni o‘rganib uni ijobiy tomonga o‘zgartirish vazifasini
bajaribgina qolmaydi. Balki uning vositasida korxona faoliyati
bilan qiziquvchi tashqi shaxslar uchun ham zarur bo‘lgan
ma’lumotlar tayyorlanadi. Bu bilan korxonani moliyaviy holati
hamda iqtisodiy imkoniyati to‘g‘risida ham to‘la tasawur hosil
qilinadi. Natija esa, korxonaga ko‘plab hamkorlar jalb qilinish
imkoniyati oshadi.
Bozor munosabatlari sohasida har qanday xo‘jalik yurituvchi
subyektning o‘z tasarrufidagi barcha resurslar — moliyaviy, moddiy
va mehnat resurslari harakati hamda ulardan foydalanish
samaradorligini to‘g‘ri boshqarishni ta’minlashi zarur bo‘ladi.
Ammo, ko‘pgina korxona va tashkilotlar iqtisodiy mustaqilliq
hamda ichki va tashqi bozorda bitimlar tuzish huquqini qo‘lga
kiritganlaridan so‘ng xo‘jalik yuritishning yangi sharoitlariga
tayyor emasliklari ayon bo‘lib qoldi. ;
Bozor iqtisodiyoti sohasida boshqaruv subyektlariga faqat
axborotga ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi. Bu axborot bilan
ishlash, to‘g‘ri xulosalar chiqarish va ulardan ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish zarur bo‘ladi.
42
Samarali boshqarishda eng muhimi axborot va undan foydalana
bilishdir.
Iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan
biri uni tahlil qilishdir. Tahlil davomida xo‘jalik faoliyatini
o‘rganishda hamda xulosalar chiqarishda asos bo'ladigan bir qator
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Iqtisodiy tahlilning ikki xil yo‘nalishini ko‘rsatish mumkin:
1. Sanoat korxonalarining xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish;
2. Iqtisodiyot tarmoqlarining boshqa tarmoqlarini tahlil qilish.
Bunda iqtisodiy rayonlar, hududlar va butun iqtisodiyot
tarmoqlarini tahlil qilish tushuniladi. Shuni aytish kerakki,
iqtisodiyot tarmoqlarini tahlil qilish iqtisodiy fanlar majmuasida
mustaqil o‘rin olmagan bo‘lib, u siyosiy iqtisod va tarmoqlar
iqtisodiyoti kurslarida o‘rganiladi. Holbuki, korxonalarning
xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish iqtisodiy fanlar qatoridan o‘ziga xos
mustaqil o‘rin olgan.
Hozirgi sharoitda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini
jadallashtirishda, iqtisodiyotdagi noqulay yo‘nalishlami tez bartaraf
etishda iqtisodiyotni boshqarishni tubdan qayta isloh qilishni
jadallashtirish birinchi navbatdagi vazifadir. Iqtisodiy tahlilni
takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari iqtisodiyotni
boshqarishni qayta qurishning mohiyati va uni amalga oshirish
tamoyillari bilan bevosita belgilanadi. Iqtisodiyotni boshqarishni
tubdan qayta qurishning mohiyati - barcha darajalarda asosan
ma’muriy rahbarlik usullaridan iqtisodiy usullarga, manfaatlar
orqali boshqarishga, boshqarishni keng demokratiyalashga, inson
omilini butun choralar bilan kuchaytirishga o‘tishdir. Hozirgi
bosqichda tub islohotni amalga oshirish bozor iqtisodiyoti
afzalliklarini mumkin qadar to‘laroq ro‘yobga chiqarish imkonini
beradigan yaxlit, samarali va epchil boshqarish sistemasini vujudga
keltirishni taqozo qiladi.
Xo‘jalik faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarish ko‘pgina ta’sir
etuvchi omillarga, shartlarga va holatlarga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, korxonalar faoliyatini boshqarishda
boshqaruv funksiyasi asosiy mavqeini egallaydi, shu bilan birga
tahlil ham. Ushbu funksiyalaming toTiq faoliyati va darajasi ko‘p
43
jihatdan ulaming uslubiyatiga bog‘liqligi bilan, bundan tashqari
boshqaruv obyektida fanning predmetini o‘z vaqtida aniq tushunishi
bilan ajralib turadi.
Bizga ma’lumki, odatda har qanday fan o‘z predmeti orqali
obyektiv borliqning qaysidir tomonlari va qismlarini tushuna oladi.
Aynan bitta obyektni turli xil fanlar o‘zining ixtisoslik tomonlaridan
yoki aloqalaridan kelib chiqib turlicha qarashi mumkin. Ko'rinib
turganidek, xo‘jalik faoliyati o‘zining mazmuni va strukturasi
jihatidan murakkab obyekt ekanligi bilan ajralib turadi.
Shu sababli korxonalaming xo‘jalik faoliyatini ko‘pgina
iqtisodiy fanlar hamda boshqa fanlar o‘rganishi mumkin.
Har bir fan jamiyat, tabiat va idroklash, taraqqiyot haqida
ma’lum bir bilim beradi. Bunday bilim berishda yoki o‘rganishda
tabiat va jamiyatni rivojlantirishdagi umumiy qonuniyatlariga,
tamoyillariga amal qiladi.
2. Tahlilning maqsadini aniqlash va unga yondoshish yo‘llarini
belgilash. Bu bosqichda korxonani ko‘rsatkichlari ulaming xalq
22
xo'jaligi, tarmoq bo‘yicha miqdorlariga, o‘tgan davr va rejadagi
hajmlariga. Boshqa turdagi korxonalar ko‘rsatkichlariga solishtirish.
Tahlil uchun qilingan axborotlar sifatiga baho berish. Bu
bosqichda axborotlaming to‘g‘riligini hisobotlardagi ko‘rsatkichlaming
tahlil talablariga javob bera olishligi tekshiriladi.
Tahlilning usullaridan foydalangan holda tahlil o‘tkazish va
uning natijalarini rasmiylashtirish. Ushbu bosqichda bevosita tahlil
o‘tkaziladi va unda uning usullari majmuasidan foydalaniladi,
tegishli xulosa chiqariladi.

Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə