1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Boshqarmaning huquqlari va majburiyatlari



Yüklə 17,63 Kb.
səhifə3/5
tarix17.04.2023
ölçüsü17,63 Kb.
#105909
1   2   3   4   5
MTT nizomi

3-bob. Boshqarmaning huquqlari va majburiyatlari 

11. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifa va funktsiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:


- tuman, shahar maktabgacha ta’lim bo‘limlari, maktabgacha ta’lim muassasalaridan ularning vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha hujjatlar, statistik ma’lumotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotlarni olish;
- boshqarmaga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog‘liq hujjatlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligiga kiritish;
- maktabgacha ta’lim tizimiga oid masalalarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyati ishlarini takomillashtirish, ularning o‘quv-metodik va moddiy bazasini mustahkamlash, yuqori kasbiy darajaga ega bo‘lgan malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligiga kiritish;
- maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishda o‘zining samarali hissasini qo‘shgan pedagoglar va rahbar kadrlarni rag‘batlantirish va mukofotlashga tavsiya etish;
- o‘z vakolati doirasidagi kiradigan masalalar bo‘yicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
- boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tizimdagi tashkilotlar va maktabgacha ta’lim muassasalari hisobotlarini eshitish va muhokama qilish;
- maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish huquqlariga egadir.
Boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

12. Boshqarma quyidagilarga majbur:

- amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarini, Maktabgacha ta’lim vazirligi vazirligi hay’ati bayonnomasi qarorlarini, me’yoriy hujjatlarini o‘z vaqtida, qat’iy va samarali bajarishga;


- o‘ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob berishga;
- o‘z faoliyati to‘g‘risida ochiq axborotlar bilan tanishish erkinligini ta’minlash;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotlar taqdim etish.
Boshqarmaga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.


Yüklə 17,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə