1-амалий машғулот. Futbol musobaqalarni tashkil etish va o'tkazish. Ишдан мақсад


Maydonning turli nuqtalaridan beriladigan zarbalar turlari



Yüklə 304,02 Kb.
səhifə17/29
tarix05.06.2023
ölçüsü304,02 Kb.
#115549
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
1 амалий маш улот Futbol musobaqalarni tashkil etish va o\'tkazi

Maydonning turli nuqtalaridan beriladigan zarbalar turlari Maydonning u yoki bu nuqtasidan ijro etiladigan zarba erkin yoki jarima zarbasi bo’lishi mumkin.
Erkin yoxud jarima zarbasi ijro etilayotganda to’p harakatsiz holda bo’lishi shart. Zarba ijro etuvchi futbolchi to’p boshqa bir futbolchining oyog'iga tekkandan so'nggina to'pni tepishi mumkin.

  1. Qoida

Jarima to’pi va erkin zarba Jarima zarbasi
• Agar jarima zarbasi ijro etilganidan so’ng to’p futbolchilardan hech biriga tegmasdan raqib darvozasi to’riga borib tushsa, "darvoza ishg’ol etilgan", deb hisoblanadi.
• Agar jarima zarbasidan so’ng to’p futbolchilardan hech kimga tegmay, o’z darvozasiga borib tushsa, raqib komanda foydasiga burchak to’pi belgilanadi. (Ya’ni, y ■ AVTOGOL hisoblanmaydi!)


ERKIN ZARBA
Majburiy ishora
Erkin zarba berilishi oldidan hakam qo’lini boshi uzra ko’tarib, zarba berilgach, to’p o’yinchilardan biriga tekkuncha, yoki maydonni tark etguncha qo’lini tushirmaydi.
To’p darvozaga borib tushdi
Erkin zarba yo’llangandan keyin faqatgina to’p o’yinchilardan biriga tegib, darvozaga borib tushgan holdagina gol inobatga olinadi.

  • Agar erkin zarbadan so’ng, to’p hech kimga tegmasdan raqib darvozasi to’riga borib tushsa, gol hisoblanmaydi va to’p darvoza maydonchasidan o’yinga kiritiladi.

  • Agar erkin zarba ijro etilgandan so’ng to’p hech bir o’yinchiga tegmasdan, o’z darvozasi to’riga borib tushsa, raqib komanda foydasiga burchak to’pi beligilanadi.

Maydonning turli nuqtalaridan zarba ijro etish
Jarima maydoni ichidan jarima yoki erkin zarba ijro etish
Erkin yoki jarima zarbasi ijro etilayotganda himoyalanayotgan jamoa o’yinchilari:

  • to’pdan kamida 9,15 m masofada turishadi;

  • to’p o’yinga kiritilgunga qadar, raqib jamoa o’yinchilari jarima maydoni tashqarisida turishi kerak;

  • To’pga oyoq bilan zarba berilgach, hech bir o’yinchiga tegmasdan jarima maydonini tark etgan lahzadan boshlab, to’p o’yinga kiritilgan deb hisoblanadi;

  • darvoza maydonchasi ichida qayd etilgan qoida buzilishi uchun belgilangan erkin yoki jarima zarbasi bu maydonchaning istalgan nuqtasidan amalga oshiriladi.


Yüklə 304,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə