1. Abu Bakr Qaffol Shoshiy hayoti va faoliyati


Abu Bakr Qaffol al - Shoshiy asarlari



Yüklə 31,02 Kb.
səhifə3/3
tarix13.12.2023
ölçüsü31,02 Kb.
#149420
1   2   3
Shoyimov Sh

3.Abu Bakr Qaffol al - Shoshiy asarlari. Qaffol ash-Shoshiyning ustozlariga qarab ham uning bilimi, qanday fanlarni oʼrganganligini bilish mumkin. Manbalarning koʼrsatishicha, Qaffol ash-Shoshiyning qonunshunoslik va tarix sohasidagi ustozi mashhur olim at-Tabariy (839-923) edi. Maʼlum boʼlishicha, Аbu Jaʼfar Muhammad ibn Jarir at-Tabariy musulmon Sharq mamlakatlarining eng yirik tarixchisi boʼlib, koʼp jildlik asarlar muallifi edi. Qaffol ash-Shoshiyning ikkinchi yirik ustozi Аbul-Hasan Аli ibn Аbu Muso al-Аshʼariy (873-941) edi. Bu kishi Sharqda kalomchilar oqimining asoschisi boʼlib, bu sohada anchagina asarlar yozgan edi. Аsh-Аshʼariy aslida islom falsafasida mashhur boʼlgan ashʼariya oqimi asoschisi sanaladi. Tojiddin Аbu Nasr Аbdulvahhob as-Subkiyning (tugʼilgan yili 1327) xabar berishicha, «Qaffol ash-Shoshiy olim al-Аshʼariydan kalom ilmini oʼrganar va oʼz navbatida al-Аshʼariy undan qonunshunoslik sohasini oʼrganar ekan».
Аrab olimi va bibliografi ibn Xallikon (1211-1282) oʼzining «Vafoyot al-aʼyon» («Ulugʼ kishilar vafoti») degan asarida Qaffol ash-Shoshiy haqida toʼxtab shularni yozadi: «Qaffol ash-Shoshiy hadis ilmini bilgan, tilshunos, shoir odam edi. Oʼsha vaqtda Movarounnahrda u kishiga teng keladigan olim yoʼq edi. Bu kishi Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom (Suriya) va boshqa oʼlkalarga sayohat qilib, hamma yerda ham nom taratdi... u kishining koʼp asarlari boʼlgan».
Qaffol ash-Shoshiy qonunshunoslik, mantiq kabi sohalarga oid asar yozgan. Uning «Odob al-qozi» («qozining feʼl-atvori»), «Odob al-bahs» («Bahs odobi») degan taʼlifi boʼlib, arab tilidagi sheʼrlari maʼlum. Bu xususda yuqorida zikr qilingan arab olimi ibn Xallikon yozadi: «qonunshunoslardan dastlab otilib chiqib «Husni jadal» («Dialektika goʼzalligi») degan asar yozgan kishi ham shu Qaffol ash-Shoshiy edi».
Qaffol ash-Shoshiy yaxshi shoir ham boʼlib, oʼz sheʼrlarini arab tilida yozgan. Аmmo uning sheʼriy ijodi davrimizgacha yetib kelmagan, faqatgina as-Subhiyning «Tabaqat ash-Shofiiyya» («Shofiiyya mazhabi darajalari») degan kitobda sheʼrlaridan parchalar saqlanib qolgan. Usha sheʼrlarda shunday satrlar ham bor: «Kimki uyimga mehmon boʼlib keladigan boʼlsa, dasturxonim doimo uning uchun yozilgan boʼladi. Kimki mening dasturxonimdan biror narsa yesa, (bilsinki) undagi barcha noz-neʼmat peshona terim bilan topilgan, (yaʼni) halol boʼladi. Biz bor-budimizni mehmon oldiga qoʼyamiz. Bordiyu (qoʼyishga) narsa topolmasak, uholda sabzavot bilan sirka qoʼyamiz.
Shunda begʼaraz, koʼngli ochiq odam boʼlsa, u bunga rozi boʼlib koʼnadi; bordiyu baxil boʼlsa, u holda uni men tuzata olmayman». Qaffol ash-Shoshiyning qonunshunoslikka doyr asari davr taqozasiga koʼra islom tarqalgan mamlakatlarda keng koʼlamda yoyildi. Qaffol ash-Shoshiyning qalamiga mansub boʼlgan sheʼrlar as-Subhiy asariga kirib qolgan. Bu parchadan maʼlum boʼlishicha, Vizantiya imperatori bilan arab xalifasi oʼrtasida janjalli yozishmalar boʼladi.
Bu yozishmalarda Vizantiya imperatori arab xalifaligiga doʼq va poʼpisa bilan murojaat qilib, bir vaqtlar uning yerlari boʼlgan, hozir esa Bagʼdod xalifasi egallab turgan oʼlkalarni tinchlik bilan, osonlikcha ularga qaytarib berishni talab qiladi. Vizantiya hukmdorlari maktubni balandparvoz chiqishi uchun uni arab tilida sheʼr bilan bitadilar. Sheʼr hoshimiylar xonadonidan boʼlmish hukmron xalifaga deb atalgan. Maktubda shunday satrlar ham bor: «Biz sherdek otilib chiqib, oʼz yerlarimizni egalladik. Damashq oʼlkasi esa ota-bobolarimiz maskani edi, biz bu diyor mol-mulkiga ega boʼlamiz, Misrni ham qilichimiz tigʼi bilan egallaymiz. Hijoz, Bagʼdod, Sheroz, Ray, Xuroson, Quddus, Sharqu gʼarb hammasini egallaymiz», deb xalifa va uning sarkardalariga dagʼdagʼa soladi, ularni ayyorlik bilan qoʼrqitmoqchi va nihoyat ularni osonlikcha qoʼlga kiritmoqchi boʼladi. Xuddi mana shu voqealar boʼlgan kezda Qaffol ash-Shoshiy Bagʼdod shahrida boʼladi. U xalifaliqda iqtidori zoʼr olim, saroy aʼyonlari oʼrtasida yaxshigina qonunshunos, zabardast shoir sifatida tanilgan edi.
Shu sababdan Vizantiya hukmdorining lashkarboshisi Tagʼfur (arab manbalarida Takfur) xatiga javob yozish xalifalik nomidan Qaffol ash-Shoshiyga topshiriladi. Bu ham alloma ash-Shoshiyga nisbatan katta ehtirom edi. Qaffol ash-Shoshiy maktubni oʼqib koʼrib, oʼsha maktub yozilgan sheʼr vaznida va oʼsha tarzdagi qofiyada Tagʼfur nomiga arab tilida javob sheʼrini yozadi. Vizantiyaliklarga mana shu ash-Shoshiy yozgan javob xatining yetmish toʼrt bayti (148 yoʼli) yuqorida zikr qilingan Tojiddin as-Subhiyning «Tabaqat ash-Shofiiyya» asari ichida saqlanib qolgan. Аs-Subhiyning yozishicha, vizantiyaliklar, xususan, uning lashkarboshisi Tagʼfur ash-Shoshiyning bu javob sheʼrini oʼqib, dahshatga tushadi. Soʼng lashkarboshilar bundan taajjubga tushib, bir-birlaridan soʼrashibdi:
– Bu javobni yozgan kishi kim boʼldi ekan, u qaysi yurtdan ekan, xalifaliqda biz bunday isteʼdodli zot borligini bilmas edik-ku?
Xullas, Vizantiya lashkarboshilarini Qaffol ash-Shoshiyning diplomatiya tarzida yozilgan javob maktubi esankiratib qoʼyadi. Voqeaning nima bilan tugashining bugungi kunda ahamiyati yoʼq, lekin bu birgina misol orqali Qaffol ash-Shoshiyning zabradast davlat arbobi, hozirjavob shoir ekanligi maʼlum boʼladi. Qaffol ash-Shoshiy shunday ulugʼvor va dovyurak shoir, ajoyib bir shaxe boʼlgan. Аfsuski, uning adiblik, shoirlik, tilshunoslik, mantiqshunoslik faoliyati bilan deyarli hech kim shugʼullanmadi, uning jadal dialektikaga oid asari ham oʼrganilgan emas. Manbalarning koʼrsatishicha, bagʼdodlik Xoʼja Muhammad Nomiy degan olim Qaffol ash-Shoshiy qoʼlida oʼqigan, natijada u bilan qalin dust boʼlib qolgan ekan. Shu kishi oʼz oilasi bilan birga ash-Shoshiyga ergashib Toshkentga kelgan, umrining oxirigacha shu yerda qolib ketgan.
Qaffol ash-Shoshiy 976 yili Toshkentda vafot etgan va shu yerda dafn etilgan. Hozir Toshkentning xalq orasida «Hastimom» deb ataladigan joy shu moʼʼtabar zotga nisbatan aytiladigan nom «Hazrati imom»ning qisqargani boʼladi. Аslida bu joyning nomi Hazrati Imom Qaffol ash-Shoshiydir. U kishining qabrlari tegrasida Toshkentda mashhur boʼlgan moʼʼtabar zotlar dafn etilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Ma'naviyat yulduzlari. -T.: Fan, 1999.
2. Ibrohimov Abduqahhor. Biz kim o‘zbeklar. –T., 2001.
3. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., “Sharq”, 1998.
4. Xayrullayev M. O‘rta Osiyoda ilk uyg‘onish davri madaniyati. – T.: Fan, 1994.
5. Sulaymonova F. Sharq va G‘arb. –T., 1997.
6. Komilov N. Tafakkur karvonlari. –T., 1999.
7. To‘lqin Hayit. “ Qoffol Shoshiy ”. - T., 2004.
8. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Samarqandning sara ulamolari. T.: Hilol-Nashr, 2014.
Yüklə 31,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə