1-§. Xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risida tushuncha



Yüklə 327,46 Kb.
səhifə14/50
tarix28.11.2023
ölçüsü327,46 Kb.
#138078
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50
Buxgalteriya lit-hozir.org

Kalkulatsiya schotlari. Ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini to‘g‘ri hisob-kitob qilish, xarajatlarni mahsulot tannarxiga o‘tkazish bevosita kalkulatsiya schotlari yordamida amalga oshiriladi. Kalkulatsiya schotining debetida mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar ko‘rsatilsa, kreditda ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxi ko‘rsatiladi. Bu qoldiq tugallanmagan, tayyor holga keltirilmaganligi mahsulotga tegishlidir. Kalkulatsiya schotiga „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti kiradi. Schotning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish maqsadida, quyidagi misollarni keltirishimiz mumkin.
Hisobot davrining bahosiga „Asosiy ishlab chiqarish“ schotidagi qoldiq 15000 so‘m bo‘lib, oy davomida quyidagi xo‘jalik muomalalari amalga oshiriladi:


Birinchi muomala. Ombordan asosiy ishlab chiqarishga — 50000 so‘mlik xomashyo chiqarildi. Bu muomalaga qo‘shimcha buxgalteriya provodkasi beriladi.

Debet „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti — 50000 so‘m.

Kredit „Materiallar“ schoti — 50000 so‘m.

Ikkinchi muomala. „Asosiy ishlab chiqarish“dagi ishchilarga ish haqi hisoblanadi —15000 so‘m. Bu muomalaga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi.

Debet „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti — 15000 so‘m.

Kredit „Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar“ schoti.

Uchinchi muomala. Ishchilarga hisoblangan ish haqiga nisbatan ijtimoiy sug‘urta belgilangan tartibga asosan ajratma ajratildi — 5550 so‘m. Bu muomalaga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi.

Debet „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti — 5550 so‘m.

Kredit „Ijtimoiy sug‘urta va ta’minotga doir hisobkitoblar“ schoti — 5550 so‘m.

Тo‘rtinchi muomala. Тaqsimlash qaydnomasiga asosan umumishlab chiqarish xarajatlari asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga o‘tkazildi — 8000 so‘m. Bu muomalaga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi.

Debet „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti — 8000 so‘m.

Kredit „Umumishlab chiqarish xarajatlari“ schoti — 8000 so‘m.


Yüklə 327,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə