1-§. Xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risida tushuncha



Yüklə 327,46 Kb.
səhifə1/50
tarix28.11.2023
ölçüsü327,46 Kb.
#138078
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Buxgalteriya lit-hozir.org


Buxgalteriya lit

V BOB. ASOSIY XO‘JALIK JARAYON-

LARINI HISOBGA OLISH

1-§. Xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risida tushuncha

Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt xo‘jalik faoliyati davomida turli xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirib boradi va, buning oqibatida, o‘z mablag‘larining holatini, ulardagi o‘zgarishlarni tartibga soladi. Xo‘jalikda yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlar, asosan, mablag‘lar harakati bilan bog‘liq bo‘lib, har bir jarayon mablag‘lar harakatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyati va boshqa hisob turlaridan farqi shundaki, birinchidan, uning uzluksiz olib borilishi bo‘lsa, ikkinchidan, turli o‘lchov birliklarida amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarining pul o‘lchov birligida ifoda etilishi, uchinchidan, hisob ko‘rsatkichlarida mablag‘larning turlari bo‘yicha alohida-alohida hisobga olinishini ta’minlashdir.


Har bir xo‘jalik jarayonida o‘zaro bog‘liqlikning to‘g‘ri tashkil qilinishi korxona faoliyatining bir me’yorda olib borilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Asosiy xo‘jalik jarayonlari yordamida korxona va tashkilotlardagi mablag‘larning holati o‘rganiladi.
Asosiy xo‘jalik jarayonlariga uch jarayon, ya’ni ta’minot, ishlab chiqarish, sotish jarayonlari kiradi. Har bir jarayonda mablag‘larning harakati baholanadi. Demak, bu jarayonlarda buxgalteriya hisobida aks ettirilgan korxona va tashkilotlarning asosiy va oborot mablag‘larining holati ko‘rsatiladi. „Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida“ gi Qonunning 12-moddasida „Oborot aktivlarini baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo‘yicha balans tuzilgan sanadagi haqiqiy tannarxi bo‘yicha (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo‘yicha (sof sotish qiymati) amalga oshiriladi. Asosiy mablag‘lar va nomoddiy aktivlar ularning to‘liq boshlang‘ich ishlab chiqarish qiymati bo‘yicha hisobga olinadi“ deb belgilangandir.
Asosiy vositalarni sotib olish, o‘rnatish, tashib kelish bilan bog‘liq xarajatlar bevosita ularning boshlang‘ich qiymatiga o‘tkaziladi. Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishlatilishi munosabati bilan o‘z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga o‘tkazib beradi. Asosiy vositalarni baholashda ularni sotib olish, tayyorlash yoki boshqa mulk egalaridan qaytarib bermaslik sharti bilan olinishiga alohida ahamiyat berish lozimdir.
Har bir xo‘jalik jarayonida ishtirok etuvchi schotlar tizimi bir-biridan farq qiladi, buning sababi shundaki, jarayonlardagi xo‘jalik operatsiyalari mablag‘lar xarajatidagi o‘zgarishlarni tartibga soladi, ikkinchidan, baholash tartibida ham bir-biridan farq qiladi.

Yüklə 327,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə