1 – Tajriba ishi Mavzu: Sanoat korxonalari va muassasalarda mikroiqlim sharoitlarini aniqlash Mashg`ulotning maqsadi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/37
tarix14.09.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#121951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
1-Tajriba ishi 12 soat2

termoregulyatsiya 
deyiladi.Meteorologik sharoiti doim o’zgarib turgan ishlab chiqarishdagi ish o’rinlarida tana 
haroratining o’zgarmasligini saqlash, inson hayotining asosi bo’lgan organizmdagi biokimiyoviy jarayonlarning 
normal bo’lishini ta’minlaydi. Tana haroratining yuqorida ko’rsatilgan darajadan ortib ketishini 
"issiqlik urishi 
", 
sovushini esa 
"sovuq urish 
" deb aytiladi. 
Shu sababli ham inson organizmida "issiqlik boshqarilishining" fiziologik mexanizmi mavjud bo’lib, u 
markaziy asab tizimi nazorati ostida bo’ladi. Bu fiziologik mexanizmning asosiy vazifasi organizmda modda 
almashinuvi natijasida ajralib chiqayotgan issiqlikning ortiqchasini tashqi muhitga chiqarib, issiqlik muvozanatini 
doimiy saqlab turishdir.Inson organizmining tashqi muhitga issiqlik chiqarishi 3 xil yo’l bilan amalga oshirilishi 
mumkin: 
1. Inson tanasining umumiy yuzasidan infraqizil nurlanish (radiatsiya) orqali havo almashinuvi (45%). 
2. Tanani o’rab turgan havo muhitini isitish (konveksiya) uchun (30%). 
3. Tana terlab bug`lanishi va nafas olish yo’llari orqali (25%). 
Yilning iliq davrida harakatning katta tezligi havoning maksimal haroratiga, kichigi esa– havoning 
minimil haroratiga mos keladi. Oraliq kattaliklar uchun havoning haroratlari, uning harakatlanish tezligi 
interpolyatsiya usulida aniqlanishi mumkin; havoning harorati minimal bo‘lganda uning harakatlanish tezligi 
0,1 m/sek. dan pastroq qilib - yengilroq ishda bo‘lsa hamda 0,2 m/sek pastroq bo‘lganda- o‘rtacha 
og‘irlikdagi va og‘ir ishda qabul qilinishi mumkin. 
2.4. Mikroiqlimning maqbul ko‘satkichlarini ta’minlab berishda hududni konstruksiya (devor, shift, pol) 
lar yoki qurilma (ekran va sh.k.) lar ishchi hududini o‘rab turgan ichki yuza sirtlarining harorati, shuningdek, 
texnologik uskunalar yoki uni to‘sib turuvchi qurilmalarning tashqi yuza-larining harorati alohida ish 
toifalari uchun havo haroratining 1-jad-valda o‘rnatilgan maqbul miqdorlaridan ortib ketishi 2ºS dan ortiq 
chiqi-shi mumkin emas, to‘sib turuvchi konstruksiyalarning ichki yuzalari harorati havo haroratining maqbul 
miqdorlaridan past yoki yuqori bo‘lsa, ish joy-lari ulardan kamida 1 m uzoq masofada joylashtirilishi lozim. 
Ishchi hududning balandligi va gorizontal o‘lchami bo‘yicha havo haroratining ko‘tarilishi yoki pasayishi
uning smena davomidagi o‘zgarishlari ayrim ish toifalari uchun tuzilgan 1-jadvalda ko‘rsatilgan havo 
haroratining maqbul chegaralaridan chetga chiqmasligi kerak. 
Yilning sovuq davrida ish joylarini deraza oynalari orqali radiatsion sovub ketishidan, iliq davrida esa-
quyosh nurini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushi-shidan himoya qilish chora-tadbirlarini o‘tkazishni nazarda tutish 
kerak. 
2.5. Mikroiqlimning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar miq-dorini ta’minlab berishda 
konstruksiyalar (devor, pol, shift) lar yoki qurilma (ekranlar va sh.k) larning ishchi hududlarini to‘sib 
turuvchi ichki yuzalarning harorati alohida ish toifalari uchun tuzilgan 1-jadvalda belgilangan havo 
haroratining, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorlari chegarasidan chetga chiqmaslik lozim. Barcha ish 
toifalarida ishchi hududning balandligi bo‘yicha havo haroratining o‘zgarishlari 3ºS gacha bo‘lishi mumkin. 



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə