1 – Tajriba ishi Mavzu: Sanoat korxonalari va muassasalarda mikroiqlim sharoitlarini aniqlash Mashg`ulotning maqsadi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/37
tarix14.09.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#121951
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
1-Tajriba ishi 12 soat2

Yoritishga qo‘yiladigan talablar 
Tashkilot hududi va xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-19 “Tabiiy va sun’iy 
yoritish” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 
Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi zarur. Yorug‘lik tushuvchi oynalar har yili 
kamida ikki marotaba tozalanishi lozim. 
Yorug‘lik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak. 
Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy 
yoritishni qo‘llash taqiqlanadi. 
Tashkilot hududi va xonalarida yoritish vositalarining ko‘zni qamashtirishidan saqlash 
choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak. 
Ish joylari va xonalarda portlash xavfi bo‘lgan gaz va chang konsentratsiyasi yig‘ilib qolish 
ehtimoli mavjud bo‘lsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida o‘rnatilishi kerak. 
Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma 
elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlarning ichki sirtini yoritish uchun 
ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. 
Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan 
bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan 
elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi zarur. 
Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi kerak. 
Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchami va maxsus tushirilgan belgilari 
bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim. 
Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya 
yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur. 
Ishlab chiqarish binolarini umumiy yoritishda chiroqlar binoning yuqori qismiga o’rnatilib, 
binoning ikki qismi bir tekisda yoki uskunalarni joylashtirishni hisobga olgan holda yoritiladi. Ishlab 
chiqarish binolarini murakkab yoritishda, umumiy yoritishga ko’shimcha ravishda ish joylarini mahalliy 
yoritish manbalaridan foydalaniladi. 
Murakkab yoritishdan foydalanilganda biror bir ishni bajarish uchun mo’ljallangan yoritish 
me’yorini 10 % umumiy chiroqlar, qolgan 90 % mahalliy chiroqlar yordamida amalga oshiriladi. 
Mahalliy yoritishda yoritgichning yorug`lik oqimi o’ta aniqlik talab qiladigan ishni 
bajarayotgan uskunaga yo’naltiriladi. Murakkab yoritish usuli o’ta aniqlik 1-4 toifa ishlarini bajarishda 
qo’llaniladi. Sun’iy yoritish manbalari sifatida cho’g`lanuvchi va gaz gazarazryadli chiroqlar ya’ni 
lyuminessent chiroqlardan foydalaniladi. 
Cho’g`lanma chiroqlar hozirgi vaqtda eng ko’p tarqalgan yorug`lik manbai hisoblanadi. Buning 
asosiy sababi ularning tuzilishini oddiyligi, ishlatilishini qulayligi, yonish davrining tezligi, qo’shimcha 
moslamalarsiz tok manbaiga ulash mumkinligi, kuchlanishni minamal miqdorda pasayganida ham 
ishlash qobiliyatini yo’qotmasligi, atrof tabiiy muhit ta’siriga bog`liq emasligidir.Shu bilan birgalikda 
cho’g`lanuvchi chiroqlar ham ma’lum bir kamchiliklardan xoli emas. Bulardan asosiylari: xizmat 
ko’rsatish muddatini kamligi ya’ni 1000 soatni tashkil etadi, foydali ish koeffitsiyenti juda ham pastligi 
umumiy qabul qiladigan energiyani 4% gina ko’rinadigan yorug`lik nurni tashkil etib, qolgani issiqlikka 
aylanadi, chiroqning ustki qismida haroratini yuqoriligi (ishlatilgandan keyin 3-5minut o’tgandan keyin 
harorat 300-350 °S dan ortib ketadi), chiroqdan tarkalayotgan nurlar tarkibida qizg`ish va sariq 
nurlarning mavjudligidir. Bu chiroqlarning nur berish darajasi juda past 20-25 LM / VT. Hozirgi vaqtda 
qo’llaniladigan gazarazryadli chiroqlar cho’g`lanuvchi chiroqlarga nisbatan ma’lum bir ijobiy 
xususiyatlarga ega, jumladan bu chiroqlarning nurlanish darajasi ancha katta bo’lib, 50 dan 100 LM / 
VT gacha, xizmat ko’rsatish muddati 800-1400 soatgacha. Bu chiroqlarga to’ldirilgan inert gazlar, 


metan bug`lari miqdorini o’zgarishi hisobiga xohlagan spektrdagi nurlarni olish mumkin. Ish joyini 
sifatli yoritish ko’p jihatdan chiroqlarni to’g`ri tanlashda ularni o’rnatish va yorug`lik oqimini 
yo’naltirishga bog`liq bo’ladi. Chiroqlar quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi: ochiq, muhofazalangan, yopiq, 
namdan va portlashdan muhofazalangan va hokazolar.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish binolarini yoritish uchun PPD-200, PPR-200, BVG-
200,NV-15,NG-200, LDS-20, LD-20, LB-30,LBS- 40,LDS- 80 kunduzgi chiroqlardan foydalaniladi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə