1 – mavzu. Kirish. Alyuminiy qotishmalari va ularning xossalari Alyuminiy va uning qotishmalari



Yüklə 234,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix23.12.2023
ölçüsü234,22 Kb.
#154691
1   2   3   4
1 – mavzu. Kirish. Alyuminiy qotishmalari va ularning xossalari

Alyuminiy qotishmalari
ishlab chiqarish texnologiyasi va termik ishlangandan 
keyin mustahkamligining oshishiga qarab tuli sinflarga bo'linadi. Alyuminiy 
qotishmalari mashinasozlik materiali sifatida kelgusida keng ishlatiladi. Ayniqsa, 
kukun metallurgiyasi usuli bilan olinadigan alyuminiy qotishmalarning ahamiyati 
juda kattadir. Bunday materiallar yuqori mustahkamlikka, korroziyabardoshlikka, 
olovbardoshlikka ega. Bunday materiallar javobgarligi katta bo'lgan mashina 
vositalarini tayyorlashda keng qo'llanilmoqda va bir yo'la chiqindisiz texnologiyani 
qo'llashga imkoniyat yaratmoqda. Alyuminiy qotishmalarini termik ishlash 
natijasida uning mustahkamligi va texnologik xususiyatlarini oshirish mumkin. 


Toza alyuminiy va uning texnikada ishlatilishi
. Alyuminiy oq-kumush rangdagi 
metall bo'lib, yoqlari markazlashgan kub kattakcha asosdagi kristall panjaraga ega 
va uning muhim xususiyatlaridan biri o'rtacha zichligining kamligi (γ=2,7 g/sm
3

hamda yuqori plastiklik va elektr o'tkazuvchanlikka egaligidir. 
Alyuminiy yaxshi payvandlanadi, bosim ostidan oson ishlanadi, faqat uni kesib 
ishlash qiyin. 
Suyuq alyuminiy
ning oqish xususiyatlari ham yaxshi, biroq quymada 
katta o'lchamdagi cho'kmalarni hosil qiladi. Alyuminiy havoda tez oksidlangani 
uchun undan po'lat ustidagi korroziyabardosh qoplamalar olinadi. Alyuminiyning 
oksidlanishidan Al
2
O
3
hosil bo'ladi, undan havo (kislorod) ning ichkariga 
diffuziyalanishi qiyin. Yuzadagi oksid qatlami tez ko'chadi, ammo alyuminiyning 
oksidlanishi oson bo'lganligi uchun darhol yangi oksid qatlami hosil bo'ladi. 
Shuning uchun oksid qatlam ostidagi yuza uzoq vaqt oksidlanishdan saqlanishi 
mumkin. Uning mexanik xossalari tarkibidagi o'zga qo'shimchalarning miqdoriga 
bog'liq. Eng toza yoki maxsus tozalikka ega bo'lgan alyuminiy tarkibida 0,001% 
qo'shimcha bo'ladi (A999), yuqori tozalikka ega bo'lgan alyuminiy tarkibidagi 
qo'shimchalarning miqdori 0,005...0,5% bo'ladi (A995, A99, A97, A95). 
Alyuminiy mashinasozlikda tok va issiqlik o'tkazadigan hamda uncha katta 
bo'lmagan hajmli korroziyabardosh vositalarni tayyorlashda qo'llaniladi. Alyuminiy 
yuqori mexanik xususiyatlarga ega bo'lganligi uchun undan tashqi kuch ta'sirida 
ishlaydigan vositalar deyarli tayyorlanmaydi. Quyma alyuminiyga qaraganda 
deformatsiyalangan alyuminiyning xossalari yuqori bo'ladi. Sanoatda 2 turdagi 
deformatsiyalangan (AДЛ va AДЛ) alyuminiy ishlab chiqariladi. 
Texnik tozalikka ega bo'lgan alyuminiy yupqa tunukasimon (list), quvur, sim va 
boshqa har xil shakllarda chiqariladi. Yuqori kuchlanishga chidamli kabellarni 
tayyorlashda hamda elektr o'tkazgich tarmoqlarida alyuminiydan juda samarali 
foydalaniladi. Oziq-ovqat sanoati uchun alyuminiy qotishmalaridan turli idishlar 
tayyorlanadi, mahsulotlarni o'rash uchun qog'oz (folga) o'rnida ham ishlatiladi. 

Yüklə 234,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə