— Fizika” ta’lim yo‘nalishi iv-kurs 42-guruh talabasi Jalilova Matlubaning


I bob. O’qitishda modulli ta’lim texnalogiyalari



Yüklə 75,77 Kb.
səhifə2/11
tarix29.11.2023
ölçüsü75,77 Kb.
#141251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
— Fizika” ta’lim yo‘nalishi iv-kurs 42-guruh talabasi Jalilova M-fayllar.org

I bob. O’qitishda modulli ta’lim texnalogiyalari.

1-§. Modulli ta’lim tushunchasi va uni amalga oshirish yo’llari.

Modulli ta’limning mohiyati shundan iboratki, bunda o’quvchilar modul dasturlari ustida mustaqil ishlab bilish faoliyati orqali belgilangan maqsadga erishadi.

Modulli ta’lim texnalogiyalari asosida modulli dastur turadi. Modul dasturlari asosida mavzuning ilmiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadidan kelib chiqadigan didaktik maqsadni, o’quvchilar dars davomida bajaradigan topshiriqlarni, mazkur topshiriqlarni bajarish bo’yicha berilgan ko’rsatmalarni mujassamlashtiradi.

Modulli ta’lim o’qitish mazmuni va mohiyatiga ko’ra quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi:


  1. O’quv materiallarini modulli rejalashtirish.


  2. Modulli dars.


  3. Modulli dasturlar.


O’qituvchi o’quv yili boshida qaysi mavzularni modulli ta’limdan foydalanib o’tishni taqvim mavzu rejalarida belgilaydi. Modulli dasturlar mazmuni va mohiyatiga ko’ra:

1. O’qituvchilarning individual ishlashi uchun mo’ljallangan modul dasturlari.

2. Ikkita o’quvchi hamkorlikda ishlashiga mo’ljallangan modul dasturlari.

3. O’quvchilarning kichik guruhlarida hamkorlikda ishlashga mo’ljallangan modul dasturlariga bo’linadi.

Modulli dasturlar o’qituvchilar tomonidan tuzilib, unda modulning didaktik maqsadlari, mavzuni o’rganish bosqichlari, mavzuni o’rganish bosqichlari, o’quvchilar tomonidan bajariladigan o’quv faoliyati elimentlari, o’quvchilar bilimini nazorat qilish yo’llari ketma-ket yoziladi.

Modul dasturlarini tuzishida o’quvchi e’tiborini quyidagilarga qaratishi zarur:

1. Modul dasturidan ko’zda tutilgan maqsadni aniq belgilash.

Bunda o’qituvchi ta’limning didaktik maqsadlar majmuasini, modulning umumiy maqsadini aniq tasavvur qilish zarur.

DMM – didaktik maqsadlar majmuasi, biror bir o’quv fani yoki bobni o’rganishda ko’zda tutilgan maqsad bo’lsa, MUM – modulning umumiy maqsadi, bir dars davomida erishilishi lozim bo’lgan maqsad, XDM – xususiy didaktik maqsad, modul dasturlaridan o’rin olgan o’quv elementlaridan ko’zlangan maqsadlar deb tushunmoq kerak. Ma’lumki har bir o’quv fani tegishli didaktik maqsadlar majmuiasini ko’zda tutadi. Ta’lim jarayonining asosiy shakli bo’lgan darslar ham shu didaktik maqsadlarning ma’lum qismini amalga oshiradi. Mazkur maqsadlar modulning umumiy maqsadini tashkil etadi. Dars davomida ushbu maqsadni amalga oshirish o’quvchilarning o’quv bilim faoliyati bir emas, balki bir necha o’quv faoliyati elementlaridan tashkil topadi. Modulli dasturdan o’rin olgan har bir o’quv faoliyati elementi modulning umumiy maqsadidan kelib chiqqan holda xususiy didaktik maqsadni ko’zda tutadi. Shu tariqa modulli dasturlarda xususiy didaktik maqsadlar modulini umumiy maqsadini tashkil etsa, modulli dars boshqa darslar bilan birgalikda mazkur o’quv fanidan ko’zda tutilgan didaktik maqsadlar majmuasini amalga oshiradi.

2. O’quv materialini o’rganishning mantiqiy yo’nalishini aniqlash. Modulli ta’lim tamoyillarini hisobga olgan holda o’quv materialini mazmunini tugallangan, mantiqiy ketma-ketlikdagi kichik bo’laklarga taqsimlash.

3. O’quvchilarning o’quv materialini o’zlashtirishi uchun tashkil etiladigan o’quv faoliyati usullarini belgilash.

4. O’quv faoliyati usullariga bog’liq holda modul dasturidan o’rin olishi lozim bo’lgan o’quv elimentlarini va ularni ketma-ketligini aniqlash.

5. O’quvchilar bilimini aniqlash va nazorat qilish bo’yicha dastlabki joriy nazorat, axborot to’plami o’quvchilar bilimidagi tipik kamchilik va xatolarni bartaraf etish yo’llarini belgilash.

6. O’quvchilar uchun asosiy va qo’shimcha adabiyotlarni tanlash.

7. O’quvchilar modul dasturi yordamida o’quv materialini mustaqil va ijodiy o’rganish jarayoni mazkur mavzularni o’zlashtirishi uchun dasturda belgilangan vaqt doirasida amalga oshirilishiga erishish lozim.

Modul dasturini muvofaqiyatli qo’llashning muhim sharti, unda o’quvchilarning o’quv bilish faoliyatining o’quv elementlarini to’g’ri tanlashdir. Chunki o’quvchilar modulli dastur bilan ishlaganda, aynan shu o’quv elementlarini bajaradilar.

Biz quyidagi o’quv faoliyati elementlarining turlari haqida fikr yuritamiz.

Modulli dasturda juda ko’p axborot manbalaridan foydalaniladi. Shu sababli o’quv faoliyati elementlarini axborot manbalariga ko’ra tavsiflash maqsadga muvofiq.

O’FE-1. Matnli o’quv elementida o’quvchilarga tegishli manbadagi matnni o’qish, asosiy fikrni ajratish, matn yuzaasidan reja tuzish, matndan foydalanib o’quv daftariga konspekt yozish, jadval tuzish kabi topshiriqlar beriladi.

O’FE-2. Jadvalli o’quv elementidagi axborotni ko’rib chiqish, ob’yektlarni, ularning xossalarini taqqoslash, o’xshashlik va farqlarni ajratish, fikrni qisqa va lo’nda bayon etish haqida ko’rsatma beriladi.

O’FE-3. Ko’rgazmali o’quv elementida voqea va hodisalarni tasavvur etish, mantiqiy operatsiyalar qilish, sintez, taqqoslash, umumlashtirishni bajarish topshirilishi mumkin.

O’FE-4. Og’zaki usuldagi o’quv elimentida o’quvchilar o’qituvchi yoki ma’ruzachining ma’ruzasi hamda axborotlarni tinglab, topshiriqlarni bajaradilar. Bunda o’qituvchi o’quvchilarning diqqatini quyidagilarga qaratishi zarur:

  1. Axborot nima maqsadda berilmoqda?


  2. Mazkur axborot asosida o’quvchilar qanday topshiriqlarni bajarishlari lozim?


  3. Axborot bir marta beriladi, qaytarilmaydi. Shuning uchun har bir o’quvchi axborotni diqqat bilan tinglashi shart.


O’FE-5. Komyuterli o’quv elimentida kompyuterga tegishli axborot, o’quvchilar bajaradigan topshiriqlar bo’yicha ko’rsatmalar kiritiladi. Bu yerda EHM o’quvchilarning o’quv bilish faoliyatini boshqaradi. EHM displeyida topshiriqlar ketma-ket paydo bo’lib, o’quvchi dastlabki topshiriqlarni beradi, ya’ni EHM o’quvchilarning bilimini nazorat qiladi va baholaydi. Kompyuterli o’quv elementlaridan darsdan tashqari vaqtda o’quvchilarning mustaqil ishlashida ham mufofaqiyatli foydalanish mumkin.

O’FE-6. Audio-video, texnik vositali o’quv elementi – kinofilm, diafilm, diapozitiv, videofilm magnit tasmalari, disklar va hokazolardan axborotni o’quvchilar qisqa muddatda o’rganadilar. O’qituvchi o’quvchilarga topshiriq berib, so’ngra mazkur vositalar orqali ishlash haqida ko’rsatmalar beradi.

O’FE-7. Tabiiy ob’yektli o’quv elementlarida o’quvchilar tabiiiy elementlar bilan ishlaydilar. Ob’yektlarni toppish, aniqlash, taqqoslash, tahlil qilish va hokazo topshiriqlarbajaradi. Mazkur obyektlarning ahamiyati, tabiatdagi o’rni, ularni muhofaza qilish haqida fikr yuritiladi.

Aralash tipdagi o’quv elementlari modul dasturi maqsadlariga muvofiq yuqorida qayd etilgan o’quv faoliyati elementlarining tegishlilari uyg’unlashtirilsa, amaliy tipdagi o’quv elementlari asosan o’quvchilarda tegishli amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishni ko’zda tutadi. Shuni uqtirish lozimki, o’quvchilarga mustaqil o’zlashtirish uchun tavsiya etiladigan o’quv materiali o’quvchilarning o’quv imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ular uddalay oladigan va qiyin bo’lmasligi kerak. O’qituvchi o’quvchilarning o’quv materiallarini mustaqil va ijobiy o’zlashtirish ko’nikmasiga ega bo’lishiga erishishlari lozim.Bunda dastlab o’qituvchi darsga olib kiradigan axborotni ikki qismga ajratadi. Birinchi qismini o’quvchilar o’qituvchu yordamida, ikkinchi qismini ijodiy va mustaqil ozlashtirishlari lozim. Keyin belgilangan mavzularni modulli dars shaklida o’tkazishni mo’ljallab, modulli dasturni tuzadi.[2]

2. Modulli ta’lim texnalogiyalari asosida “Termodinamika qonunlari” rejalashtirishning didaktik asoslari.

Modulli ta’limda har bir o’quv faoliyati elementi nazorat qilinadi va baholanadi.

Modulli texnalogiyada nazoratning quyidagi shakllaridan foydalaniladi:


  1. O’z-o’zini nazorat qilish.


  2. O’quvchilar tomonidan o’zaro o’zaro nazorat.


  3. O’qituvchi tomonidan nazorat.


O’quvchi o’z-o’zini nazorat qilganda, test savol topshiriqlarga javoblar topib, uni bajaradi, va to’g’ri javoblar bilan taqqoslaydi va o’zining dars davomidagi faoliyatini baholash me’zoniga muvofiq baholaydi.

O’zaro nazoratda o’quvchilar bir-birining javoblarini tekshiradi, o’quvchilarning o’z faoliyatiga qo’ygan bahosi, baholash me’zoniga qanchalik mos ekanligini ko’rib chiqadi. Bunda o’quvchilar o’rtasida do’stona muloqot, bahs vujudga keladi.

O’qituvchi tomonidan o’quvchilar bilimi muntazam ravishda nazorat qilinadi. Bunda modulli dasturi bilan ishlashdan avval o’tgan mavzular bo’yicha, dars oxirida yangi mavzular bo’yicha nazorat o’rnatiladi. Nazorat test savollari, savol-javob, yozma ish, ijodiy ish shaklida o’tkazilishi maqsadga muvofiq.

Har bir o’quv faoliyati elementining aniq va haqiqiy baholash o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi, tehsil olishga bo’lgan ehtiyoji va qiziqishini orttiradi.

Modulli darsni quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi:


  1. Tashkiliy qism.


  2. O’tgan mavzular yuzasidan o’quvchilar bilimini test savol-topshiriqlari yordamida aniqlash va baholash.


  3. O’tgan mavzuni yakunlash.


  4. Yangi mavzu bayoni:


  1. Yangi mavzu bo’yicha tuzilgan modul dasturlarini tarqatish va o’quvchilarni modulning didaktik maqsadi bilan tanishtirish;


  2. O’quvchilar faoliyatini modul dasturidagi o’quv topshiriqlarini mustaqil bajarishga yo’llash;


  3. Har bir o’quv faoliyati elementi topshiriqlarining to’liq bajarilishini nazorat qilish, tegishli ko’rgazmalar berish;


  4. Har bir o’quv faoliyati elementi yakunida savol-javob yoki munozara o’tkazish.


  1. Yangi mavzu yuzasidan test savollari yordamida o’quvchilar bilimini aniqlash:


  1. O’z-o’zini nazorat


  2. O’zaro nazorat


  3. O’qituvchi nazorati


  1. Darsni umumiy yakunlash.


O’qituvchi ta’lim jarayonida modulli darsdan foydalanganda nafaqat modulli dasturini tuzadi, balki avvalgi mavzu va yangi mavzu bo’yicha test topshiriqlarini tayyorlaydi, o’quvchilar bilimini nazorat qilish turlari ketma-ketligini baholash mezonlarini reyting tizimi asosida belgilaydi.

Modulli darsda foydalaniladigan modul dasturlariga ko’ra quyidagilar:

1. O’quvchilarning individual tarzda ishlashga mo’ljallangan modul dasturlari har bir o’quvchining iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasini, o’zlashtirish darajasini aniqlash va orttirish, kitob ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o’z o’zini baholash ko’nikmalarini rivojlantirish.

2. Ikkita o’quvchi hamkorlikda ishlashda mo’ljallangan modul dasturi yuqorida qayt etilganlardan tashqari, o’quvchilarning bir-birini o’qitsh, ozaro hamkorlida o’quv topshiriqlarini bajarish va muammolarini hal etishi, o’zaro nazoratni amalga oshrishi, ozaro yordamni uyushtirishi.

3. O’quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga mo’ljallangan modul dasturlari yuqoridagilar bilan bir qatorda o’quvchilar o’rtasida muloqot, o’quv bahsi va munozara, o’zaro hamkorlik va yordamni amalga oshirishni nazarda tutadi.

O’qituvchi mazkur modul dasturlaridan avval individual tarzdagi modul dasturlarini qo’llanib o’quvchilarning o’quv materiallarini mustaqil va ijodiy o’zlashtirish ko’nikmalari shakllanganligiga ishonch hosil qilgandan so’ng, ikkita o’quvchi hamkorlikda ishlashiga mo’ljallangan modul dasturlari, tegishli pedagogik shart sharoitlar vujudga kelgandan so’ng esa kichik guruhlar uchun tuzilgan modul dasturlaridan foydalanishi maqsadga muvofiq.

Kichik guruhlar uchun tuzilgan modul dasturlaridan foydalanishda ikki xil yondashuv mavjud:


  1. Musobaqa usuli.


O’qituvchi o’quvchilarni teng sonli guruhlarga ajratadi. Modul dasturini tarqatib, guruhdagi o’quvhchilar faoliyatini modul dasturidan o’rin olgan o’quv faoliyati elementlarini bajarishga yo’llaydi. Har bir o’quv elementi topshiriqlari bajarilgandan so’ng, bahs, munozara, savol-javob, musobaqa tarzida o’tkaziladi. Guruhlar o’rtasida g’oliblar aniqlanadi. Har bir guruhgdagi o’quvchilar o’z faoliyatini o’rtoqlarining fikrini hisobga olgan holda baholaydi.


  1. Kichik konsultantlar usuli.


O’qituvchi sinf o’quvchilarini 5-6 ta teng sonli kichik guruhlarga ajratadi. Har bir guruhda kichik konsultantlar tayyorlaydi. Kichik konsultantlar guruhdagi o’quvchilarning faoliyatini nazorat qiladi. Tegishli hollarda o’zaro yorda uyushtiradi. O’quv faoliyati elementlari topshiriqlari asosida savol javob o’tkaziladi. Kichik guruhdagi o’quvchilar faoliyati o’zaro nazorat orqali baholanadi.

Fiziani o’qitishda modulli ta’lim dasturlaridan foydalanish dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. [7]


Yüklə 75,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə