Zulfiya tong kuychisi



Yüklə 139 Kb.
səhifə11/13
tarix22.05.2023
ölçüsü139 Kb.
#112116
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Zulfiya tavalludi ssenariylar

1-boshlovchi.


Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 31-oktabrdagi ``O’zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini
nishonlash to’g’risida`` gi qarorini xalqimiz,keng jamoatchilik ayol zotiga,adabiyotimiz hamda ajdodlarimizga
yuksak ehtirom namunasi sifatida kutib oldi.

2-boshlovchi.


Bugun mamlakatimiz ahli har bahorni shoira Zulfiya tavallud topgan kunni nishonlash bilan kutib olishni an’anaga aylantirdi.Shoira kitoblarini yurtimizdagi ko’plab oilaviy kutubxonalar javonida ko’rish mumkin.Prezidentimizning 1999-yil 10-iyundagi qaroridan so’ng har yili yurtimizdagi iste’dodli qizlardan bir guruhi
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanmoqda.

1-boshlovchi.


Bizning maktabimizda ham o’zining a’lo o’qishlari,ijodkorligi,iste’dod va qobiliyatlari bilan Zulfiyaxonim qizlaridan qolishmaydigan o’quvchi qizlarimiz
ta’lim oladilar.Zulfiya,tavalludining 100 yilligiga bag’ishlab
mana shu qizlarimiz o’rtasida belllashuv tashkil etganmiz.

2-boshlovchi.


Bellashuvimiz shartlari bilan tanishtirib o’tamiz.Birinchi shart—tanishtiruv sharti bo’lib,bu shartda qizlarimiz o’z jamoalarini tanishtiradilar.

1-boshlovchi.


Ikkinchi shart—savol-javob sharti bo’lib,bunda qizlarimizning
Zulfiya hayoti va ijodini qanchalik o’zlashtirganliklarini

2-boshlovchi.


Uchinchi shartda Zulfiyaxonim she’rlari asosida qizlarimizning badiiy o’qish mahoratlarini sinab ko’ramiz.

1-boshlovchi.


To’rtinchi shartimiz ``Arzanda bo’lmang,pazanda bo’ling`` deb nomlanib, qizlarning vitaminlarga boy salatlar tayyorlash sirlarini qanchalik egalliklarining guvohi

2-boshlovchi.


Beshinchi shartimiz erkin mavzu bo’lib,bu shartda guruhlarning bo’sh vaqtlarini qanday mazmunli tashkil etishlari haqida ma’lumotga ega bo’lamiz.

1-boshlovchi.


Bundan tashqari o’quvchilarning tadbir uchun tayyorlab kelgan ijodiy ishlari baholanadi.Shartlarni baholash uchun

1.Hakamlar hay’ati raisi 28-maktab-internat direktori Rahmonova Feruzaxon Sultanovna.


2.Hakamlar hay’ati a’zolari:
1.O’rinova Hamidaxon Tursunboyevna-ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi.
2.Xaitova Dilnozaxon - ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi.
3.Arslonova Gulbadanxon- matematika fani o’qituvchisi.
4.Qo’yilgan ballarni hisoblab boruvchi- Abdullajonova Zilolaxon- matematika fani o’qituvchisi.
Endi tadbirimiz ishtirokchilari bo’lgan 7-``A``;7-``D`` sinf qizlari jamoalarini davraga taklif etamiz va jamoalar navbat o’zlarini tanishtirib o’tadilar.

Yüklə 139 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə