18
Xarakterning shakllanishida muayyan psixik faoliyatga yaxlit ob'ektiv va
sub'ektiv mayllik tarzidagi ko’rsatma berish (ustanovka) psixologik mexanizm
negizida yuzaga kelgan avtomatlashish mushim ashamiyat kasb etadi. Ko’rsatma
(ustanovka) odatlaridan farqli o’laroq, muayyan sharakatlarga tayyor turishgina
bo’lib qolmay, balki bilish jarayonlariga, xissiy va irodaviy reaksiyalarga sham
tayyor turishlikdir.
Xarakterning shosil bo’lishida nizoli vaziyatlar aloshida ashamiyat kasb
etadi. Xarakter faqat murakkab va keskin vaziyatlarda (sharoitlarda0 yorqin
namoyon bo’libgina qolmasdan, balki mazkur sholatlarda u tarkib sham topadi.
Odatda xarakter xislatlarining o’zgarishidagi individual farqlar shaxsning nizoli
vaziyatlardan chiqish uchun qanday yo’l-yo’riq topishiga boqliq, binobarin, inson
sharoitdan kelib chiqib, qanday xatti-sharakatni amalga oshirishga qaror qiladi.
Shunday qilib, shaxs o’zining butun shayoti va faoliyati davomida o’z xatti-
sharakatlari, odatlari bilan o’z xarakter xislatlarini o’zi yaratadi va ularni
boshqarishga odatlanadi.
Dostları ilə paylaş: