Ўzbekiston respublikasi



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/42
tarix11.05.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#86749
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 2-kitob

VIII BOB 
 
XAYOL 
 
1. Xayol to’qrisida umumiy tushuncha 
 
Psixologiyada xayol tafakkur singari bilish jarayonlaridan biri shisoblanib, u 
insoniy ichki va tashqi xususiyatli va izlanishli faoliyatida, muayyan darajaga ega 
bo’lgan  muammoli  vaziyatning  vujudga  kelishi  va  uning  shal  qilinishida  ishtirok 
etadi. Agarda xayolni genetik jishatidan kelib chiqishi tashlil qilinadigan bo’lsa, u 
albatta  insonning  meshnati  mashsulini  obrazlar,  timsollar  yordami  bilan  aks 
ettirmasdan  turib,  bevosita  faoliyatga  kirishish  mumkin  emas,  chunki  fikri 
muloshazalarni  tasavvur  qilish  tufayli  yaqqol  tafakkurning  predmetiga  uzatiladi. 
Xuddi shu boisdan xayol yordami bilan inson tomonidan kutilayotgan natija, ya'ni 
kutilmagan tasavvur obrazlari  yaratiladi, go’yoki  bu jarayonda ijodiy  faoliyatning 
modeli ishlab chiqiladi, fantastik timsollar tizimi yangiliklarning mutlaq tarkiblari 
bilan boyib boradi, ichki faollik esa uning mexanizmiga aylanadi.  
Odamning  shar  qanday  izlanishli,  meshnat  va  ijodiy  faoliyatlari  xayoliy 
jarayonlarni  o’z  ichiga  qamrab  oladi,  kashfiyotning  dastlabki  obrazlari,  tarkiblari 
aniq  voqelikdan  uzoq  bo’lishidan  qat'i  nazar  taraqqiyot  (rivojlanish),  turtkisi 
vazifasini bajaradi. Odatda xayol inson faoliyatining zaruriy tarkibi, mushim sharti 
sifatida uning turlari atamasi nomlari bilan ifodalanadi, chunonchi badiiy, adabiy, 
ilmiy  izlanishli,  musiqaviy,  loyishaviy,  konstruktorlik.  evristik  (fikriy  topqirlik), 
ijodiy  faoliyat  kabilar.  Shaxs  tomonidan  bajarilishi,  amalga  oshirilishi  lozim 
bo’lgan  shar  qanday  faoliyatning  mashsuli  oldindan  tasavvur  qilinishi,  yaxlit 
timsol shaklda ko’z o’ngiga keltirilishi shart.  
Jashon  psixologiyasida  xayol  insonning  ijodiy  faoliyatning  tarkibiy  qismi 
sifatida  talqin  qilinadi,  u  tizimiy  xususiyatli  xatti-sharakatning  oraliq  va  yakuniy 
mashsullari  orqali  aks  etadi,  muammoli  vaziyatda  noaniqlik,  noma'lumlik 
alomatlari  vujudga  kelsa,  u  sholda  faoliyat  rejasini  qayta  ko’rib  chiqishni 
ta'minlaydi.  Shu  narsani  aloshida  ta'kidlab  o’tish  kerakki,  shech  qachon  xayol 
ijodiy  faoliyat  dasturining  yaratuvchisi  sifatida  namoyon  bo’lmaydi,  balki  uning 
ayrim o’rinlarini to’ldirishning va almashtirishning timsollarini yaratadi, xolos.  
Xayolning  bilish  jarayoni  sifatidagi  asosiy  vazifasi  shundan  iboratki,  u 
amaliy faoliyat boshlanmasdan turib, uning mashsulini oldindan tasavvur qilish va 
ularning  timsollar  atriqasida  vujudga  keltirishdan  iboratdir.  Inson  shaxsiy 
faoliyatida  ayrim  qiyinchiliklar  vujudga  kelsa,  ularni  bartaraf  qilish  uchun  odam 


125 
 
o’ylanadi,  fikriy  obrazlarni  yaratadi,  ularga  yangi  qo’shimchalar  kiritadi,  xulas 
mashsulotning sifatli chiqishini, uning buyum tariqasida namoyon bo’lishini xayol 
uzluksiz  ravishda  ta'minlab  turadi.  Aytaylik,  inson  stul  yasamoqchi  bo’lsa,  u  eng 
avval  unga  oid  qismlarni  tayyorlaydi,  shaxs  xayolan  uning  sifatiga  e'tibor  beradi, 
keyin  ularni  yaxlitlaydi,  o’zaro  birlashtiradi  shamda  buyum  shaklida 
gavdalantiradi.  
Binobarin,  xayol  ishning  shar  bir  bosqichida  bevosita  ishtirok  qiladi,  yo’l-
yo’lakay ko’rsatmalar, qo’shimchalar kiritib boradi.  
Xayol bilish jarayonlari bilan uzviy aloqada shukm suradi, ularni aks ettirish 
imkoniyatining  to’laroq  ro’yobga  chiqishiga  yordam  beradi.  Ayniqsa,  u  tafakkur 
bilan  bevosita  aloqada  bo’ladi,  xuddi  shu  boisdan  ularning  shar  ikkalasi  sham 
bashorat qilish, oldindan payqash, sezish, istiqbol rejasini tuzish imkoniyatiga ega. 
Shuning  uchun  ular  o’rtasida  bir  qator  o’xshashliklar va  ayrim  farqlar  mavjuddir. 
Bu sholat quyidagilarda o’z ifodasini topadi: 1) xayol tafakkur singari muammoli 
vaziyatda, masala va topshiriqlar yechish jarayonida tuqiladi; 2) yangi echim, usul, 
vosita  qidirishda  va  ularni  saralashda  umumiylik  mavjud;  3)  xayolning  sham, 
tafakkurning  sham  paydo  bo’lishi  shaxsning  eshtiyojlariga  bevosita  boqliq;  4) 
eshtiyojlarni  qondirishning  dastlab  xayoliy  obrazlari  yaratiladi,  uning  natijasida 
vaziyatni  yorqin  tasavvur  qilish  imkoni  tuqiladi;  5)  xayolda  oldindan  aks  ettirish 
jonli  tasavvurlar  tarzida,  yaqqol  timsollar  shaklida  vujudga  kelsa,  tafakkurda  ular 
umumlashmalar, tushunchalar.  
Tasavvurlar  bilan  tushunchalarning  o’zaro  uyqunlashuvi  ikkita  ijodiy 
xususiyatli  bilish  jarayonlarining  shamkorlikdagi  ijodiy  faoliyatida  bir  davrning 
o’zida  qatnashishni  birdiradi.  Faoliyatning  tarkibiy  qismlari  ularning  qanday 
amalga  oshirilishi  to’qrisidagi  yaqqol  obrazlarni  uzviy  boqlanib  ketgan  fikriy 
muloshazalarning qo’shilishi tufayli sharakatchanlik imkoniyatiga ega bo’ladi.  
Xayol  jarayoni  tafakkurdan  farqli  o’laroq  muammoli  vaziyatning 
ma'lumotlari qanchalik noaniq bo’lsa, shunchalik ta'savur obrazlari yaralishi uchun 
qulay imkoniyat tuqiladi, uning mexanizmlari tezkorlikda ishga tushadi. Masalan, 
yozuvchining  xayoli  asar  qashramonlarining  taqdiri  bilan  uzviy  boqliq  bo’lib, 
konstruktor, mushandis, me'mor kabi mutaxassislarga qaraganda nishoyat darajada 
katta  noaniqliklarga  ega,  voqelikdan  tubdan  uzoq  fantaziya  olamida  obrazlar, 
chizqilar,  badiiy  to’qimalar  yaratadi.  Ma'lumki,  aniq  dunyoviy  fanlarning 
qonuniyatlariga 
qaraganda 
insonning 
psixikasi, 
uning 
xatti-sharakatlari 
qonuniyatlari  murakkab  va  yetarli  darajada  ma'lumotlarga  ega  emas.  Xuddi  shu 
boisdan  bosh  miya  katta  yarim  sharlari  funksiyasining  qariyb  uchdan  bir  qismini 
ilmiy dalillar asosida tushuntirib bera olishimiz mumkin, xolos.  
Muammoli  vaziyat  o’zining  xususiyatiga  ko’ra  bir  davrning  o’zida  sham 
xayolning, sham tafakkurning ishtirok etishini taqozo qiladi. Agarda muammoning 
echimi,  masalaning  sharti  aniq  bo’lsa, bu  sholda  tafakkurning  ishtiroki  ustuvorlik 
qiladi, mabodo noma'lumliklarning miqdori ko’payib ketsa, u taqdirda xayol yoki 
fantaziya  yetakchi  rol  o’ynay  boshlaydi.  Muammo  yechimining  turli  usullari, 
ularning  invariantlari,  muayyan  qonunlari,  qoidalari  ta'riflari  mavjud  bo’lgan 
taqdirda faoliyat tafakkur yordami bilan amalga oshiriladi.  


126 
 
Xayolning  eng  ashamiyatli  tomoni  shundan  iboratki,  u  tafakkur  predmetiga 
taalluqli  sholatlardagi  etishmovchilikda  sham  u  yoki  bu  yo’l  bilan  muammoli 
vaziyatdan  yengilroq  chiqib  ketishga  mushim  zamin  shozirlaydi.  Insonda  mavjud 
narsalarning 
ichki 
tuzilishi, 
uning 
rivojlanishi, 
o’zgarishi  to’qrisidagi 
ma'lumotlarning  yetishmasligi  tufayli  shaxs  xayolga  va  fantaziyaga  murojaat 
qiladi.  Biosfera  va  neosferada  insoniyat  uchun  noma'lum  o’rganilmagan  soshalar 
mavjud  ekan,  demakki,  xayol  uzluksiz  ravishda  o’z  funksiyasini  bajaraveradi, 
shuning  uchun  xayolning  qaysi  turi  shukm  surayotganligidan  qat'i  nazar  u  ijobiy 
shodisa  sifatida  basholanishi  lozim.  Chunki,  xayol  insonning  aqliy  zo’r  berishda, 
stress,  affekt  sholatlarida  asab  tizimining  tangligidan  xalos  etib,  tana  a'zolari 
funksiyasini tiklaydi, ishchanlik qobilyatini barqarorlashtiradi.  
 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə