Ўzbekiston respublikasi


Psixologiya fanida sezgi nazariyalari



Yüklə 3,32 Mb.
səhifə14/39
tarix28.01.2023
ölçüsü3,32 Mb.
#99628
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Umumiy psixologiya. G\'oziyev. 2-kitob

2. Psixologiya fanida sezgi nazariyalari
Tashqi olam xususiyatlari to’qrisidagi va shaxsning o’z gavdasini tuta bilish yuzasidan bilimlar, ma'lumotlar, xabarlar va ta'sirotlar manbai - bu sezgilar bo’lib shisoblanadi. Shuning uchun sezgilar inson organizmiga, ya'ni uning tana a'zolariga tushadigan axborotlarning asosiy kanali (yo’li) sanalib, ular tashqi dunyo shamda ichki tana a'zolari to’qrisidagi xabarni bosh miya katta yarim sharlari va bosh miyaning tarkiblariga yetkazib turadi, xuddi shu boisdan inson o’zini qurshab turgan makro mushitni orientirlash (mo’ljallash) imkoniyatiga egadir.
Agarda mazkur kanallar berk bo’lib qolgan taqdirda, sezgi organlari zarur axborotlar bilan ta'minlamaydi, binobarin, ongni shukm surish imkoniyati o’z-o’zidan yo’qoladi.
Psixologiya fanida shunday ilmiy dalillar mavjudki, mabodo inson axborotlarning shaxobchasidan mashrum bo’lsa, u sholda u uyqu sholatiga sho’nqiydi. Masalan, tasodifan teri-tuyush sezgilari patologiyaga uchrasa unda odam (ko’pincha vaqtincha, muvaqqat) ko’rish, eshitish, shid sezishdan mashrum bo’lishi mumkin. Mabodo axborotlar tuzatish shaxobchasi ilk bolalik yoshi davrida buzidsa, kar yoki ko’r bo’lib qolsa, u taqdirda uning aqliy rivojlanishida keskin to’xtalish (vaqtincha orqada qolish) yuzaga keladi. Agarda bola maxsus usul yoki uslubga o’rgatilsa tabiiy ravishda mavjud kamchiliklarning o’rnini to’ldirib bo’lmaydi.
Sezgini bunday tarzda tushuntirilishiga nisbatan shar xil munosabatlar psixologiya tarixida mavjud bo’lib ularning shech qaysisi asosiy manba ekanligiga shubsha bilan qarashga moyildirlar. Shozir ularning ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz va shaqiqiy moshiyatini ochib berishga intilamiz.
Nemis faylasufi Xristian Volf "Rasional psixologiya" (1732 yil) va "Emperik psixologiya" (1734 yil) kitoblarida: ongning ichki sholati, aqliy fikr yuritishga qobiliyatlilik tabiiy moddiy asos zamiridan kelib chiqib, tashqi olamdan kelib tushadigan axborotlar shaxobchasiga, ya'ni sezgi kanaliga, shech qanday boqliq ematushuntirishga sharakat qildi. Sezgilarga mana bunday yondashish nazariyotchisi "fanga rasionalizm" tushunchasi bilan birga kirib keldi. X. Volf va uning tarafdorlari psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira va boshqalar) murakkab ijtimoiy - tarixiy taraqqiyot mashsuli emas, degan qoyani ilgari surdilar. Shuning bilan birga "Ong", "Aql" tarixiy evolyusiya natijasi emas deb, inson psixikasiga o’zgacha yondashib, uni izoshlab berish mushkul bo’lgan "birlamchi" xususiyat ekanligini tushuntirishga intildilar.
Mazkur nazariyaga asoslangan psixologlar insonning sezgilari uning tashqi olam bilan boqlab turuvchi birdan-bir shaxobcha ekanligini inkor qilishgacha borib yetdilar va voqeilikni mana bunday tarzda izoshlashga sharakat qildilar: go’yoki sezgilar insonni tashqi olamdan ajratib turadilar, ular atrof-mushit o’rtasidagi bartaraf qilib bo’omaydigan devor shisoblanadilar. Berkli, Yum, I. Myuller, Gelmgols singari olimlar sezgi organlarining "spesifik energiyasi" nazariyasini ishlab chiqdilar Bu qoyaning asoschisi sifatida Iogann Myuller qat'iy pozisiyada turib, uni butun vujudi bilan shimoya qilishga intildi. Ushbu nazariyaga binoan, shar qaysi sezgi a'zosi xoshz quloq, xosh til, xosh teri bo’lishidan qat'iy nazar, tashqi dunyoning ta'sirini aks ettirmaydi, atrof mushitda bo’lib turgan real, yaqqol jarayonlar yuzasidan axborotlar berishga qobil emas, faqat u tashqi ta'sirdan shaxsiy jarayonlarning qo’zqatuvchisidan turtki oladi, xolos. Mazkur nazariyaga ko’ra, shar bir sezgi a'zolari o’zining "spesifik energiyasi"ga ega, shar qanday ta'sirddan qo’zqaladi. Masalan, ko’zni bosib, unga elektr toki bilan ta'sir qilib ko’rilsa, unda yoruqlik sezgisi shosil qilinadi; quloqqa elektr qo’zqatuvchisi bilan ta'sir o’tkazilsa, u sholda tovush sezgisi vujudga keladi.
Binobarin, sezgi a'zolari tashqi ta'sirni aks ettirmaydi, balki ulardan, ya'ni ularning ta'siridan qo’zqaladi, xolos. Inson shech qachon tashqi voqe, yaqqol dunyoning ob'ektiv ta'sirlarni idrok qilmaydi, balki sezgi a'zolari faoliyatida o’zlarining shaxsiy sub'ektiv sholatlarini aks ettiradi.
Mazkur nazariyaga binoan, inson ob'ektiv dunyoni idrok qila olmaydi, u sub'ektiv jarayonlarni aks ettiradi, oqibat natija "dunyo element" (mayda qism) larni idrok qilish vujudga keladi. Psixologiya tarixida "sub'ektiv idealizm" degan yo’nalish sham yuzaga kelgan bo’lib, ungacha, "inson faqat o’zi"nigina biladi, xolos. Undan tashqari shech narsa shukm surishi mumkin emas. Bu nazariya o’ziga xos qoyaga ega bo’lib, fan tarixida "solipsizm" (yagona "Men") nomini olgan edi.



Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə